ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2016-yil, 2-son
bilmas ekan, bizning islohot, yangilanish haqidagi barcha so‘zlarimiz, say’i-harakatlarimiz besamar
ketaveradi[1]”, - deb ta’kidlaydi.
Shu jihatdan olganda, respublikamiz Prezidenti tomonidan belgilab berilgan mazkur vazifalarni
amalga oshirish barobarida, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish bilan bog‘liq faoliyat
yo‘nalishlarining huquqiy asoslarini mustahkamlab beruvchi bir qator qonunchilik hujjatlari qabul
qilindi. Fuqarolarning ekologik huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va tashkiliy-texnik jihatlarga oid muayyan mexanizmlar yaratildi. Shu bilan birga,
bugungi kunda ekologik tanglikni bartaraf etish hamda atrof-tabiiy muhit muammolarini izchillik bilan
hal qilish uchun yangicha va to‘laqonli huquqiy dunyoqarash zarur. Chunki odamlarda yangicha va
to‘laqonli huquqiy dunyoqarash shakllanmas ekan iqtisodiyot va ekologiya, ijtimoiy va siyosiy
sohalarda ko‘pgina ziddiyatlarni keltirib chiqaraveradi. Bu borada davlatimiz rahbari I.A.Karimov,
“Iqtisodiyot va ekologiya, ijtimoiy va siyosiy sohalarda mavjud bo‘lgan ko‘pgina ziddiyatlar –
mansabdor shaxslar va mehnatkashlarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongi juda past darajada
ekanligi oqibatidir”[2], – deb ta’kidlagan edilar.
AQShlik huquqshunos olim Uilyam O.Duglas haqli ravishda ta’kidlab o‘tganidek, “Faqat
kishilar ongida o‘zgarish yasash kutilgan natijalarga olib keladi. Agar biz o‘zimizni va biosferani
saqlab qolmoqchi bo‘lsak, barchamiz yosh-u qari tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish uchun haqiqiy,
faol va kerak bo‘lsa agressiv kurashchilariga aylanmog‘imiz darkor”[3].
Ma’lumki, inson va jamiyat faoliyatida tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini anglab yetish
hamda unga amal qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish va
amalga oshirishda tabiat qonuniyatlarini hisobga olish va ularga rioya etish atrof-muhitga ta’sir
jihatdan zararli faoliyatni ekologik asoslashning hamda unga yo‘l qo‘ymaslikning asosiy mezoni
bo‘lib xizmat qilishi lozim. Ularni bilish va hisobga olish, ekologik rayonlashtirish, tabiat
zaxiralaridan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini qo‘llash, ekologik ekspertiza, sertifikatlash-
tirish va standartlashtirish, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish, ekologik
toza, chiqindisiz texnologiyalarni tatbiq etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va
tabiatni muhofaza qilishning shu kabi boshqa huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish alohida
ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishi, uning aholisi salomatligi, shuningdek,
ekologik xavfsizlik, tabiiy ekotizimlarni saqlash va atrof-muhitning mutanosib sifatini saqlab turish,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklashga ko‘p jihatdan fuqarolarning ekologik
huquqiy ongini yuksaltirish orqali erishish mumkin. Bu boradagi davlat siyosatining muvaffaqiyati
tegishli qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Biroq,
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ko‘lami va sur’ati kengayib va rivojlanib
borayotgan, bozor iqtisodiyoti jarayonida inson va fuqarolarning ehtiyoj va manfaatlari tobora o‘sib
borayotgan bugungi kunda ushbu voqelikka mos ravishda joriy qonunchilik bilan birga, fuqarolarning
ekologik huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga oid faoliyatni ham takomillashtirib borish
obyektiv zarurat sifatida maydonga chiqadi.
Shu jihatdan olganda, fuqarolarning ekologik huquqiy ongini shakllantirishga qaratilgan faoliyat
quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshirilishi lozim, deb hisoblaymiz:
-tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarning ham
manfaatlarini hisobga olish;
-ekologik huquqiy ongni shakllantirishga qaratilgan vazifalarni hal etishga davlat ekologik
siyosatining tarkibiy qismi sifatida qarash;
-ekologik huquqiy ongni shakllantirish jarayonida tabiiy shart-sharoitlar va resurslar, ekologik
vaziyat, demografik holat, aholining tarixiy-madaniy va diniy an’analari, urf-odatlari, hayot sifati,
intellektual va ma’naviy holati, davlatning tabiiy atrof-muhitni muhofaza etish va ekologik
xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi siyosatining asosiy qoidalari kabilarni e’tiborga olish;
-shaxs-jamiyat-tabiat tizimida fuqarolarning qulay tabiiy atrof-muhitga bo‘lgan huquqlari
ustuvorligidan kelib chiqish;
-ekologik ta’lim, targ‘ibot va tarbiya faoliyatini tabiatni muhofaza qilish mummolarini hal etish
amaliyoti bilan bog‘liq holda amalga oshirish;
-aholiga tabiatga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini singdirish;
-ekologik axborotning aholi uchun ochiq va oshkora bo‘lishini ta’minlash;
-tadbirkorlar va jamoat tashkilotlarini ekologik huquqiy ongni yuksaltirish bilan bog‘liq
vazifalarni hal etishga jalb etish;
51
Do'stlaringiz bilan baham: |