Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

Ключевые слова: личность, ориентация, 
человек, 
мотив, 
направленность, 
молодёжь, 
установка. 
G.B.Amirova 
SOCIAL-PSYCHOLOGICAL 
PECULIARITIES OF PERSONALITY 
FORMATION IN YOUNG STUDENTS 
In pure psychological sense new 
concept outlooks, forming and changing 
the mechanism are considered as social 
installations. It is a category which gives to 
a person chance to understand to realize 
social transformations, occurring around 
him, including dialogues in a social level. 
Installation - it is a concept, first of all 
developing in a person in the attitude 
around himself. Human installations are 
directed on tradition which will find 
development and thus will develop steady 
motivation. 
Keywords:person, 
orientation, 
human, 
motive, 
direction, youth, 
installation. 
 
UDK:152.0 
YOSHLARNI OILAGA TAYYORLASH OMILLARI VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 
F.A.Akramova, R.Sh.Toshkuvatova 
Respublika «Oila» ilmiy-amliy markazi bo‘lim boshligi, 
SamDU milliy g‘oya, falsafa va huquq ta’limi kafedrasi dotsenti 
Annotasiya. Maqolada yoshlarni oilaga tayyorlashning asosiy omillari va ularning psixologik 
xususiyatlari bayon etilgan, bu omillar empirik tadqiq etilib, psixologik tahlili berilgan, natijalar 
asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
156 


ILMIY AXBOROTNOMA 
PSIXOLOGIYA 
 2016-yil, 2-son 
Kalit so‘zlar: oila, oila qurish omillari, tasavvurlar, oilaviy hayot, oila munosabatlari, oila 
qurish motivlari. 
 
Mamlakatimizdagi ijtimoiy-demografik ahvolning muhim xususiyati – jamiyatning asosi 
bo‘lgan kuchli oila tizimidir. 
Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi 
qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Asosiy vazifamiz - 
jamiyatimizni isloh qilish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini 
yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat” mavzusidagi ma’ruzasida qayd etilganidek, “
Ma’lumki, bu 
yorug‘ olamda hayot bor yekan, oila bor. Oila bor yekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Har 
qaysi ongli inson jondan aziz farzandining baxtini, kamolini o‘ylab, hamisha ezgu orzu-intilishlar 
bilan yashaydi, o‘z zurriyodining har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lishini istaydi” [3].
O‘zbekistonda nikohdan o‘tish darajasi yuqori va eng muhimi, oilalarning buzilishi dunyo 
bo‘yicha yeng past darajadadir. Mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlari fuqarolik jamiyatining 
muhim instituti bo‘lgan oilaning yaxlit tizimi, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, mafkuraviy asoslariga 
ham ta’sir qiladi. Ayni paytda O‘zbekistonda 7,5 milliondan ziyod oilalar mavjud. Shu oilalardagi real 
jarayonlar, xususan, nikoh, ajrim, tug‘ilish, o‘lim, aholining reproduktiv ustanovkalari, ya’ni, nechta 
farzand ko‘rishga nisbatan intilishlari, xohish-istaklari, real daromadlar, migratsiya holatlari kabilar 
mamlakatdagi demografik vaziyatni belgilovchi omillardir.
Respublikamizda oila va oilaviy munosabatlarga e’tibor davlat siyosati darajasiga 
ko‘tarilgandir. Buning yorqin misoli sifatida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasini va 1998-yil 30-aprelda Oliy Majlis tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasining Oila kodeksini tasdiqlovchi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligini 
e’tirof etish mumkin. Bu ikki hujjatda oila muammolariga davlatimiz berayotgan ahamiyati to‘la- 
to‘kis aks ettiriladi. Konstitutsiyaning XIV bobi maxsus oilaga bag‘ishlangan bo‘lib, uning 
63,64,65,66-moddalarida bu aks etgan [1]. Unga ko‘ra 63-moddada oila jamiyatning asosiy negizi 
ekanligi va oila jamiyat va davlat tomonidan himoya etilishi huquqi kafolatlanganligi belgilangan. 
Oila tuzishda tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi, ota-onalarning farzandlarini voyaga 
yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalash majburiyati, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza 
qilinishi, voyaga yetgan va mehnatga layoqatli farzandlarning o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik 
qilishlari yuzasidan majburiyatlari ro‘yi-rost, aniq va ma’noli ravishda ko‘rsatib berilgan. 
Bizga ma’lumki, hozirda mamlakatimizda yoshlarga, ularning ilm olish va kasb-hunar egasi 
bo‘lishiga katta e’tibor berilmoqda. Har bir yigit-qizning ta’lim maskanlarida o‘qib, biror 
mutaxassislikni egallashi obyektiv hodisa bo‘lishi bilan birga, uning yosh jihatidan oila qurishi ham 
inkor etilmaydigan qadriyatdir. Ayniqsa, oila va kelajak hayotni yoshlarning, qizlarning taqdirini 
o‘ylash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga aylangan: “...yurtimizda qiz bolalarning – bo‘lg‘usi 
onalarning ham jismoniy, ham ma’naviy sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi, ularning o‘rta maktabdan 
so‘ng litsey va kollejlarda albatta ta’lim olishini ta’minlash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni 
egallashi bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan” [3].
Oilaning mustahkam va barqaror bo‘lishi uning a’zolari salomatligiga, ota-onalikka psixologik 
jihatdan tayyorligiga bevosita bog‘liq bo‘lgani uchun ham mamlakatimizda bu borada aniq 
mexanizmlar ishga solingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 365-sonli qarorining amalda joriy 
etilishi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitilayotgan “Oila psixologiyasi” kurslarining 
uzluksiz ta’lim tizimiga kiritilganligi kabilarning davlat tomonidan moliyalashtirilayotganligi ham 
fikrimizning dalilidir. 
Lekin bularning o‘zi yoshlarning kelgusi hayotlarining farovon bo‘lishligi uchun yetarli emas, 
balki ularga oilaviy hayot saboqlaridan ham ma’lumotlar berishga to‘g‘ri keladi. Chunki mustahkam 
oiladagina farzandlarga xohlagancha yashashi uchun imkon yaratiladi. Shuning uchun yoshlarning 
oilaga tayyorlash masalasi dolzarb muammodir. Yoshlarning kasb-hunar yetukligi, ijtimoiy hayotga 
kirishishi, kelgusida munosib kasb egallashi kabi ulug‘ niyatlar bu masalaga ongli munosabatni 
shakllantirishi zarur ustanovkaga aylandi: “Qiz bolani kollejni bitirmasidan, hunar egallamasidan 
turib, kimki turmushga bermoqchi bo‘lsa, bilib qo‘yinglar, buni men uzoqni ko‘rmaslik, kaltabinlik 
deb hisoblayman. Qiz bola, avvalo, kasb yegallasin, o‘z fikriga ega bo‘lsin, hayotni anglasin.Shundan 
keyin u hayotda o‘zining munosib o‘rnini topadi, jamiyatimizning faol a’zosiga aylanadi, ertaga u 
quradigan oila ham mustahkam bo‘ladi” [3]. 
157 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish