ILMIY AXBOROTNOMA
PSIXOLOGIYA
2016-yil, 2-son
belgilanmagan. Lekin farqlar yoki «umumiy - individual» yoki «real faoliyat ko‘rsatuvchi – reflektor
qabul qiluvchi» o‘lchamlarda ko‘rsatiladi .
Qadriyatlar shaxsning tarkib topishining markaziy xususiyatlaridan biri bo‘lib, insonning
ijtimoiy haqiqatni tan olishida namoyon bo‘ladi va bu o‘zining xususiyatida motivatsiyaning
kengligini ko‘rsatadi. Qadriyatlar bilan shaxs yo‘nalganligini birlashishi alohida ma’no kasb etadi.
Qadriyatlar tizimi shaxs yo‘nalganligining mazmun jihatini aniqlab, uning atrof-olamga, boshqa
odamlarga, o‘z-o‘ziga, dunyoqarash asosiga, «falsafiy hayot» va motivatsiyalar yadrosiga qarashlari
asosini tashkil etadi. Qadriyatlar – bu obyektlarni vazifasi bo‘yicha (ijobiy yoki salbiy) ajratish
usulidir.
Shaxs yo‘nalganligi uning eng asosiy tavsiflaridan biri, bu ham bo‘lsa uning ijtimoiy-ma’naviy
qadriyatlarini namoyon etadi. Yo‘nalganlik mazmuni – bu avvalo shaxsning atrof-muhitga bo‘lgan
ijtimoiy munosabatidir. Aynan yo‘nalganlik orqali qadriyatlar inson faoliyatida o‘zining real aksini
topadi, ya’ni faoliyatning barqaror motivlariga aylanadi.
R.S.Nemov qadriyatlar deganda, inson hayotida asosan nimani qadrlasa nimaga ijobiy hayotiy
ma’no bag‘ishlasa shularni tushunadi [5].
E.S.Volkov qadriyatlarga shaxs faoliyatining ijtimoiy boshqaruvi sifatida qaraydi. U qadriyat
motivatsion rol o‘ynab faoliyat yo‘lini tanlaydi, deb hisoblaydi [7].
Qadriyatlar yuqori ijtimoiy ehtiyojlar asosida shakllanadi, faoliyatning umumijtimoiy, ijtimoiy-
guruhiy sharoitlarida amalda qo‘llaniladi. U ongning tashkiliy elementlaridan biri, ya’ni ong
strukturasining bir qismidir. Shuning uchun S.L.Rubinshteyn asos solgan ong va faoliyat birligi
tamoyiliga bo‘ysunadi [7].
Qadriyatlar inson va insoniyatning butun hayotini va butun borlig‘ini qamrab oladi. Ya’ni
insonning hissiy-emotsional, xulq-atvor va bilish sferasini qamraydi.
Qadriyatlar inson faoliyatida determinantlik qiladigan ma’lum «ko‘rish gorizonti»ni ochib
beradigan ijtimoiy-psixologik sharoitlarda shakllanib, unson shaxsining asosiy tavsifidir. Chunki ular
insonning atrofidagi insonlar bilan munosabati va birgalikdagi faoliyati xususiyatlarini belgilaydi va
inson xulq-atvorini boshqaradi (B.G.Ananev, 1968; A.G.Zdravomislov, V.N.Myasishev, 1969;
B.G.Olishanskiy, V.A.Yadov, 1975) [7].
Shaxsiy qadriyatlar qiymatini anglagan insongina olamdagi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, o‘z hayoti
ma’nosi va maqsadlari haqida fikr yurita oladi. Fanda «qadriyatlar» tushunchasi bir tomondan
qadriyatlar standarti guruhlar, millatlar, sinflar, ijtimoiy tizim, boshqa tomondan esa shaxsning
motivatsion tizimi bilan qiyoslanadi. Umuminsoniy qadriyatlar erkinlik, vijdon, baxt insonning
muvofiq hayot haqidagi tasavvurlarini tashkil etadi. Qadriyatlarning personal ierarxiyasi individualdir.
O‘zaro munosabat va o‘zaro aloqa kombinatsiyalari tanlovi chegaralanmagandir. Insonning ijtimoiy
o‘sishi umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan aniq shaxsiy munosabatlariga borib taqaladi.
Qadriyatlar deganda biz shartli ravishda insoniyat mavjudlik tarixi davomida shakllangan
madaniy qadriyatlarni nazarda tutamiz.
Qadriyatlar munosabati – bu obyektning tashqi olam bilan turg‘un aloqasi, maxsus subyektiv
fikri tug‘ilishidir. U jamiyat va inson hayotida alohida muhim rol o‘ynaydi. Aynan obyektning o‘zi
shaxsiy qadriyatlar ierarxiyasini va o‘z hayotida ularning rolini hamma vaqt ham anglayvermaydi.
Ammo qadriyatlar o‘zi haqida har soniyada belgi beradi. Inson o‘z xohish istaklarini butunlay nazorat
qila olmaydi bunda unga qadriyatlar yordamga keladi yoki aksincha.
«Qadriyat» tushunchasi zamonaviy ijtimoiy fanlar (falsafa, psixologiya, sotsiologiya)da keng
qo‘llaniladi, u individning ongida narsa va hodisalarning ba’zi maxsus sifatlarini subyektiv aks
ettirilishi deb qaraladi (O.G.Drobnitskiy, 1967; V.P.Tugarinov, 1968) [7].
Bizni o‘rab turgan atrofdagi u yoki bu obyektni qadriyatlarga kiritish uchun uning inson
qiziqishlari va ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati hisobga olinadi. Inson olamga bir butunlikka
qaraganday munosabatda bo‘lgandagina o‘z shaxsiy qadriyatlarini anglab yetadi. Shu sababli inson
haqida gapirilganda tabiiy ravishda «qadriyat» tushunchasiga borib taqaladi. Ushbu tushuncha turli
fanlarda ko‘rib chiqiladi: aksiologiya, falsafa, sotsiologiya, biologiya, psixologiya. «Qadriyat»
tushunchasi psixologik talqinda termin jihatdan har xil tushunchalar bilan belgilansada semantik
jihatdan bir qatorda turuvchi psixologik hodisalar kompleksiga ekvivalentdir: N.F.Dobrinin buni
«ahamiyat» deb; A.I.Bojovich «hayotiy poizitsiya»; F.N.Leontev «ma’no» va «shaxsiy ma’no»;
V.N.Myasishev «psixologik munosabatlar» deb ataydi [2].
S.L.Rubinshteyn aytishicha qadriyat – insonga hayotda nimaningdir ahamiyati va tan olingan
qadriyatgina muhim qiymatga ega bo‘lgan vazifani, ya’ni xulq-atvor yo‘nalishini belgilay oladi [4].
154
Do'stlaringiz bilan baham: |