Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
PSIXOLOGIYA 
 2016-yil, 2-son 
Bundan ko‘rinadiki, qadriyatlarning shakllanishi shaxs yo‘nalganligi bilan chambarchas 
bog‘liqdir. S.L.Rubinshteyn fikricha, insonning bevosita ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdagi 
faoliyatida jamiyat qadriyatlari shkalasi rol o‘ynadi[4]. Bilvosita jamiyatga foyda keltiradigan faoliyat 
orqali shaxsiy va individual ehtiyojlarini qondirishda individning jamiyatga munosabati shakllanadi. 
Yana u ta’kidlaydiki, insonda qadriyatlarning mavjudligi uning tashqi olamga, tashqi omillarini uning 
hayoti uchun ahamiyatiga befarq emasligidan dalolat beradi. 
Har bir odamda qadriyatlar tizimi mavjud bo‘lishi mumkin, bu tizimda qadriyatlar ma’lum 
ierarxik ketma-ketlikda joylashgan bo‘ladi. Albatta bu tizim individualdir, chunki individual ong 
jamiyat ongini o‘zida aks ettiradi. Shunga ko‘ra talaba yoshlarda qadriyatlar tizimini shaxs 
rivojlanishining ma’lum darajasi sifatida o‘rganishda ikki asosiy jihati bor: qadriyatlar tizimi 
ierarxiyasining shakllanganlik darajasi va uning mazmuni (yo‘nalganligi): bular tizimga kiruvchi aniq 
qadriyatlar. Birinchi jihat talabaning yetuklik darajasini aniqlashda muhim hisoblanadi. Gap shundaki, 
qadriyatlarning 
interiorizatsiyasi
anglangan jarayon sifatida atrofda ko‘pgina sodir bo‘layotgan 
jarayonlardan faqat o‘zigagina kerakligini tanlab olish qobiliyati bo‘lgandagina amalga oshadi. 
So‘ngra ularni sharoit (maqsad uzoq yoki yaqinligi, ularni amalga oshirish imkoniyati)dan kelib 
chiqqan holda ma’lum bir tizimga ajratadi. Bunday qobiliyat faqatgina shaxsning ijtimoiy-psixologik 
yetukligi va ongining oliy psixik funksiyalari shakllanganligi ma’lum darajaga yetgandagina namoyon 
bo‘ladi. Ikkinchi, qadriyatlar xususiyatlarini tavsiflovchi, shaxsning yo‘nalganligining mohiyatini 
baholovchi jihatdir. Shaxsning qadriyatlar yo‘nalganligi tizimiga kiruvchi aniq qadriyatlarga, ularning 
o‘zaro bog‘langanlik darajasiga qarab shaxs faoliyati hayotining qanday maqsadlariga qaratilganligini 
aniqlash mumkin. Talabalar qadriyatlarining ierarxik tizimining mohiyatining analizi ularda 
aniqlangan qadriyatlarning jamiyat etaloniga va ularni tarbiyalash uchun adyekvatlik darajasini ham 
o‘rganish imkoniyatini beradi. 
Qadriyatlar bevosita tarbiya bilan bog‘liqdir. Bu muammoni «shaxs» tushunchasining tahlilisiz 
o‘rganib bo‘lmaydi. 
R.S.Nemov (2002) «shaxs» deganda uning individualligini ta’minlovchi barqaror xususiyatlari 
nisbatini tushunadi [5]. 
V.A.Petrovskiyning (1981) fikricha, shaxs bu o‘z hayotiy faoliyatining subyekti va u olam bilan 
kontakt o‘rnata oluvchidir [6]. 
V.S.Merlin (1969) ta’kidlashicha, shaxs integral individuallikni, organizmning individual 
xususiyatlarini, insonning ijtimoiy-tipik va individual xususiyatlari tavsifini namoyon qiladi. Inson 
zamonaviy antropologik yutuqlar talqinida uch mavjudlik birligini o‘zida namoyon etadi: tabiiy, 
ijtimoiy va madaniy [7]. 
Qadriyatlar – bu shaxsiy ma’noga ega faoliyat motivi bo‘lib, u moddiy va ma’naviy fenomendir. 
Hayotiy qadriyatlar hozirgi vaqtda har xil omillar ta’sirida stixiyali ravishda yuzaga keladi. 
Ularning yaratilishida qadriyatning roli minimaldir. Ustanovkalarni tarbiyalashda har xil qarashlar 
mavjud. Masalan, tarbiya maqsadi jamiyatda mavjud qadriyatlar tizimiga mos kelishi lozim. Agar 
stixiyali shakllanayotgan ustanovkalar ta’lim olayotgan yoshlarning va umuman jamiyat rivojiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Yoshlik davrida inson atrofdagilar bilan muloqotda har doim undan u yoki qarorni tanlashni 
talab qiluvchi vaziyatlarga tushaveradi. Qaror qabul qilish bor imkoniyatlardan birini tanlash 
demakdir. Bu esa hayotiy qadriyatlar va hayotiy pozitsiya sohasidagi imkoniyatlarni qayta ko‘rib 
chiqish va baholash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ammo qadriyatlar hali barqaror emas, ular shaxsiy 
xulq-atvor amaliyotida sinaladi.
Kasbiy ongning harakatlantiruvchi kuchlari ishni boshlashdagi konservativ va dinamik usullar 
orasidagi doimiy kurashdir. Ushbu jarayonning aksi guruh a’zolarining va butun guruhning kasbiy, 
siyosiy, ijtimoiy, psixologik xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishda ko‘rishimiz mumkin. 
Kasbiy o‘zlikni anglashda qiziqishlarning umumiyligi, guruhning ijtimiy-psixologik konsolidatsiyasi 
va guruhning ijtimoiy o‘rnini saqlash mexanizmlari shakllanadi va rivojlanadi. 
Kasbiy o‘zlikni anglash bilan bir qatorda kasbiy dunyoqarash ham turadi. Uni umumiy 
dunyoqarashning maxsus bo‘lagi va kasbiy madaniyatning elementi deb olish muammosi hali ham 
tortishuvlarga sabab bo‘lib kelinmoqda. Biroq bizning fikrimizcha, kasbiy dunyoqarashning obyekti 
bo‘lib nafaqat olamning umumiy yoki maxsus, balki ijtimoiy sur’ati olinishi lozim. Aynan u kasbiy 
guruhning integratsiyasini ta’minlaydi va ijtimoiy pozitsiyasini ham shakllantiradi. Kasbiy 
madaniyatda kasbiy tafakkur alohida rolga ega.
Kasbiy dunyoqarashga ega bo‘lish shaxsni kasbiy sohaga moslashuvining muhim shartidir. 
155 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish