ILMIY AXBOROTNOMA
PSIXOLOGIYA
2016-yil, 2-son
Bizning fikrimizcha, oila muammosini tadqiq qilishda, avvalo bugungi yoshlarni oilaviy
hayotga tayyorlash masalasiga alohida e’tiborni qaratish lozim. Chunki aynan, ko‘p hollarda turmush
qurgan ikki yosh o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning nozik jihatlari haqida yetarli bilimga, zarur
ko‘nikma va malakaga ega bo‘lmaslik, qolaversa ikki yoshning bir-birlari hamda oilaviy rollarning
taqsimlanishi to‘g‘risidagi adekvat tasavvurlarning shakllanmaganligi ularning munosabatlarini ijobiy
kechishiga va dinamik jihatdan rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlashning psixologik xususiyatlarini o‘rganish va tadqiq etish juda muhimdir. Chunki bu orqali
hozirgi o‘zbek oilasining mustahkam va baxtli etish yo‘llarini aniqlash mumkin. Shunday yekan, bu
mavzu eng dolzarb masala hisoblanadi.
Olingan statistik ma’lumotlar yil sayin nikoh soni oshayotganligini ko‘rsatmoqda. Bunga sabab
– bir tomondan, aholi, birinchi navbatda yoshlarning soni oshganligi, ularda rasman qurilgan oila
institutiga nisbatan munosabatning ijobiy tomonga o‘zgarganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jamoatlik,
mahalla faollari, hokimliklarning otalikni belgilash holatlarini kamaytirishga qaratilgan samarali say’i-
harkatlari oqibatidir deyish mumkin.
Nikoh ajrimlarining sabablari o‘rganilganda, aksariyat holatlarda bu birinchi o‘rinda kelin-
kuyovlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi, er-xotinlarning o‘zaro kelishmovchiliklari, fe’l-
atvorning bir-biriga mos kelmasliklari, rashk, kelin bilan qaynona va boshqa yaqin qarindoshlarning
chiqishmasliklari, erkakning zararli odatlarga berilib ketishi (ichkilikka, giyohvand moddalarga va shu
kabi), moddiy qiyinchiliklar (asosan erning ishlamasligi, mustaqil oilani boshqara olmasligi),
qudalarning to‘ydan keyin o‘zaro kelishmay qolishlari kabilarga erning boshqa shaharlarga ish qidirib
ketib, qaytib kelmaganligi, boshqa bir ayol bilan yangi turmushni boshlab yuborganlari qo‘shildi.
Yoshlarni oilaviy hayotga ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari
olimlardan Ye.Aleshina [4], N.X.Safina [5], T.Yu.Sorokina [6], o‘zbek psixolog olimlari orasida
M.G.Davletshin [7], G‘.B.Shoumarov, Ye.G‘.G‘oziyev [8], V.M.Karimova [9], N.A.Sog‘inov [10],
B.M.Umarov, N.X.Lutfullayeva [11], M.Umarova [12], F. Saifnazarova [13], M.X.Fayziyeva [14] va
boshqalar mazkur mavzuni ilmiy tadqiq etganliklari kuzatiladi.
Mazkur maqolamizda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik xususiyatlarini
o‘rganishni maqsad qildik. Buning uchun Nizomiy nomidagi TDPUda tahsil olayotgan yoshlarning 60
nafarida oilaviy hayotga oid turli tasavvurlari, fikrlari, munosabatlarini o‘rgandik.
Oila psixologiyasida nikoh quruvchilarning nikoh qurish omillari va shartlari masalasi muhim
bo‘lib, butun jahon ilmida nikoh qurish omillariga ushbularni kiritish mumkin bo‘ladi:
1) oilaviy hayotga yetuklik;
2) oila qurish yoshi;
3) oila qurish motivlari;
4) oila qurilgungacha tanish muddati;
5) oila qurish shartlari va sharoitlari;
6) yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari [8].
Nikohga yetuklik omillari qatoriga biz yoshlarning oilaviy hayotga ma’naviy yetukligi, ularning
oila qurish motivlari, nikoh qurish yoshiga oid fikrlari va bo‘lg‘usi oilaviy hayotlari haqidagi
tasavvurlarini kiritar ekanmiz, bu jihatlarning har biri qanday xususiyatga ega ekanligini ko‘rib
chiqamiz.
Nikohga yetuklik tushunchasi o‘ta murakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam rivojlanib,
takomillashib boruvchi, o‘z ma’naviy, axloqiy rivojida muntazam ravishda yangiliklarni o‘ziga
singdiruvchi mavjudotdir. Kishining yetukligi, ayniqsa, oilaviy hayotga yetukligi masalasida fikr
yuritilganda, bu tushunchadan bir shartli o‘lchov sifatidagina foydalaniladi. Nikohga yetuklik
deyilganda, oila quruvchi yoshlarning jismoniy (fiziologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-
axloqiy, psixologik kabi yetuklik jihatlarini farqlash mumkin. Bularning orasida esa jinsiy, huquqiy
yetuklik ko‘rsatkichlari aniq alomatlarga ega bo‘lsa, iqtisodiy, psixologik, ma’naviy-axloqiy jihatlar
qat’iy bir ko‘rsatkich bilan belgilanmaydi. Shaxsning jinsiy yetukligi unda balog‘atga o‘tish
alomatlarining kuzatilishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning keskin darajada namoyon bo‘lishi bilan, ichki
sekretsiya bezlarining faollashuvi bilan xarakterlanadi. Shaxsning psixologik yetukligi deb esa, uning
turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni xushyor baholay olishida namoyon bo‘ladi. Yoshlarda
kuzatiladigan psixologik yetuklik shaxsning boshqalarga nisbatan bo‘lgan ijobiy munosabatlari:
hamdardlik, hamfikrlilik, o‘zaro yordam kabilar tarzida namoyon bo‘la oladigan ma’naviy sifatlarini
ham bildiradi. Yoshlar oila qurayotganlarida bu xususiyatlar hal qiluvchi bo‘lib hisoblanadi.
158
Do'stlaringiz bilan baham: |