Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
PSIXOLOGIYA 
 2016-yil, 2-son 
Ilmiylik. Bu tamoyil kasbiy pedagogik diagnostikaning mazmuni, shakl, usullari, xulosa va 
tavsiyalari ilmiy qoida, qonunlar, tegishli ilmiy nuqtayi nazarlarga asoslanishni talab qiladi.
Metodik asosga egalik. Bu tamoyil kasbiy diagnostikani rejalashtirish va amalga oshirish bilan 
bog‘liq masalalarni mavjud metodik xulosa va tavsiyalarga asoslangan holda hal etishni nazarda 
tutadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga muvofiqlik. Bu tamoyil pedagogik diagnostikani amalga 
oshirishda hozirgi ilg‘or pedagogik texnologiyalarga muvofiq shakl va usullardan foydalanishni 
nazarda tutadi.
Psixologik omillarni hisobga olish. Bu tamoyil pedagogik diagnostikani tashkil qilish va 
amalga oshirishda psixologik omillarni hisobga olish, jumladan, shaxsiy psixologik xususiyatlar, 
muloqot psixologiyasi, psixologik vaziyatlar va ularga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olishni nazarda 
tutadi.
Xolislik. Bu tamoyil kasbiy diagnostikani o‘tkazish jarayonida va uning natijalarini belgilash, 
tahlil qilish, xulosa va tavsiyalar berishda xolisona yondashuvni amalga oshirish bo‘yicha zarur 
mezonlarga to‘liq rioya qilinishini ta’minlashdan iborat. 
Davriylik. Bu tamoyil kasbiy diagnostikani ma’lum davriylikda tashkil qilib borish va natijalari 
asosida tegishli ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirib borishni nazarda tutadi.
Har xil turdagi shakl va usullardan foydalanish. Bu tamoyil kasbiy diagnostikaning muayyan 
maqsadlariga muvofiq bo‘lgan turli zamonaviy shakl va usullaridan foydalanish orqali olinadigan 
natijalarning xolisona bo‘lishini ta’minlashni nazarda tutadi. Shu bilan birga, turli shakl va usullardan 
foydalanish kasbiy diagnostikani takomillashtirib borish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari ayrim 
masalalar bo‘yicha turli shakl va usullarni qo‘llash orqali olingan natijalarni qiyoslash shu masalalar 
bo‘yicha atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda xolislikni yanada oshirishni ta’minlaydi.
Natijaviylik. Bu tamoyil kasbiy diagnostika natijalarini aniqlash, ularni tegishlicha tahlil qilish 
asosida xulosalar chiqarish va tavsiyalar berish, zarur hollarda chora-tadbirlar ishlab chiqish, shu 
tavsiyalar va chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil qilish, bajarilishini nazorat qilib borishni 
nazarda tutadi. 
Amaliyot bilan bog‘liqlik. Bu tamoyil kasbiy diagnostikaning pedagog kadrlar amaliy faoliyatini 
takomilashtirishga qaratilgan bo‘lishini, malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarni belgilash asosida 
buyurtmalarni aniq maqsadli shakllantirishni hamda kursdan keyingi samaradorlikni aniqlab, kelgusi 
vazifalarni belgilab borishdan iborat ishlarni o‘z ichiga oladi. 
Pedagogik kompetensiya diagnostikasining asosiy shaklari va usullari: 
Hujjatlarni o‘rganish asosidagi diagnostika. 
O‘quv mashg‘ulotlarini kuzatish va tahlil qilish. 
Suhbat asosidagi diagnostika.
So‘rovnoma savollariga berilgan javoblar asosidagi diagnostika. 
Test sinovi asosidagi diagnostika. 
O‘quvchilarning fikrlarini o‘rganish 
Ota-onalarning fikrlarini o‘rganish bo‘yicha sotsiologik tadqiqot. 
O‘zini-o‘zi diagnostika qilib borish. 
Diagnostika natijalarini aniqlash, ularni tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarish, 
tavsiyalar berish. 
Ushbu shakl va usullardan har birining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holdagi aniq 
maqsadlarga muvofiq ravishda foydalaniladi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda pedagogik kompetensiya diagnostikasini amalga 
joriy qilish hozirgi dolzarb masalalardan bo‘lib, buning uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish 
talab qilinadi: 
1. Pedagog kadrlar malakasini oshirish sifati va samaradorligini ta’minlash yo‘nalishlaridan biri 
sifatida kasbiy pedagogik diagnostika usullaridan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish. 
2. Kasbiy pedagogik diagnostikaning zamonaviy shakl va usullaridan amalda foydalanish 
masalalarini o‘rganish hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. 
3. Malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlarni aniqlash mexanizmini takomillashtirib borish. 
Aniqlangan ehtiyojlar asosida aniq maqsadli malaka oshirish kursi mashg‘ulotlarini tashkil qilish shakl 
va usullarini rivojlantirib borish. 
4. Kasbiy diagnostikani amalga oshiruvchilarning ushbu yo‘nalishdagi bilim, ko‘nikma, 
malakalarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirib borish. 
164 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish