Ключевые слова: личность, ориентация,
человек,
мотив,
направленность,
молодёжь,
установка.
G.B.Amirova
SOCIAL-PSYCHOLOGICAL
PECULIARITIES OF PERSONALITY
FORMATION IN YOUNG STUDENTS
In pure psychological sense new
concept outlooks, forming and changing
the mechanism are considered as social
installations. It is a category which gives to
a person chance to understand to realize
social transformations, occurring around
him, including dialogues in a social level.
Installation - it is a concept, first of all
developing in a person in the attitude
around himself. Human installations are
directed on tradition which will find
development and thus will develop steady
motivation.
Keywords:person,
orientation,
human,
motive,
direction, youth,
installation.
UDK:152.0
YOSHLARNI OILAGA TAYYORLASH OMILLARI VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
F.A.Akramova, R.Sh.Toshkuvatova
Respublika «Oila» ilmiy-amliy markazi bo‘lim boshligi,
SamDU milliy g‘oya, falsafa va huquq ta’limi kafedrasi dotsenti
Annotasiya. Maqolada yoshlarni oilaga tayyorlashning asosiy omillari va ularning psixologik
xususiyatlari bayon etilgan, bu omillar empirik tadqiq etilib, psixologik tahlili berilgan, natijalar
asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
156
ILMIY AXBOROTNOMA
PSIXOLOGIYA
2016-yil, 2-son
Kalit so‘zlar: oila, oila qurish omillari, tasavvurlar, oilaviy hayot, oila munosabatlari, oila
qurish motivlari.
Mamlakatimizdagi ijtimoiy-demografik ahvolning muhim xususiyati – jamiyatning asosi
bo‘lgan kuchli oila tizimidir.
Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Asosiy vazifamiz -
jamiyatimizni isloh qilish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini
yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat” mavzusidagi ma’ruzasida qayd etilganidek, “
Ma’lumki, bu
yorug‘ olamda hayot bor yekan, oila bor. Oila bor yekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Har
qaysi ongli inson jondan aziz farzandining baxtini, kamolini o‘ylab, hamisha ezgu orzu-intilishlar
bilan yashaydi, o‘z zurriyodining har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lishini istaydi” [3].
O‘zbekistonda nikohdan o‘tish darajasi yuqori va eng muhimi, oilalarning buzilishi dunyo
bo‘yicha yeng past darajadadir. Mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlari fuqarolik jamiyatining
muhim instituti bo‘lgan oilaning yaxlit tizimi, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, mafkuraviy asoslariga
ham ta’sir qiladi. Ayni paytda O‘zbekistonda 7,5 milliondan ziyod oilalar mavjud. Shu oilalardagi real
jarayonlar, xususan, nikoh, ajrim, tug‘ilish, o‘lim, aholining reproduktiv ustanovkalari, ya’ni, nechta
farzand ko‘rishga nisbatan intilishlari, xohish-istaklari, real daromadlar, migratsiya holatlari kabilar
mamlakatdagi demografik vaziyatni belgilovchi omillardir.
Respublikamizda oila va oilaviy munosabatlarga e’tibor davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilgandir. Buning yorqin misoli sifatida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasini va 1998-yil 30-aprelda Oliy Majlis tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining Oila kodeksini tasdiqlovchi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligini
e’tirof etish mumkin. Bu ikki hujjatda oila muammolariga davlatimiz berayotgan ahamiyati to‘la-
to‘kis aks ettiriladi. Konstitutsiyaning XIV bobi maxsus oilaga bag‘ishlangan bo‘lib, uning
63,64,65,66-moddalarida bu aks etgan [1]. Unga ko‘ra 63-moddada oila jamiyatning asosiy negizi
ekanligi va oila jamiyat va davlat tomonidan himoya etilishi huquqi kafolatlanganligi belgilangan.
Oila tuzishda tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi, ota-onalarning farzandlarini voyaga
yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalash majburiyati, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza
qilinishi, voyaga yetgan va mehnatga layoqatli farzandlarning o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik
qilishlari yuzasidan majburiyatlari ro‘yi-rost, aniq va ma’noli ravishda ko‘rsatib berilgan.
Bizga ma’lumki, hozirda mamlakatimizda yoshlarga, ularning ilm olish va kasb-hunar egasi
bo‘lishiga katta e’tibor berilmoqda. Har bir yigit-qizning ta’lim maskanlarida o‘qib, biror
mutaxassislikni egallashi obyektiv hodisa bo‘lishi bilan birga, uning yosh jihatidan oila qurishi ham
inkor etilmaydigan qadriyatdir. Ayniqsa, oila va kelajak hayotni yoshlarning, qizlarning taqdirini
o‘ylash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga aylangan: “...yurtimizda qiz bolalarning – bo‘lg‘usi
onalarning ham jismoniy, ham ma’naviy sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi, ularning o‘rta maktabdan
so‘ng litsey va kollejlarda albatta ta’lim olishini ta’minlash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni
egallashi bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan” [3].
Oilaning mustahkam va barqaror bo‘lishi uning a’zolari salomatligiga, ota-onalikka psixologik
jihatdan tayyorligiga bevosita bog‘liq bo‘lgani uchun ham mamlakatimizda bu borada aniq
mexanizmlar ishga solingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 365-sonli qarorining amalda joriy
etilishi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitilayotgan “Oila psixologiyasi” kurslarining
uzluksiz ta’lim tizimiga kiritilganligi kabilarning davlat tomonidan moliyalashtirilayotganligi ham
fikrimizning dalilidir.
Lekin bularning o‘zi yoshlarning kelgusi hayotlarining farovon bo‘lishligi uchun yetarli emas,
balki ularga oilaviy hayot saboqlaridan ham ma’lumotlar berishga to‘g‘ri keladi. Chunki mustahkam
oiladagina farzandlarga xohlagancha yashashi uchun imkon yaratiladi. Shuning uchun yoshlarning
oilaga tayyorlash masalasi dolzarb muammodir. Yoshlarning kasb-hunar yetukligi, ijtimoiy hayotga
kirishishi, kelgusida munosib kasb egallashi kabi ulug‘ niyatlar bu masalaga ongli munosabatni
shakllantirishi zarur ustanovkaga aylandi: “Qiz bolani kollejni bitirmasidan, hunar egallamasidan
turib, kimki turmushga bermoqchi bo‘lsa, bilib qo‘yinglar, buni men uzoqni ko‘rmaslik, kaltabinlik
deb hisoblayman. Qiz bola, avvalo, kasb yegallasin, o‘z fikriga ega bo‘lsin, hayotni anglasin.Shundan
keyin u hayotda o‘zining munosib o‘rnini topadi, jamiyatimizning faol a’zosiga aylanadi, ertaga u
quradigan oila ham mustahkam bo‘ladi” [3].
157
Do'stlaringiz bilan baham: |