Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
PSIXOLOGIYA 
 2016-yil, 2-son 
belgilanmagan. Lekin farqlar yoki «umumiy - individual» yoki «real faoliyat ko‘rsatuvchi – reflektor 
qabul qiluvchi» o‘lchamlarda ko‘rsatiladi . 
Qadriyatlar shaxsning tarkib topishining markaziy xususiyatlaridan biri bo‘lib, insonning 
ijtimoiy haqiqatni tan olishida namoyon bo‘ladi va bu o‘zining xususiyatida motivatsiyaning 
kengligini ko‘rsatadi. Qadriyatlar bilan shaxs yo‘nalganligini birlashishi alohida ma’no kasb etadi. 
Qadriyatlar tizimi shaxs yo‘nalganligining mazmun jihatini aniqlab, uning atrof-olamga, boshqa 
odamlarga, o‘z-o‘ziga, dunyoqarash asosiga, «falsafiy hayot» va motivatsiyalar yadrosiga qarashlari 
asosini tashkil etadi. Qadriyatlar – bu obyektlarni vazifasi bo‘yicha (ijobiy yoki salbiy) ajratish 
usulidir. 
Shaxs yo‘nalganligi uning eng asosiy tavsiflaridan biri, bu ham bo‘lsa uning ijtimoiy-ma’naviy 
qadriyatlarini namoyon etadi. Yo‘nalganlik mazmuni – bu avvalo shaxsning atrof-muhitga bo‘lgan 
ijtimoiy munosabatidir. Aynan yo‘nalganlik orqali qadriyatlar inson faoliyatida o‘zining real aksini 
topadi, ya’ni faoliyatning barqaror motivlariga aylanadi.
R.S.Nemov qadriyatlar deganda, inson hayotida asosan nimani qadrlasa nimaga ijobiy hayotiy 
ma’no bag‘ishlasa shularni tushunadi [5]. 
E.S.Volkov qadriyatlarga shaxs faoliyatining ijtimoiy boshqaruvi sifatida qaraydi. U qadriyat 
motivatsion rol o‘ynab faoliyat yo‘lini tanlaydi, deb hisoblaydi [7]. 
Qadriyatlar yuqori ijtimoiy ehtiyojlar asosida shakllanadi, faoliyatning umumijtimoiy, ijtimoiy-
guruhiy sharoitlarida amalda qo‘llaniladi. U ongning tashkiliy elementlaridan biri, ya’ni ong 
strukturasining bir qismidir. Shuning uchun S.L.Rubinshteyn asos solgan ong va faoliyat birligi 
tamoyiliga bo‘ysunadi [7]. 
Qadriyatlar inson va insoniyatning butun hayotini va butun borlig‘ini qamrab oladi. Ya’ni 
insonning hissiy-emotsional, xulq-atvor va bilish sferasini qamraydi.
Qadriyatlar inson faoliyatida determinantlik qiladigan ma’lum «ko‘rish gorizonti»ni ochib 
beradigan ijtimoiy-psixologik sharoitlarda shakllanib, unson shaxsining asosiy tavsifidir. Chunki ular 
insonning atrofidagi insonlar bilan munosabati va birgalikdagi faoliyati xususiyatlarini belgilaydi va 
inson xulq-atvorini boshqaradi (B.G.Ananev, 1968; A.G.Zdravomislov, V.N.Myasishev, 1969; 
B.G.Olishanskiy, V.A.Yadov, 1975) [7]. 
Shaxsiy qadriyatlar qiymatini anglagan insongina olamdagi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, o‘z hayoti 
ma’nosi va maqsadlari haqida fikr yurita oladi. Fanda «qadriyatlar» tushunchasi bir tomondan 
qadriyatlar standarti guruhlar, millatlar, sinflar, ijtimoiy tizim, boshqa tomondan esa shaxsning 
motivatsion tizimi bilan qiyoslanadi. Umuminsoniy qadriyatlar erkinlik, vijdon, baxt insonning 
muvofiq hayot haqidagi tasavvurlarini tashkil etadi. Qadriyatlarning personal ierarxiyasi individualdir. 
O‘zaro munosabat va o‘zaro aloqa kombinatsiyalari tanlovi chegaralanmagandir. Insonning ijtimoiy 
o‘sishi umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan aniq shaxsiy munosabatlariga borib taqaladi. 
Qadriyatlar deganda biz shartli ravishda insoniyat mavjudlik tarixi davomida shakllangan 
madaniy qadriyatlarni nazarda tutamiz.
Qadriyatlar munosabati – bu obyektning tashqi olam bilan turg‘un aloqasi, maxsus subyektiv 
fikri tug‘ilishidir. U jamiyat va inson hayotida alohida muhim rol o‘ynaydi. Aynan obyektning o‘zi 
shaxsiy qadriyatlar ierarxiyasini va o‘z hayotida ularning rolini hamma vaqt ham anglayvermaydi. 
Ammo qadriyatlar o‘zi haqida har soniyada belgi beradi. Inson o‘z xohish istaklarini butunlay nazorat 
qila olmaydi bunda unga qadriyatlar yordamga keladi yoki aksincha. 
«Qadriyat» tushunchasi zamonaviy ijtimoiy fanlar (falsafa, psixologiya, sotsiologiya)da keng 
qo‘llaniladi, u individning ongida narsa va hodisalarning ba’zi maxsus sifatlarini subyektiv aks 
ettirilishi deb qaraladi (O.G.Drobnitskiy, 1967; V.P.Tugarinov, 1968) [7]. 
Bizni o‘rab turgan atrofdagi u yoki bu obyektni qadriyatlarga kiritish uchun uning inson 
qiziqishlari va ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati hisobga olinadi. Inson olamga bir butunlikka 
qaraganday munosabatda bo‘lgandagina o‘z shaxsiy qadriyatlarini anglab yetadi. Shu sababli inson 
haqida gapirilganda tabiiy ravishda «qadriyat» tushunchasiga borib taqaladi. Ushbu tushuncha turli 
fanlarda ko‘rib chiqiladi: aksiologiya, falsafa, sotsiologiya, biologiya, psixologiya. «Qadriyat» 
tushunchasi psixologik talqinda termin jihatdan har xil tushunchalar bilan belgilansada semantik 
jihatdan bir qatorda turuvchi psixologik hodisalar kompleksiga ekvivalentdir: N.F.Dobrinin buni 
«ahamiyat» deb; A.I.Bojovich «hayotiy poizitsiya»; F.N.Leontev «ma’no» va «shaxsiy ma’no»; 
V.N.Myasishev «psixologik munosabatlar» deb ataydi [2]. 
S.L.Rubinshteyn aytishicha qadriyat – insonga hayotda nimaningdir ahamiyati va tan olingan 
qadriyatgina muhim qiymatga ega bo‘lgan vazifani, ya’ni xulq-atvor yo‘nalishini belgilay oladi [4]. 
154 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish