ILMIY AXBOROTNOMA
PSIXOLOGIYA
2016-yil, 2-son
Bundan ko‘rinadiki, qadriyatlarning shakllanishi shaxs yo‘nalganligi bilan chambarchas
bog‘liqdir. S.L.Rubinshteyn fikricha, insonning bevosita ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdagi
faoliyatida jamiyat qadriyatlari shkalasi rol o‘ynadi[4]. Bilvosita jamiyatga foyda keltiradigan faoliyat
orqali shaxsiy va individual ehtiyojlarini qondirishda individning jamiyatga munosabati shakllanadi.
Yana u ta’kidlaydiki, insonda qadriyatlarning mavjudligi uning tashqi olamga, tashqi omillarini uning
hayoti uchun ahamiyatiga befarq emasligidan dalolat beradi.
Har bir odamda qadriyatlar tizimi mavjud bo‘lishi mumkin, bu tizimda qadriyatlar ma’lum
ierarxik ketma-ketlikda joylashgan bo‘ladi. Albatta bu tizim individualdir, chunki individual ong
jamiyat ongini o‘zida aks ettiradi. Shunga ko‘ra talaba yoshlarda qadriyatlar tizimini shaxs
rivojlanishining ma’lum darajasi sifatida o‘rganishda ikki asosiy jihati bor: qadriyatlar tizimi
ierarxiyasining shakllanganlik darajasi va uning mazmuni (yo‘nalganligi): bular tizimga kiruvchi aniq
qadriyatlar. Birinchi jihat talabaning yetuklik darajasini aniqlashda muhim hisoblanadi. Gap shundaki,
qadriyatlarning
interiorizatsiyasi
anglangan jarayon sifatida atrofda ko‘pgina sodir bo‘layotgan
jarayonlardan faqat o‘zigagina kerakligini tanlab olish qobiliyati bo‘lgandagina amalga oshadi.
So‘ngra ularni sharoit (maqsad uzoq yoki yaqinligi, ularni amalga oshirish imkoniyati)dan kelib
chiqqan holda ma’lum bir tizimga ajratadi. Bunday qobiliyat faqatgina shaxsning ijtimoiy-psixologik
yetukligi va ongining oliy psixik funksiyalari shakllanganligi ma’lum darajaga yetgandagina namoyon
bo‘ladi. Ikkinchi, qadriyatlar xususiyatlarini tavsiflovchi, shaxsning yo‘nalganligining mohiyatini
baholovchi jihatdir. Shaxsning qadriyatlar yo‘nalganligi tizimiga kiruvchi aniq qadriyatlarga, ularning
o‘zaro bog‘langanlik darajasiga qarab shaxs faoliyati hayotining qanday maqsadlariga qaratilganligini
aniqlash mumkin. Talabalar qadriyatlarining ierarxik tizimining mohiyatining analizi ularda
aniqlangan qadriyatlarning jamiyat etaloniga va ularni tarbiyalash uchun adyekvatlik darajasini ham
o‘rganish imkoniyatini beradi.
Qadriyatlar bevosita tarbiya bilan bog‘liqdir. Bu muammoni «shaxs» tushunchasining tahlilisiz
o‘rganib bo‘lmaydi.
R.S.Nemov (2002) «shaxs» deganda uning individualligini ta’minlovchi barqaror xususiyatlari
nisbatini tushunadi [5].
V.A.Petrovskiyning (1981) fikricha, shaxs bu o‘z hayotiy faoliyatining subyekti va u olam bilan
kontakt o‘rnata oluvchidir [6].
V.S.Merlin (1969) ta’kidlashicha, shaxs integral individuallikni, organizmning individual
xususiyatlarini, insonning ijtimoiy-tipik va individual xususiyatlari tavsifini namoyon qiladi. Inson
zamonaviy antropologik yutuqlar talqinida uch mavjudlik birligini o‘zida namoyon etadi: tabiiy,
ijtimoiy va madaniy [7].
Qadriyatlar – bu shaxsiy ma’noga ega faoliyat motivi bo‘lib, u moddiy va ma’naviy fenomendir.
Hayotiy qadriyatlar hozirgi vaqtda har xil omillar ta’sirida stixiyali ravishda yuzaga keladi.
Ularning yaratilishida qadriyatning roli minimaldir. Ustanovkalarni tarbiyalashda har xil qarashlar
mavjud. Masalan, tarbiya maqsadi jamiyatda mavjud qadriyatlar tizimiga mos kelishi lozim. Agar
stixiyali shakllanayotgan ustanovkalar ta’lim olayotgan yoshlarning va umuman jamiyat rivojiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Yoshlik davrida inson atrofdagilar bilan muloqotda har doim undan u yoki qarorni tanlashni
talab qiluvchi vaziyatlarga tushaveradi. Qaror qabul qilish bor imkoniyatlardan birini tanlash
demakdir. Bu esa hayotiy qadriyatlar va hayotiy pozitsiya sohasidagi imkoniyatlarni qayta ko‘rib
chiqish va baholash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ammo qadriyatlar hali barqaror emas, ular shaxsiy
xulq-atvor amaliyotida sinaladi.
Kasbiy ongning harakatlantiruvchi kuchlari ishni boshlashdagi konservativ va dinamik usullar
orasidagi doimiy kurashdir. Ushbu jarayonning aksi guruh a’zolarining va butun guruhning kasbiy,
siyosiy, ijtimoiy, psixologik xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishda ko‘rishimiz mumkin.
Kasbiy o‘zlikni anglashda qiziqishlarning umumiyligi, guruhning ijtimiy-psixologik konsolidatsiyasi
va guruhning ijtimoiy o‘rnini saqlash mexanizmlari shakllanadi va rivojlanadi.
Kasbiy o‘zlikni anglash bilan bir qatorda kasbiy dunyoqarash ham turadi. Uni umumiy
dunyoqarashning maxsus bo‘lagi va kasbiy madaniyatning elementi deb olish muammosi hali ham
tortishuvlarga sabab bo‘lib kelinmoqda. Biroq bizning fikrimizcha, kasbiy dunyoqarashning obyekti
bo‘lib nafaqat olamning umumiy yoki maxsus, balki ijtimoiy sur’ati olinishi lozim. Aynan u kasbiy
guruhning integratsiyasini ta’minlaydi va ijtimoiy pozitsiyasini ham shakllantiradi. Kasbiy
madaniyatda kasbiy tafakkur alohida rolga ega.
Kasbiy dunyoqarashga ega bo‘lish shaxsni kasbiy sohaga moslashuvining muhim shartidir.
155
Do'stlaringiz bilan baham: |