Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
PSIXOLOGIYA 
 2016-yil, 2-son 
Bizning fikrimizcha, oila muammosini tadqiq qilishda, avvalo bugungi yoshlarni oilaviy 
hayotga tayyorlash masalasiga alohida e’tiborni qaratish lozim. Chunki aynan, ko‘p hollarda turmush 
qurgan ikki yosh o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning nozik jihatlari haqida yetarli bilimga, zarur 
ko‘nikma va malakaga ega bo‘lmaslik, qolaversa ikki yoshning bir-birlari hamda oilaviy rollarning 
taqsimlanishi to‘g‘risidagi adekvat tasavvurlarning shakllanmaganligi ularning munosabatlarini ijobiy 
kechishiga va dinamik jihatdan rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yoshlarni oilaviy hayotga 
tayyorlashning psixologik xususiyatlarini o‘rganish va tadqiq etish juda muhimdir. Chunki bu orqali 
hozirgi o‘zbek oilasining mustahkam va baxtli etish yo‘llarini aniqlash mumkin. Shunday yekan, bu 
mavzu eng dolzarb masala hisoblanadi.
Olingan statistik ma’lumotlar yil sayin nikoh soni oshayotganligini ko‘rsatmoqda. Bunga sabab 
– bir tomondan, aholi, birinchi navbatda yoshlarning soni oshganligi, ularda rasman qurilgan oila 
institutiga nisbatan munosabatning ijobiy tomonga o‘zgarganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jamoatlik, 
mahalla faollari, hokimliklarning otalikni belgilash holatlarini kamaytirishga qaratilgan samarali say’i-
harkatlari oqibatidir deyish mumkin.
Nikoh ajrimlarining sabablari o‘rganilganda, aksariyat holatlarda bu birinchi o‘rinda kelin-
kuyovlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi, er-xotinlarning o‘zaro kelishmovchiliklari, fe’l-
atvorning bir-biriga mos kelmasliklari, rashk, kelin bilan qaynona va boshqa yaqin qarindoshlarning 
chiqishmasliklari, erkakning zararli odatlarga berilib ketishi (ichkilikka, giyohvand moddalarga va shu 
kabi), moddiy qiyinchiliklar (asosan erning ishlamasligi, mustaqil oilani boshqara olmasligi), 
qudalarning to‘ydan keyin o‘zaro kelishmay qolishlari kabilarga erning boshqa shaharlarga ish qidirib 
ketib, qaytib kelmaganligi, boshqa bir ayol bilan yangi turmushni boshlab yuborganlari qo‘shildi.
Yoshlarni oilaviy hayotga ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari 
olimlardan Ye.Aleshina [4], N.X.Safina [5], T.Yu.Sorokina [6], o‘zbek psixolog olimlari orasida 
M.G.Davletshin [7], G‘.B.Shoumarov, Ye.G‘.G‘oziyev [8], V.M.Karimova [9], N.A.Sog‘inov [10], 
B.M.Umarov, N.X.Lutfullayeva [11], M.Umarova [12], F. Saifnazarova [13], M.X.Fayziyeva [14] va 
boshqalar mazkur mavzuni ilmiy tadqiq etganliklari kuzatiladi.
Mazkur maqolamizda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik xususiyatlarini 
o‘rganishni maqsad qildik. Buning uchun Nizomiy nomidagi TDPUda tahsil olayotgan yoshlarning 60 
nafarida oilaviy hayotga oid turli tasavvurlari, fikrlari, munosabatlarini o‘rgandik.
Oila psixologiyasida nikoh quruvchilarning nikoh qurish omillari va shartlari masalasi muhim 
bo‘lib, butun jahon ilmida nikoh qurish omillariga ushbularni kiritish mumkin bo‘ladi:
1) oilaviy hayotga yetuklik; 
2) oila qurish yoshi; 
3) oila qurish motivlari; 
4) oila qurilgungacha tanish muddati; 
5) oila qurish shartlari va sharoitlari; 
6) yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari [8]. 
Nikohga yetuklik omillari qatoriga biz yoshlarning oilaviy hayotga ma’naviy yetukligi, ularning 
oila qurish motivlari, nikoh qurish yoshiga oid fikrlari va bo‘lg‘usi oilaviy hayotlari haqidagi 
tasavvurlarini kiritar ekanmiz, bu jihatlarning har biri qanday xususiyatga ega ekanligini ko‘rib 
chiqamiz. 
Nikohga yetuklik tushunchasi o‘ta murakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam rivojlanib, 
takomillashib boruvchi, o‘z ma’naviy, axloqiy rivojida muntazam ravishda yangiliklarni o‘ziga 
singdiruvchi mavjudotdir. Kishining yetukligi, ayniqsa, oilaviy hayotga yetukligi masalasida fikr 
yuritilganda, bu tushunchadan bir shartli o‘lchov sifatidagina foydalaniladi. Nikohga yetuklik 
deyilganda, oila quruvchi yoshlarning jismoniy (fiziologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-
axloqiy, psixologik kabi yetuklik jihatlarini farqlash mumkin. Bularning orasida esa jinsiy, huquqiy 
yetuklik ko‘rsatkichlari aniq alomatlarga ega bo‘lsa, iqtisodiy, psixologik, ma’naviy-axloqiy jihatlar 
qat’iy bir ko‘rsatkich bilan belgilanmaydi. Shaxsning jinsiy yetukligi unda balog‘atga o‘tish 
alomatlarining kuzatilishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning keskin darajada namoyon bo‘lishi bilan, ichki 
sekretsiya bezlarining faollashuvi bilan xarakterlanadi. Shaxsning psixologik yetukligi deb esa, uning 
turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni xushyor baholay olishida namoyon bo‘ladi. Yoshlarda 
kuzatiladigan psixologik yetuklik shaxsning boshqalarga nisbatan bo‘lgan ijobiy munosabatlari: 
hamdardlik, hamfikrlilik, o‘zaro yordam kabilar tarzida namoyon bo‘la oladigan ma’naviy sifatlarini 
ham bildiradi. Yoshlar oila qurayotganlarida bu xususiyatlar hal qiluvchi bo‘lib hisoblanadi.
158 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish