ILMIY AXBOROTNOMA
PSIXOLOGIYA
2016-yil, 2-son
Yoshlarda olib borilgan so‘rovnoma va psixologik testdan olingan natijalar yoshlarda kelajak
oilaviy hayotlari haqida yetnik, jinsiy, psixologik xususiyatlar mavjudligini tasdiqlaydi.
Yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari ularning yosh ko‘rsatkichlari, ma’naviy
yetuklik darajalari, oilada olgan turli darajadagi ijtimoiy ta’sirlariga bog‘liq ekanligi ko‘rindi. Mazkur
tadqiqot ishimizda quyidagi xulosalarga keldik:
1. Yoshlar tomonidan qiz bolaning turmush qurish yoshi masalasida eng optimal yosh sifatida
20-21 yoshni tanlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida kelinchakning oilada bajaradigan turli vazifalarni
yaxshi anglash yotadi va bu vazifalarga tarbiyaviy, iqtisodiy, kommunikativ, ma’naviy, ijtimoiy,
psixologik, reproduktiv va boshqalar kiradi. Yoshlar fikriga ko‘ra, har bir funksiyaning oila sharoitida
bajarilishida ma’lum bir yetuklik sharti zarur ekan.
2. Yigitlarning oila qurishlari uchun eng maqbul yosh sifatida 24-25 yosh ko‘rsatkichini eng
ma’qul sifatida tanlashlari ko‘rinar ekan. Ayrim yoshlar fikriga ko‘ra, yigit kishining oila qurish
yoshini 22-23 yoshni ma’qul deb olish ham mumkin ekan.
3. Yigitlarning aksariyat qismi uchun sevgi asosida oila qurish holati ma’qul ekan. Aksariyat
qizlar otasi talabiga ko‘ra oila qurishni ma’qullar ekanlar. Bu orqali otasining fikri bilan hisob-
lashishlari, otalarining uning oilaviy hayotiga nisbatan aniq va to‘g‘ri fikr bildirishini his etishlarini
namoyon etar ekanlar.
4. Nikohga ma’naviy tayyorlikning past ko‘rsatkichi yigitlarda oz bo‘lsa-da kuzatilar ekan.
5. Nikohga ma’naviy tayyorlikning o‘rtacha ko‘rsatkichi qizlarning deyarli barchalari uchun
xos ekan.
6. Yoshlar uchun ularni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan pedagogik-psixologik usullarni
qo‘llash zarurligi ko‘rindi, chunki yoshlik davri ayrim yoshlarning oila qurishi uchun muqarrar yosh
davri ekanligi kuzatildi.
Olingan natijalar, xulosalar asosida ushbu tavsiyalarni berishni zarur deb hisoblaymiz:
- Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda yoshlarning fiziologik yetukligi bilan bir qatorda
ularning ma’naviy, kasb jihatidan, ya’ni professional, ijtimoiy, xuquqiy, psixologik yetuk bo‘lishlariga
yerishish. Buning uchun yoshlarga pedagog-o‘qituvchilar, ota-onalar, kattalar tomonidan shu jihatlarni
muhim yekanligini o‘rgatib borish va tushuntirish;
- oila muhim qadriyat yekanligiga oid turli suhbatlar olib borish;
- yoshlarga oila mustahkamligini ta’minlovchi omillarga oid maxsus suhbat va munozaralarni
tashkil yetish, malakali mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazish;
- ommaviy axborot vositalaridan: televideniye, radio va gazeta-jurnallarda maxsus ko‘rsatuv,
yeshittirish va chiqishlar tashkil yetish;
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash ishini muhim deb qarab, oilaga doir suhbatlar
uyushtirish; hayotiy misollar vositasida nikoh qurish omillarining nikoh barqarorligiga ta’sirini ibratli
jihatlarini ko‘rsatish orqali bu muammoga doir ijobiy tasavvur shakllantira olish.
Demak, biz o‘quv muassasalarida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda nafaqat mutaxas-
sislik fanlariga, balki shaxsning o‘z-o‘zini yaxshi his etish, atrofdagi odamlar bilan bo‘ladigan
shaxslararo munosabatlarida zo‘riqmay erkin his qilishga yordam beradigan psixologik bilimlarni
berishimiz, qolaversa, yigit-qizlarga “tabiatning shoh asari bo‘lmish – oila”ning o‘ziga xos qonun-
qoida, sir-sinoatlarini o‘rgatishimiz zarur. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Mustahkam oila va
baxtli turmush avvalambor oila quradigan yoshlarning o‘ziga, ularning aql-zakovati, ma’naviy
fazilatlariga, oila, jamiyat oldidagi o‘z burchi va mas’uliyatini chuqur anglab yetishiga bog‘liqdir!”
[2].
Do'stlaringiz bilan baham: |