-
-
Olingan natijalarni tahlil etadigan bo‘lsak, shu narsa ko‘rinadiki, oila qurmagan yigitlar qiz
bolaning turmush qurish yoshi 16-17 yosh bo‘lishini ma’qul deb, 14,5 foizlari belgilashgan.
Ikkinchi yosh ko‘rsatkichi 18-19 yoshlar bo‘lib, olingan natijalarning xarakterli tomoni
shundaki, bu yoshni oila qurish uchun ma’qul sifatida aksariyat yigitlar va qizlar tanlashgan. (70,5 %
yigitlar va 65,5 % qizlar). Ular bu yoshda sinfdoshlari, tanishlari, qo‘shnilari shu yoshda, ayniqsa oila
qurayotganliklarini kuzatadilar va natijada bu yosh nikoh qurish uchun eng maqbul yosh degan fikrga
keladilar.
Demak, oilaviy hayot qurish uchun 20-21 yoshni tanlash asosida bir qator sabablar bo‘lishi
mumkin: birinchidan, oilalilar oilada bajariladigan turli vazifalarni yaxshi anglaydilar: bu vazifalarga
tarbiyaviy, iqtisodiy, kommunikativ, seksual, psixologik, reproduktiv va boshqalar kiradi. Har bir
funksiyaning oila sharoitida bajarilishida ma’lum bir shart kerak. Masalan, iqtisodiy vazifa to‘g‘ri
bajarilishi uchun oila qurgan kishi ma’lum bir sohani egallagan, mehnat qilib oilani pul bilan
159
ILMIY AXBOROTNOMA
PSIXOLOGIYA
2016-yil, 2-son
ta’minlaydigan darajaga erishgan bo‘lishi kerak. Kommunikativ vazifa to‘g‘ri bajarilishi uchun
oiladagilar bir-birlari bilan muomala o‘rnata olish malakalariga ega bo‘lmoqlari talab etiladi.
Reproduktiv vazifa bajarilishida yoshlarning salomatlik ko‘rsatkichlari, kelinchakning nafaqat tashqi
jihatidan balog‘atga yetganligi, balki ichki (bachadon) organlarida ham normal rivojlanish bo‘lgan
bo‘lishi kerak. Bu keltirgan jihatlar qiz bolaning oila qurishi uchun eng optimal sifatida 20-21 yoshni
tanlash ma’qulligini bildiradi.
Jadvaldagi ahamiyatli tomoni shundaki, qiz bolaning oila qurish yoshi uchun 24 va 25 dan
keyingi ko‘rsatkichlar ma’qul emasligi masalasi bo‘lib, bunda yoshlarning yakka fikrliligi ko‘rinadi.
Ammo bilamizki, yosh kattalashgan sari qizlarning oila qurish imkoniyatlari pasayib boradi, tanlash
darajalari kamayadi, muammolar ortadi.
Biz oila qurish yoshi masalasida yigit uchun qaysi yosh ma’qul bo‘ladi, masalasini ham
qo‘ydik.
2-jadval.
“Turmush qurish yoshi yigit uchun qanday bo‘lishi kerak?”
savoli bo‘yicha natijalar (% da)
Oila qurish “yigitlar”
uchun
Yigitlar
Qizlar
16-17 yosh
-
-
18-19 yosh
3,5
-
20-21 yosh
10,5
8,5
22-23 yosh
22,0
12,0
24-25 yosh
50,5
64,5
25 dan katta
13,5
15,0
Ko‘rib turganimizdek, yigitlarning oila qurishlari uchun eng maqbul yosh sifatida barcha
yoshlar tomonidan 24-25 yosh tanlangan. Haqiqatan bu yoshda yigitlar biror mutaxassislik yoki
hunarga yega bo‘ladilar, o‘zlarini iqtisodiy jihatdan qisman bo‘lsa-da, oilani ta’minlashga qodir
bo‘ladilar, fiziologik jihatdan yetuklikka erishgan pallada bo‘ladilar. Bu esa ularning oila qurish uchun
eng optimal yoshga ega davrlari sifatida tanlashga olib keladi. Gohida oila qurmagan yoshlarning
fikrlarida oila qurishni vaqtli boshlasa ham bo‘ladi, degan fikr kuzatiladi va oila qurishni yigit uchun
22-23 yoshda yaxshi deb o‘ylaydilar. Aslida yigitlarning yoshi kattalashgan sari oila qurish
imkoniyatlari pasaymaydi, aksincha ortadi, oilada ularning ijtimoiy, iqtisodiy mavqelari oshishi,
natijada kelin tomonidan ularni turmush o‘rtoq sifatida idrok etilishi, hurmati saqlanishi kuzatiladi.
Demak, turmush qurish yoshining nikoh barqarorligiga ta’sir etuvchi omil sifatida ko‘rilishi bu
ayni haqiqat ekan, bu yoshning qizlar uchun ham, yigitlar uchun ham qaralganda alohida o‘z optimal
muddatlari mavjud ekanki, oila qurayotgan har bir shaxs bu muddatni bilib, oila qurishi uning nikohi
barqarorligiga olib kelar ekan.
Biz o‘z tadqiqot ishimizda yoshlarning nikohga nisbatan ma’naviy tayyorlik hislarini
aniqlamoqchi bo‘ldik. Buning uchun psixologiyada ma’lum bo‘lgan “Nikohga ma’naviy tayyorlik”
testidan foydalandik. Test 16 ta savol-tasdiqlardan iborat bo‘lib, natijalarni qayta ishlash orqali
jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga yega bo‘ldik.
3-jadval.
Yoshlarning nikohga ma’naviy tayyorlik darajalari (% da)
Obekt
past daraja
o‘rtacha daraja
Yigitlar
23,5
76,5
Qizlar
5,5
94,5
Ko‘rib turganimizdek, test natijalariga ko‘ra oila qurmagan yoshlarning nikohga ma’naviy
tayyorlik darajalarida jinsiy tafovutlar ko‘rinadi. Ma’naviy tayyorlikning past ko‘rsatkichi ko‘proq
yigitlarda kuzatiladi, o‘rtacha ko‘rsatkich esa qizlarda deyarli barchalarida ko‘p. Bu o‘z navbatida
qizlarning bu yosh davrlarida oila qurishlari ular uchun eng muhim qadriyat sifatida qaralishi, ularning
uylariga sovchilar kela boshlagani, ularning oila vazifalariga butkul berilganliklari, ularning tanishlari
allaqachon oila qurganliklari, yaqinlari tomonidan bu yoshdagi qizning oila qurishiga oid fikrlar
ko‘plab aytilayotganini va ularda bu qadriyatga nisbatan ko‘nikish va bo‘lishi zarur bo‘lgan haqiqat
sifatida qarash tarkib topganligini bildiradi. Yigitlar esa o‘zlarini avval iqtisodiy jihatidan, ijtimoiy
jihatdan mustaqil sifatida ko‘rishlari kerakligi, oila qurish uchun o‘zlarini anglab olishlari, mutaxassis
sifatida shakllanishlari muhimligini his etishlari ustunligi ko‘rinadi.
160
Do'stlaringiz bilan baham: |