Keywords:
competence,
diagnostic
е, professional diagnostics,
pedagogic competence, professional
competence, activity.
166
ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2016-yil, 2-son
UDK: 331.5
MILLIY IQTISODIYOTDA KICHIK BIZNES
VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING O`RNI
O.M. Ruzibayev,
Samarqand davlat universiteti, E-mail:
Ruzibayev93@mail.ru
Annotatsiya. Ushbu maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati va
rivojlanishi nazariy jihatdan asoslangan. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
rivojlanishi bo‘yicha chet el tajribasi o‘rganilib, ularning ijobiy tomonlarini respublikada joriy etish
bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Tayanch so‘zlar: kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, mehnat resurslari, YaIM.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni
erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash evaziga
uzluksiz iqtisodiy o‘sishga erishishdek dolzarb vazifa qo‘yilgan. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiyotda
erishgaн yutuqlarning asosi - bozor iqtisodiyoti, mulk shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi
keskin tuzilmaviy o‘zgarishlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi
ulushining ortib borishi bilan baholanmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda kichik biznes sohasining
rivojlanishiga katta e`tibor berilmoqda. Milliy iqtisodiyotning barqaror yuqori sur’atlarda yuksalishi
va tobora ortib borayotgan mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlashda kichik biznes o‘ziga xos
lokomotiv vazifasini o‘tamoqda. "...kichik va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot ishlab
chiqarishdа nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, ayni vaqtda uning aholi farovonligi va daromadlari
ortishida, ishsizlik muammosini yechishda ham muhim omilga aylanishiga erishmog‘imiz lozim"[1].
Istiqbolda mamlakat iqtisodiyotida kichik biznesni yanada rivojlantirish iqtisodiy siyosatning
ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan, chunki mehnat resurslarining to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i
ushbu sohada ish bilan band. "Bugungi kunda kichik biznesning mamlakat YaIMdagi ulushi 56,7
foizga yetdi, sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining 98,0 foizi ishlab chiqarilmoqda, ish bilan band jami aholimizning 77,0 foizdan
ortig‘i mazkur tarmoqda mehnat qilyapti". Munosib mehnat tamoyillarini birinchi navbatda, kichik
biznesga to‘liq joriy etilishiga erishish, ushbu sohada ijtimoiy-mehnat munosabatlarini
takomillashtirish hozirgi paytda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son
"Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni
jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni, Vazirlar
Mahkamasining 1998-yil 27- maydagi 232-son "Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish
mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorini hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar amalga oshirilmoqda.
Darhaqiqat, kichik biznesning miqdor ko‘rsatkichlariga qaraganda uning sifat xususiyatlari -
kichiк biznesning bozor iqtisodiyotining asosi, raqobat muhitini shakllantiruvchi eng muqim
subyektligi, bozorda bir turdagi mahsulot va xizmatlarga tabaqalashgan narxni shakllantirishga
qodirligi va boshqalar muhim.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida ish bilan bandlikning
egiluvchan shakllari – qisman ish bilan bandlik, ish joyini taqsimlash, moslashuvchan ish grafigi,
egiluvchan va virtual ish joyi iqtisodiy faol aholini munosib ish bilan ta`minlashning samarali yo‘li
bo‘lib, u ish beruvchilarga iqtisodiy vaziyat, bozor kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda, ishlab
chiqarishning yo‘nalishini, xodimlarning soni va tarkibini qisqa muddatda o‘zgartirishga yordam
beradi.
Bugungi kunda, mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ustuvor, yuqori
sur’atlarda barqaror rivojlantirilishi bugungi kunda mazkur sohaning 10,0 mln.dan ortiq kishini ish
bilan ta’minlashiga xizmat qilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida ish bilan
band bo‘lganlarning 7,3 mln. nafarga yaqini xususiy tadbirkorlik, 2,3 mln. nafari kichik korxona va
mikrofirmalar qissasiga to‘g‘ri keladi.
Keyingi 20 yil mobaynida kichik biznes sohasida ko‘plab yangi ish joylari tashkil etilib,
qariyb 20 baravarga ortdi. 2014-yilda ish joylarini tashkil etish va aholini munosib ish bilan
bandligini ta’minlash bo‘yicha davlat va mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida
qariyb 980 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka
167
Do'stlaringiz bilan baham: |