ILMIY AXBOROTNOMA
PSIXOLOGIYA
2016-yil, 2-son
5. O‘zini o‘zi kasbiy diagnostika qilish usullarini pedagog kadrlar puxta o‘zlashtirishini va
amalda qo‘llashi samaradorligini oshirib borish yuzasidan tegishli tadbirlarni amalga oshirish.
6. Kasbiy diagnostika natijalari asosida malaka oshirish kursi o‘quv rejasi va dasturiga tegishli
o‘zgarishlar kiritib borish mexanizmini ishlab chiqish va amalga joriy qilish.
7. Kasbiy diagnostika yo‘nalishida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va
ommalashtirib borish.
8. Kasbiy diagnostikadan amalda unumli foydalinishga qaratilgan qo‘llanma, tavsiyanoma va
zarur me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish.
9. Malaka oshirishga buyurtmalarni kasbiy diagnostika natijasida aniqlangan ehtiyojlar asosida
shakllantirish yuzasidan buyurtmachilarga metodik yordamlar ko‘rsatib borish.
10. Kasbiy diagnostika vositasida pedagog kadrlar kasbiy tayyorgarligidagi aniqlangan
bo‘shliklarning turlari, xususiyatlari va boshqa sifatlarini muntazam o‘rganib, tegishli xulosalar
chiqarib va tavsiyalar berib borishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
11. Kasbiy pedagogik diagnostikaning tashkiliy-pedagogik va ilmiy-metodik asoslarini
takomillashtirib borish.
Pedagogik kompetensiyani diagnostikasini maqsadga muvofiq darajada olib borish natijasida
xalq ta’limi pedagog kadrlarining kasbiy tayyorgarlik darajasini aniq belgilash, baholash hamda zarur
xulosalar chiqarish, tavsiyalarni asoslangan holda ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.
Diagnostika jarayonida mavjud ilg‘or tajribalarning to‘liq aniqlanib borishi natijasida
innovasion faoliyatning samaradorligini oshirishga erishiladi.
Kasbiy pedagogik diagnostika kasbiy tayyorgarlik darajasidagi bo‘shliqlar bilan birga yuqori
natijalarni, yutuqlarni, ilg‘or pedagoglar tomonidan qo‘llanilayotgan ibratli, ilg‘or ish usullarini,
ularning pedagogik mahorati darajasini ko‘rsatib berishga ham xizmat qiladi.
Bunda pedagog kadrlar faoliyatidagi yutuqlar hamda kamchiliklar haqidagi aniq ma’lumotlar
ustoz-shogird usulidagi faoliyatni real holat va sharoitlarga muvofiq aniq maqsadlarni belgilagan
holda tashkil etish va amalga oshirishga asos bo‘ladi.
Malaka oshirish bo‘yicha kasbiy pedagogik diagnostikaning qo‘llanish sohasi kengayib,
tamoyillari, shakllari, usullari va vositalari rivojlanib borishini nazarda tutish lozim.
Pirovardida pedagogik kompetensiya diagnostikasi ta’lim-tarbiya sohasining uzluksiz rivojlanib
borishini ta’minlovchi jiddiy vosita bo‘lib qoladi.
Kasbiy pedagogik diagnostikani amaliyotga tatbiq qilish orqali mavjud ehtiyojlarga asoslangan,
aniq maqsadli, buyurtmali malaka oshirishni tashkil qilish, uning natijasida esa malaka oshirish
jarayoni sifati va samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi:
Ta’lim muassasalarida kasbiy diagnostika monitoringi natijalarini tegishlicha tahlil qilish,
belgilangan maqsadga erishilganlik darajasini aniqlash, zarur darajada umumlashtirib, xulosalar
chiqarish, lozim hollarda o‘rnatilgan mezonlar bo‘yicha baholash hamda aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish, ijobiy jihatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berishni yo‘lga quyish lozim.
Bu usullar orasida xodimning o‘z-o‘zini baholashi natijalari asosida belgilagan ehtiyojlarini hisobga
olish ham jiddiy ahamiyatga ega.
Shunday tartibda olib borilgan monitoring natijalari orqali pedagog kadrlar kasbiy
tayyorgarligining haqiqiy darajasini muntazam bilib borish asosida ularning kasbiy pedagogik
o‘sishlarini ta’minlash va bu jarayonni nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Bu esa, o‘z
navbatida, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonini muntazam ravishda takomillashtirib borishga
xizmat qiladi.
Ta’lim muassasalarida uzluksiz malaka oshirish jarayonida kasbiy diagnostikadan foydalanish
uchun ijodiy muhit samaradorligini aniqlash hamda diagnostikasini amalga oshirish uchun uning
asosiy parametrlariga ularning tarkibiy mazmuni hamda o‘zaro bog‘liqliklari va o‘zaro ta’sirini
hisobga olgan holda asoslanish maqsadga muvofiq. Maktabda ijodiy muhitni takomillashtirishni
o‘ziga xos yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ularning har biri bo‘yicha aniq maqsadli chora-tadbirlarni
amalga oshirib borish maktab faoliyatining barcha sohalarida yuqori sifat va samaradorlikka erishish
imkoniyatlarini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |