ILMIY AXBOROTNOMA
PSIXOLOGIYA
2016-yil, 2-son
Ilmiylik. Bu tamoyil kasbiy pedagogik diagnostikaning mazmuni, shakl, usullari, xulosa va
tavsiyalari ilmiy qoida, qonunlar, tegishli ilmiy nuqtayi nazarlarga asoslanishni talab qiladi.
Metodik asosga egalik. Bu tamoyil kasbiy diagnostikani rejalashtirish va amalga oshirish bilan
bog‘liq masalalarni mavjud metodik xulosa va tavsiyalarga asoslangan holda hal etishni nazarda
tutadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga muvofiqlik. Bu tamoyil pedagogik diagnostikani amalga
oshirishda hozirgi ilg‘or pedagogik texnologiyalarga muvofiq shakl va usullardan foydalanishni
nazarda tutadi.
Psixologik omillarni hisobga olish. Bu tamoyil pedagogik diagnostikani tashkil qilish va
amalga oshirishda psixologik omillarni hisobga olish, jumladan, shaxsiy psixologik xususiyatlar,
muloqot psixologiyasi, psixologik vaziyatlar va ularga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olishni nazarda
tutadi.
Xolislik. Bu tamoyil kasbiy diagnostikani o‘tkazish jarayonida va uning natijalarini belgilash,
tahlil qilish, xulosa va tavsiyalar berishda xolisona yondashuvni amalga oshirish bo‘yicha zarur
mezonlarga to‘liq rioya qilinishini ta’minlashdan iborat.
Davriylik. Bu tamoyil kasbiy diagnostikani ma’lum davriylikda tashkil qilib borish va natijalari
asosida tegishli ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirib borishni nazarda tutadi.
Har xil turdagi shakl va usullardan foydalanish. Bu tamoyil kasbiy diagnostikaning muayyan
maqsadlariga muvofiq bo‘lgan turli zamonaviy shakl va usullaridan foydalanish orqali olinadigan
natijalarning xolisona bo‘lishini ta’minlashni nazarda tutadi. Shu bilan birga, turli shakl va usullardan
foydalanish kasbiy diagnostikani takomillashtirib borish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari ayrim
masalalar bo‘yicha turli shakl va usullarni qo‘llash orqali olingan natijalarni qiyoslash shu masalalar
bo‘yicha atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda xolislikni yanada oshirishni ta’minlaydi.
Natijaviylik. Bu tamoyil kasbiy diagnostika natijalarini aniqlash, ularni tegishlicha tahlil qilish
asosida xulosalar chiqarish va tavsiyalar berish, zarur hollarda chora-tadbirlar ishlab chiqish, shu
tavsiyalar va chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil qilish, bajarilishini nazorat qilib borishni
nazarda tutadi.
Amaliyot bilan bog‘liqlik. Bu tamoyil kasbiy diagnostikaning pedagog kadrlar amaliy faoliyatini
takomilashtirishga qaratilgan bo‘lishini, malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarni belgilash asosida
buyurtmalarni aniq maqsadli shakllantirishni hamda kursdan keyingi samaradorlikni aniqlab, kelgusi
vazifalarni belgilab borishdan iborat ishlarni o‘z ichiga oladi.
Pedagogik kompetensiya diagnostikasining asosiy shaklari va usullari:
Hujjatlarni o‘rganish asosidagi diagnostika.
O‘quv mashg‘ulotlarini kuzatish va tahlil qilish.
Suhbat asosidagi diagnostika.
So‘rovnoma savollariga berilgan javoblar asosidagi diagnostika.
Test sinovi asosidagi diagnostika.
O‘quvchilarning fikrlarini o‘rganish
Ota-onalarning fikrlarini o‘rganish bo‘yicha sotsiologik tadqiqot.
O‘zini-o‘zi diagnostika qilib borish.
Diagnostika natijalarini aniqlash, ularni tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarish,
tavsiyalar berish.
Ushbu shakl va usullardan har birining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holdagi aniq
maqsadlarga muvofiq ravishda foydalaniladi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda pedagogik kompetensiya diagnostikasini amalga
joriy qilish hozirgi dolzarb masalalardan bo‘lib, buning uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish
talab qilinadi:
1. Pedagog kadrlar malakasini oshirish sifati va samaradorligini ta’minlash yo‘nalishlaridan biri
sifatida kasbiy pedagogik diagnostika usullaridan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
2. Kasbiy pedagogik diagnostikaning zamonaviy shakl va usullaridan amalda foydalanish
masalalarini o‘rganish hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
3. Malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlarni aniqlash mexanizmini takomillashtirib borish.
Aniqlangan ehtiyojlar asosida aniq maqsadli malaka oshirish kursi mashg‘ulotlarini tashkil qilish shakl
va usullarini rivojlantirib borish.
4. Kasbiy diagnostikani amalga oshiruvchilarning ushbu yo‘nalishdagi bilim, ko‘nikma,
malakalarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirib borish.
164
Do'stlaringiz bilan baham: |