Sog‘lom turmush tarzi
– nosog‘lom yoki nuqsonli turmush tarziga xos bo‘lgan axloqiy jihatlarni
inkor etish va insoniy odobning ijobiy tomonlarini o‘zida mujassamlashtirish jarayonida takomillashib,
rivojlanib boradigan qarashlar, qonun-qoidalar va prinsiplarni o‘zida aks ettirgan yondashuvlarga rioya
qilishni ifodalaydi [10; 167].
Ma’lumki, inson salomatligi va hayot davomiyligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 50 foizdan
ortig‘i aynan turmush tarziga, 20 foizga yaqini ekologiyaga, 20 foizi nasliy omillarga, atigi 10 foizigina
tibbiy omillarga bog‘liq [5]. Ya’ni, inson sog‘lom bo‘lishi uchun uning turmush tarzi sog‘lom bo‘lishi va
unda sog‘lom turmush tarzi tushunchasini shakllantirish zarur.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan aholi salomatligini yaxshilash, mustahkamlash, insonning hayotdagi
faol umrini uzaytirish, kasalliklarni kamaytirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan “Har
bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi davlat dasturlarida qator tadbirlar belgilanib, ular
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda [3].
Sog‘lom turmush deganda oila a’zolari me’yorida ekologik sifatli tanavvullanib, jismoniy
chiniqishi, sihat-salomatlikning ta’minlanishi oilaning moddiy imkoniyatlarini oshirib, uzoq umr ko‘rishi,
munosib hayot kechirishini tushunamiz. Oilada bunday sog‘lom turmushni qaror toptirish ota-onalar
zimmasiga yuklatilgan katta mas’uliyatdir. Shuningdek, sog‘lom turmushning yana bir omili oila daromadi
va iqtisodiy barqarorligini ta’minlashdir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida
“Ota-onalar o‘z bolalarini boqish va tarbiyalashga majburdirlar” [1; 12], – deb belgilab qo‘yilgan.
Buning uchun esa ota-onalarning sog‘lom turmush tarzi xususidagi ijtimoiy-biologik, iqtisodiy va
siyosiy savodxonligini oshirish maqsadga muvofiqdir. Bularni anglamasdan turib, oilada sog‘lom turmush
tarzini qaror toptirish mushkul. Ushbu ijtimoiy mas’uliyatni bajarishda ota-onalar anglab yetishlari muhim
bo‘lgan masalalar qatoriga farzandni sog‘lom tarbiyalash va oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
kabi vazifalarni anglab yetish talab etiladi. Buning uchun esa ota-onalar sog‘lom turmush tarzining maqsad
va vazifalarini nazariy jihatdan bilishlari hamda uni oilada tatbiq etish uchun amaliy ko‘nikmalarga ega
bo‘lishlari zarur.
Bugungi kunda sog‘lom turmush haqidagi oilalarning savodxonlik darajasini tahlil qilib, uni –
sog‘lom turmushni to‘liq, o‘rtacha, past darajada, tushunadigan; befarq bo‘lgan; tushunmaydigan va
Do'stlaringiz bilan baham: |