Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet135/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
102 
Shuning uchun ayrim ota-onalarda farzand tarbiyasiga oid bilimlaridagi kamchiliklarni, ya’ni 
farzandlariga nisbatan destruktiv munosabatni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish bola shaxsining 
emotsional (hissiy), kognitiv (bilish) va konitiv (xulq-atvor) jihatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirish 
imkoniyatini yaratadi [11; 7]. 
Umuman olganda, yurtimizda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, 
bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar 
tahsinga sazovor. Ushbu yo‘nalishda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, 
zamonaviy tashxis usullarini joriy etish, ayollar, bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi kasalliklarning oldini olish 
va ularni davolashga doir ishlar ko‘lamini kengaytirishda dasturulamal bo‘lmoqda. Xalqimizda “kasallikni 
davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal” degan naql mavjud. Sog‘lom ota-onadan – sog‘lom 
farzandlar dunyoga keladi. Qonuniy nikoh orqali vujudga kelgan otalik va onalikdan jamiyat, davlat va 
oilalar ham manfaat topadi, ular oldiga barkamol va sog‘lom avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa 
qo‘yilgan.
Mamlakatimizda sodir bo‘layotgan muhim o‘zgarishlar jarayonidagi yoshlarning ishtirokini 
faollashtirmoq uchun, eng avvalo, ularning ongida tub sifatiy o‘zgarishni yuzaga keltirish zarur. Chunki, 
yoshlarning tafakkur doirasi kengayib borgani sayin, ular jamoada, oilada o‘zining tutgan o‘rnini yanada 
aniqroq his eta boshlaydi. Oila va jamiyatda o‘zaro hissiy moslik, ruhiy xotirjamlik va iliq do‘stona muhitni 
shakllantirish, tarbiya tizimida pedagoglar va ota-onalarning bir xilda talabchan bo‘lishi, bolani mehnat 
qilishga, sog‘lom raqobatga kirishishga o‘rgatish – yoshlarda mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini 
rivojlantirishga olib keladi. 
Aksincha, notinchlik va ziddiyatli holatlarni boshidan kechirgan oila farzandlariga tibbiy, 
psixologik va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ularning to‘laqonli ta’lim-tarbiya olishi va muayyan kasb-
hunarning egasi bo‘lishlari uchun oila-mahalla- ta’lim muassasalarida qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab 
chiqilishi lozim. Chunki, ota-onalar o‘rtasida muttasil davom etadigan nizolarning mavjudligi 
farzandlarning jinoyat yo‘liga kirishiga turtki bo‘layotgani kuzatilmoqda. Notinchlik va behalovatlik oila 
a’zolarining turli salbiy ta’sirlarga, yengil-yelpi yo‘llarga berilib ketish ehtimolini oshirmoqda. 
Zararli odatlar va ularning inson hayotiga ta’siri haqida yoshlarga tushuncha berish jarayonida quyidagi asosiy 
masalalarga e’tibor qaratish zarur:

zararli odatlar (chekish, spirtli ichimlik iste’mol qilish, giyohvandlik)ning ro‘y berishi va avj olishi;

sog‘lom organizmni narkotiklarga javob reaksiyasi, giyohvandlikning rivojlanish bosqichlari;

zararli odatlarga berilishning oldini olish bo‘yicha ogohlik talablari va salomatlikka qarshi xavflarni sezish; 

giyohvand shaxsning jismoniy va psixik jihatdan tubanlikka yuz tutishi, profilaktika ishlari, sanitariya 
xizmati, salbiy xususiyatlarni bartaraf qilish uchun tadbir va muhokamalar o‘tkazish. 
O‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lig‘i va turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning oldini olish 
maqsadida ta’lim muassasalari va tibbiyot xodimlarining hamkorligi muhimdir. Sog‘lom turmush tarzining asosiy 
komponentlarini bilish, uni amalga oshirish kompetensiyalarga ega bo‘lish zarur. Buning uchun ta’lim muassasalaridagi 
tarbiyaviy soatlarda “Sog‘lom turmush tarzi” to‘g‘risida ma’lumotlar berilishi zarur. Shu bilan birga, mutaxassislar 
ishtirokida, ya’ni huquqshunoslar, psixologlar, narkodispanser xodimlari hamkorligida OITS va narkotik moddalarning 
inson hayotiga zararlari to‘g‘risida tushuncha berish, videofilmlar ko‘rsatish, ma’ruza, davra suhbarlarini tashkil etish, 
kutubxonalarda, sinf xonalarida shu mavzuga oid ko‘rgazmapar tashkil etish ijobiy natijalar garovidir. 
Ta’lim muassasalari va mahallalarda giyohvandlik moddalarni iste’mol qilishga moyil oilalarni aniqlash, 
o‘rganish (so‘rov varaqalari, testlar vositasida) va ularga profilaktik yordam ko‘rsatish orqali jamiyatdagi bunday illatlarga 
qarshi kurashish mumkin. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish uchun turli to‘garaklar, sport seksiyalarini 
kengaytirish, ruhiy kamolotga erishishning yangi-yangi g‘oyalarini ishlab chiqish uchun o‘quv-uslubiy tavsiyanomalar 
yaratilishi maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy dunyodagi global tahdidlar va ularning oldini olishga oid kuchli 
strategiyalar ishlab chiqilishi va hayotga keng tatbiq etilishi ogoh yashashning kafolatidir. 
Xulosa qilib aytganda, sog‘lom turmush tarzini tashkil qilish – oilalar turmushini barqarorlashtirish 
mamlakat aholisi moddiy hayotini yuksaltirishning poydevoridir. Oila sog‘lom turmush tarzi, millat va 
jamiyat hayotini sog‘lomlashtirishning zaruriy sharti bo‘lmog‘i darkor.

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish