Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet133/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
100 
umuman amal qilmaydigan oilalarga ajratib tadqiq etish mumkin. Demak, sog‘lom turmush tarzini amalga 
oshiradigan ota-onalarning ma’lumotlari va tajribasi turlicha ekan. 
Oilada nafaqat jismonan, balki qalban, aqlan, fikran sog‘lom bolani tarbiyalab, voyaga etkazish 
kerak. Farzandimiz bardam-baquvvat bo‘lish bilan birga, sharqona axloq-odob doirasida tarbiya ko‘rgan 
bo‘lishi shart. Sog‘lomlik bo‘y bilan emas, o‘y bilan o‘lchanadi. G‘arb dunyosidan farqli ravishda 
farzandlarimiz o‘zlari bilan birga ota-onalari, oila a’zolari, qarindosh-urug‘lari, boshqa yaqin kishilari, 
jamiyat el-yurt va Vatan uchun yashaydi. Ma’naviy sog‘lom bolagina ota-onaga, oilaga, jamiyatga, yurtga 
tayanch bo‘ladi. 
Dastlab oilada shakllangan bunday ko‘nikmalar, keyinchalik maktabda, yanada rivojlanadi. 
Amaliy ko‘nikma va malakalar nazariy bilimlar bilan mustahkamlanadi. Jumladan, boshlang‘ich sinflarda 
o‘quvchilar “Atrofimizdagi olam” fanida umumiy biologik tushunchalarga ega bo‘lishadi. Inson organizmi 
tuzilishi, atrof muhitning ekologiyasi, o‘simlik va hayvonlar haqida umumiy tushunchalar shakllanadi [5]. 
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga oid ijobiy faktorlar: ratsional ovqatlanish, jismoniy 
madaniyat va sport bilan shug‘ullanish, uyqu me’yorini saqlash, atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda 
bo‘lish [6; 4]. Bunga qarama qarshi bo‘lgan faktorlar esa: alkogol, chekish, narkotika, emotsional va 
psixologik bosim, stresslar, ekologiyaning buzilish kiradi [6; 4].
Oilada sog‘lom turmushni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 

oila a’zolarining tartibli, sarishtali hayot kechirishi, shaxsiy gigiena va tibbiyotga amal qilishi, 
me’yorida sifatli oziqlanishi; 

oila a’zolarining jismoniy rivojlanishi, ta’lim-tarbiya olishi, jismoniy madaniyat bilan 
shug‘ullanishi va chiniqishi (ertalabki mashq va kechki sayr); 

oilaning iqtisodiy barqarorligini uzluksiz ta’minlash, ishlab chiqarishini doimiy tashkil etish 
(tomorqa, bog‘, chorva, dehqon, fermer xo‘jaligi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish); 

oila a’zolarining sigareta, nos chekmasligi, spirtli ichimlik va narkotik moddalarni iste’mol 
qilmasligi; 

ota-onalarning oilada sog‘lom turmush tarzini boshqarish haqidagi dunyoqarashini 
rivojlantirish, oila a’zolarida sog‘lom turmush haqidagi bilimlarni shakllantirish va tajribasini oshirish. 
Yuqoridagi omillarning barchasi oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qiladi. 
Sog‘lom turmushning barcha yo‘nalishlari o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘lib, biri-ikkinchisini to‘ldirib boradi. 
Masalan, oila a’zolari jismoniy mashq bilan shug‘ullanmasa yoki oila iqtisodiy barqaror bo‘lmasa, boshqa 
yo‘nalish va maqsadlar ham amalga oshishi qiyin. 
Oilaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash ota-onalardan katta mas’uliyat talab etadi. Buning 
uchun jismoniy salomatlik, teran fikrlash, tinimsiz mehnat talab etiladi. Iqtisodiy barqaror oilada sog‘lom 
turmush tarzini shakllantirish ham oson kechadi. Oilaning imkoniyatlari kengayib, munosib hayot kechirish 
ta’minlanadi, inson umr kurish davomiyligi oshadi. Mas’uliyatsiz ota-onalardan iborat oilalar bunday 
imkoniyatga ega bo‘lmay, oila parokandaligi yuzaga kela boshlaydi. Buning oqibatida oila ham, jamiyat 
ham zarar ko‘radi.
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, oila 
bola uchun eng muhim tarbiyaviy muhit bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun zarur hisoblangan xulq-
atvor, iroda, tasavvur, dunyoqarash shakllanadi [9; 256] . 
Oilada sog‘lom turmush tarzini amalga oshirish uchun ota-onalarning oiladagi sa’y-harakatini 
tashkil qilish haqida pedagog Abdulla Avloniy “Sihatimiz, saodatimiz, sarbatimiz, sabrimiz, qanoatimiz al-
hosil butun hayotimiz harakatlarimizga bog‘liqdir. Harakatli odamlar tezgina maqsadlariga yeturlar. 
Yalqov kishilar barcha ne’matlardan mahrum bo‘lib, xorlikda qolurlar” [4; 5] deb ta’kidlagan edi. 
Olimat-ul-Banotning “Muosharat odobi” asarida ham sog‘lom turmush tarzini shakllantirish 
xususida ibratli fikrlar keltirilgan. Jumladan, “Ota-onalar qo‘lida bolalar aziz omonatlardir. Shuning uchun 
bularni go‘zal tarbiya etmoq, yaxshi xulqlarga o‘rgatmoq va ko‘rkam odatlarni tushuntirmoq lozim bo‘ladi. 
Tarbiya ila bir bolani oltin etmoqlik mumkin, tuproq qilmoq ham mumkin. Bularning har ikkisiga ota-
onalari sabab bo‘ladilar” [8; 18].
Oilada sog‘lom turmushni ta’minlash uchun ota-onalarning sa’y- harakatlarini to‘g‘ri tashkil qilish 
amaliy ahamiyatga ega. Buning uchun olib boriladigan faoliyatni ikki yo‘nalishda tashkil etish mumkin:
Birinchi yo‘nalish
– ota-onalarning oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish haqidagi 
bilimlarini kengaytirish;
Ikkinchi yo‘nalish
– ota-onalarda shakllantirilgan bilimlar zahirasini oila sharoitida tatbiq qilishga 
o‘rgatishdir. 
Bularni yo‘lga qo‘yish mushkul bo‘lsa-da, lekin bugungi tahlikali dunyoda mafkuraviy 
jarayonlarning globallashuvi, turli tajovuzlarning ortib borishi uni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Ota-



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish