ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son
95
so‘ng butun dunyo mutaxassislarida nihoyatda katta qiziqish tug‘dirgan industrializatsiya hodisasini
o‘rganishga qaratilgan. Natijada sanoat inqilobini birinchi bo‘lib boshidan kechirgan ilk mamalakat –
Britaniyaga alohida e'tibor qaratildi [5]. O‘z davrida Karl Lotus Bekker (1873-1948) tarixga tashqi
dunyoning bir qismi va tarixiy faktlarni haqiqiy voqealar deb o‘ylash odatidan voz kechishga
chaqirgan. Amerika zaminida relyativizm prezentizm sifatida namoyon bo‘ladi, uning boshlang‘ich
tamoyili o‘tmishni bugungi kun mahsuli – o‘tmish bugungi kunning proeksiyasi, tasavvurdagi obraz,
reallikda tadqiqotchidan mustaqil tayanchi yo‘q deb tan olishdan iborat bo‘lgan. Ushbu holatni
rivojlantirib, Charlz Ostin Bird (1874-1948), 1930-yillarda Amerika tarixshunosligi yetakchi
maktablaridan birining rahbari, Krochening tarix - «o‘tmish to‘g‘risidagi hozirgi zamon fikri» degan
ta'kidini dalil qiladi. 1933-yildagi o‘zining mashhur Amerika tarixiy assotsiatsiyasiga murojaatida
(uning yangi saylangan prezidenti sifatida) Bird, jumladan, shunday deydi: «Tarix voqelik, hujjat yoki
maxsus bilim emas, balki fikrdir – “tarix” atamasi eng keng va umumiy ma'noda real tarzda aynan
shuni anglatadi». Uning tomonidan, tarixchining faktlar va tadqiqot konsepsiyalarini erkin tanlashga
asoslangan, tarixiy bilimning ishonch sifatidagi subyektiv tabiati haqidagi tasavvur rivojlantirildi:
tarixchi kuchlari cheklanganligi sababli, yangi va eng yangi davrning biror hodisasi to‘g‘risidagi
barcha faktlardan foydalana olmaydi va ularni tadqiqot uchun hayot shart-sharoitlari va o‘zining tabiiy
fazilatlariga yarasha, subyektiv ravishda tanlaydi.
Aniq tarixiy tadqiqot amaliyotida natijalarning nisbiy ishonchliligi uning xulosalari orqali
taqdim etilgan konsepsiyaning gipotetik asoslariga mosligi bilan aniqlangan. Albatta, tarixning fan
sifatida mustaqilligi va o‘zining ilmiy instrumentariyisi (apparatini) rivojlantirish uchun o‘z o‘zidan
relyativizmni «payvand» qilish zarur edi, lekin tarixning bilish imkoniyatlarini bunchalik qat'iy
(tubdan) qayta ko‘rib chiqilishi o‘z ilmiy mavqeni yo‘qotish xavfini tug‘dirar edi. Tarixning har
qanday talqin qilish imkoniyatlari e'tirof etildi: har bir inson o‘zi uchun o‘zi tarixchi, deb ta'kidlagan
edi Bekker maqolalaridan birining sarlavhasida. Biroq tarixiy bilimning obyektiv xarakteri
to‘g‘risidagi tasavvurni inkor qilganlar professional, manbalar tanqidiga asoslangan, asarlarni tan
olardilar, demak, amalda tarixning pozitivistik metodologiyasini butunlay yoki deyarli butunlay e'tirof
etardilar. O‘rtamiyona relyativizm, tarixiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlari va uning subyektiv
tomonini ta'kidlab, prezentizmdan farqli o‘laroq, kengroq metodologik bazaga ega bo‘lgan va sintetik
konsepsiyalarni qurish bilan bog‘liq urinishlarida o‘z aksini topdi. Birinchi jahon urushi va Oktyabr
inqilobi oqibatida yuzaga kelgan yangi tarixiy reallikni va, bunga mos ravishda, tarixiy fan o‘rni va
vazifalarini anglash ilk tajribasi yirik Rossiyalik olim Robert Yurevich Vipperga (1859-1954) tegishli,
u odat bo‘lib qolgan narsalar tartibining buzilishi bilan tavsiflanuvchi g‘arb madaniyatining teran
inqirozini boshdan kechirilayotgan davrning bevosita oqibati deb hisoblagan. Bu tarixiy tasavvurlar
butun tizimini tubdan ko‘rib chiqishga muqarrar ravishda olib borardi, buning mohiyatini Vipper tarix
fani predmetining o‘zini qayta anglash zaruriyatida ko‘rdi [6]. Shunday qilib urush va inqilob yillarida
orttirilgan tajriba tarix to‘g‘risdagi tasavvurni tubdan o‘zgartirib yubordi va voqealar, shaxslar,
g‘oyalarning muhim ahamiyatini ko‘rsatib berdi. Alohida olingan ham materialistik, ham idealistik
yondashuvlarning yetarli emasligini, birtaraflamaligini tan olgan Vipper, shunga qaramasdan, aynan
oxirgisi yangi avlod odamlari talablariga javob berish kerakligini qat'iy asoslashga uringan. Boshqa
rossiyalik olim A. S. Lappo-Danilevskiy, “Tarix metodologiyasi” katta ko‘lamli sistematik kursining
yaratuvchisi, bilish jarayonida subyekt rolini, o‘rnatilayotgan ilmiy faktning tadqiq qilish shart-
sharoitlariga bog‘liqligini, tadqiqot obyekti va tarixchi uchun hozirgi davrni ajratuvchi vaqt davomida
shakllangan qarashlar va qadriyatlarga oid tadqiqotlar rolini ta'kidlab, tarixiy bilimning sintez qiluvchi
xarakterini himoya qilgan.
Mashhur rus tarixchisi va faylasufi Lev Platonovich Karsavinning (1882-1952) tarixning
umumiy, tizimli konsepsiyasida insoniyat tarixini o‘rganishga individuallashtiruvchi va
umumlashtiruvchi yondashuvlarni bir-biriga qarshi qo‘yish inkor qilingan, chunki har qanday
individuallik muayyan bir butunlikning (yaxlitlikning) mutlaq ifodasi sifatida idrok etilgan. Karsavin
taraqqiyot (progress) g‘oyasi rivojlanish jarayonining ziddiyatliligi hisobga olmaydi va ham o‘tmishni,
ham hozirgi davrning haqiqiy tushunilishi yo‘lini to‘sib, tarixni qadrsizlantiradi, deb hisoblagan. Tarix
predmetini u yagona va uzluksiz jarayonda ijtimoiy (ya'ni ijtimoiy, siyosiy, moddiy va ma'naviy-
madaniy) rivojlanuvchi insoniyat, uning hyech qaysi bir tomoni boshqa tomonlarni birgina ma'noda
belgab beruvchisi bo‘lishi mumkin emas, deb tavsiflagan. Karsavinning “Tarixga kirish: Tarix
nazariyasi” va “Tarix falsafasi” asarlaridagi tarixiy bilimlarni rivojlantirishga doir o‘ziga xos
Do'stlaringiz bilan baham: |