ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son
93
Hozirgi davrda tarixiy bilish va tarixiy bilim haqidagi ilmiy bilimlarning
chuqurlashib borishi
ularning mohiyati borasida turlicha talqinlarni keltirib chiqarmoqda. Mazkur holat turli fanlar
doirasida erishilgan ilmiy izlanishlar natijalariga tayangan holda, ushbu tushunchalar mazmuniga
aniqlik kiritish, ilmiy asoslangan ta'riflarini ishlab chiqishni taqozo qilmoqda
.
Jumladan, tarixiy bilim
deganda odatda o‘tmishdagi muayyan bir voqelikni tarixiy bilish jarayonida olingan, amaliyotda
tekshirilgan va mantiqan asoslangan natijasi, mazkur voqelikning inson ongida tasavvurlar,
tushunchalar, mulohazalar, nazariyalar sifatida aks ettirilishi tushuniladi.
Chunki har qanday xalqning
o‘z tarixi haqidagi bilimlari, xulosa va baholari o‘zga xalqlar tarixi haqidagi tasavvurlaridan, ularni
o‘rganish, qiyoslashdan tashqarida shakllanadi. Bizning nazarimizda tarixiy bilim turli xalq, millat va
elatlarning tarixi, asrlar davomida to‘plagan tajribasi, yuksak bilim va tasavvurlari asosida shakllangan
qadriyatlari, moddiy va ma'naviy madaniyatida aks etadi. Bu esa uning tarixiy bilishning o‘ziga xos
mahsuli sifatida qarash imkonini beradi.
Shuningdek, u tarix ko‘zgusi sifatida o‘tmish bilimlarini
namoyon qiladi, ya'ni to‘plangan bilimlarni kelgusi avlod uchun mustahkamlash, saqlash va yetkazib
berish vositasi ham hisoblanadi.
Tarixiy bilimning pozitivistik epistemologik asoslarini qayta ko‘rib chiqish relyativizm va
prezentizm bayrog‘i ostida amalga oshgan. Pozitivizmning eng nufuzli va izchil tanqidchilari XX
asrning mashhur faylasuf olimlari B.Kroche va R.Dj.Kollingvudlar bo‘lgan,
ular Gegel ketidan tarixiy
jarayonni ruhning rivojlanishi tarixi sifatida tasavvur qilganlar. Ular tarix tabiatdan farqli o‘laroq
tadqiqotchi ongida obyektiv ravishda aks etishi mumkin emas [1], deb ta'kidlaganlar. Tabiat va
tarixning faktlari aynan bir xil manoga ega faktlar emas. Tabiat faktlari bu olim tomonidan ko‘z bilan
ilg‘ab, idrok etiladigan yoki laboratoriyada qayta ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan narsa xalos.
Tarix faktlari rolini o‘tmishda sodir bo‘lgan voqealar va hozirda mavjud bo‘lmagan shart-sharoitlar
o‘ynaydi. Ular bevosita idrok etilmaydigan bo‘lgandan so‘nggina tarixiy fikrning obyektiga aylanadi.
«Tarix» atamasi nazariy bilimga qarama-qarshi o‘laroq, bevosita kuzatuvlarda to‘plangan yoki
kurganlarning guvohliklaridan
va hujjatlardan olingan, shuningdek, bayon etilgan voqea va dalillardan
iborat har qanday empirik bilimni bildiradi. Tarixchi ixtiyorida faqat hujjatlar yoki
boshqa qadimgi
narsalar, o‘tmish qoldiqlari, ulardan u qandaydir yo‘l bilan faktlarni tiklashi lozim. Tarixiy bilishning
o‘ziga xos xususiyati ana shundan iborat, ayni paytda bilishni hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan va bir-
biriga qarshi turgan subyekt va obyekt o‘rtasidagi bevosita munosabat sifatida tushungan barcha bilish
nazariyalari tarixni fan sifatida mumkin bo‘lmagan narsaga (yo‘qqa) chiqarmoqdalar. Biroq, «tarixiy
bilish nazariyasi umumiy ma'no doirasida», R.Kollingvudning iborasiga ko‘ra, o‘zining haqiqat
mezonlarini taklif qiladi, ya'ni – tarixchi mulohazalarining uning uchun nufuzli olimlarning
xulosalariga mosligini tekshirish alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur tamoyillar o‘rtasida
manbalar
tanqidini amalga oshirib bo‘lmaydigan ishonchlilik yangi mezonini izlash muhim metodologik
ahamiyat kasb etadi.
Italiyalik tarixchi va faylasuf Benedetto Kroche (1866-1952) o‘zining ilk tadqiqotlarini
pozitivist sifatida boshlagan. Biroq pozitivizmga xos bo‘lgan tarixga nisbatan “na inson, na inson
tarixi uchun” o‘rin qoldirmaydigan naturalistik yondashuvning cheklanganligini tezda payqab,
tadqiqotchi voqealar yilnomasi sifatidagi emas, balki “his-tuyg‘ular va ma'naviy hayot tarixi”
sifatidagi milliy tarixnining yaratilishi zaruriyatini anglab yetadi. Krochening falsafiy qarashlari
murakkab evolyutsiyani bosib o‘tadi. Birini-ketin neokantchilik va marksizmning ta'sirini boshdan
kechirib, u, nihoyat, Gegelning “mutlaq ruh” falsafasiga yetib keladi. Kroche “mutlaq tarixiylik” deb
nom bergan o‘z tarixiy bilish metodologiyasining asosiy nazariy holatlarini “Tarixshunoslik nazariyasi
va tarixi” (1915) nomli asarida bayon qiladi [2].
B.Kroche har bir xalqning ma'naviy rivojlanishidagi vorisiylik, uzluksizlikning
aniqlashga
harakat qilgan, tarixni o‘tmish bilan hozirgi zamonning uyg‘un aloqasi sifatida talqin qilgan. Viko va
romantizm tarixshunoslikka yaqin bo‘lgan uning konsepsiyasining asosiy shavqi (pafos) o‘z axloqiy,
qadriyatlarga oid ko‘rsatmalriga mos ravishda tarixni yaratuvchi faol shaxsnining ham tarixiy
rivojlanish jarayonidagi, ham bilish jarayonidagi rolini e'tirof etishga qaratilgan.
“Mutlaq tarixiylik”ning asosiy holatlaridan biri – tarixning zamonaviyligi to‘g‘risidagi tezisdir:
har qanday haqiqiy tarix har vaqt zamonaviydir, chunki biz ayni paytda bilishimiz zarur bo‘lgan
tarixni o‘rganamiz. Tarixiy ong harakatning zaruriy dastlabki sharti sifatida oldinga chiqadi, Kroche
konsepsiyasidagi tarixning bosh yaratuvchisi esa erkin, fikrlovchi individdir, u o‘z harakatlarida ham
muayyan ijtimoiy qadriyatlar va ko‘rsatmalar majmuiga, ham odamlar anglab yetolmaydigan Xudo
irodasiga tayanadi. Tarixning yaratuvchi individ o‘tmishni hozirgi zamonda boshdan
kechirishga va