Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son 
96 
yondashuvlari zamondoshlari tomonidan lozim darajada baholanmagan, ular mamlakat tarix-
shunoslariga faqat XX asrning oxirlarida kerak bo‘lgan [7].
Atoqli britaniyalik tarixchi va faylasuf Robin Djordj Kollingvud (1888-1943) tarixiy bilim 
predmetini «res gestae-odamlarning o‘tmishda sodir etgan harakatlari» sifatida belgilagan. Tarixiy 
faktni harakat qiluvchi shaxs fikrlarining tarixchi ongida boshqacha shaklda ifodalanishi, deb tasavvur 
qilib, isbotlash va mulohaza yuritish tavsifiga katta e'tibor qaratgan. Kollingvud fikriga ko‘ra, aniq 
fanlarda bilimni tashkil qilishning boshlang‘ich nuqtasi taxminlar bo‘ladi, tarixda – faktlar. Tarixiy 
usul “alohida-alohida ko‘rinishda hujjatlar deb nomlanuvchi” faktik ma'lumotlarni talqin qilishdan 
iborat. Tarixiy bilish na nufuzli shaxslar, na xotiraga bog‘liq emas. Kollingvud tarixchi u to‘g‘rida 
guvohliklar yo‘q bo‘lib ketganligi natijasida butunlay unutib yuborilgan narsani qayta kashf etishi 
mumkin: shuningdek u undan avval hech kim bilmagan biron narsani ham ochishi mumkin, deb 
ta'kidlagan. Olim manbalardan olingan mulohazalar orasidagi boshqa u taxmin qilgan mulohazalarni 
interpolyatsiya (lot. qayta ishlash, ta'mirlash – mat.-ma'lum kattaliklar oralig‘idagi noma'lum 
kattalikning qiymatlarni topish) qiladi. Biroq bu interpolyatsiya ixtiyoriy emas, bu boshqa turdagi 
konstruksiya, uning tarkibiga mavjud ma'lumotlardan zaruryat bilan kelib chiqmaydigan hech narsa 
kiritilmaydi. 
Kollingvud professional (kasbiy) tarixning tamoyillarini quyidagicha ta'riflab berdi: «Tarixchi 
o‘zining faniga tegishli usullar yordamida uning oldida ish jarayonida gavdalanadigan har qanday 
dasturning to‘g‘ri yechimi to‘g‘risida o‘z hukmiga ega bo‘lishga huquqli va majbur». Boshqacha 
aytganda, tarixchi har doim ilgari o‘rganilgan faktlarni yangitdan tadqiq qiladi. Uning xulosalari, 
fizikning umumiy ahamiyatga ega xulosalaridan farqli o‘laroq, - har doim shaxsiy kechinma va 
mulohazadir.
O‘tmishning har qanday hodisasini tadqiq qilganda tarixchi mazkur hodisaning tashqi va ichki 
deb atash mumkin bo‘lgan tomonlarni farqlaydi, deb ta'kidlaydi Kollingvud. Hodisaning tashqi tomoni 
deganda u jismlar va ularning harakatiga tegish atamalar orqali tavsiflanishi mumkin bo‘lgan barcha 
narsani nazarda tutadi: Sezarning muayyan odamlar bilan birga muayyan vaqtda Rubikon nomli 
daryodan o‘tishi yoki boshqa vaqtda senat binosi polidagi uning qoni tomchilari. Hodisaning ichki 
tomoni deganda faqat fikr kategoriyalari bilan tavsiflanishi mumkin bo‘lgan narsalarni tushungan: 
Sezarning Respublika qonunlarga qilgan da'vati yoki uning konstitutsion siyosatining uning qotillari 
siyosati bilan to‘qnashuvi. Kollingvud tarixchining ishi hodisalarning tashqi tomonini aniqlashdan 
boshlanishi mumkin, lekin hech qachon bu bilan tugallanmaydi, deb ta'kidlaydi: «U har doim shuni 
esda tutishi kerakki, hodisa - harakat bo‘lgan, va uning asosiy vazifasi - mazkur harakatga xayolan 
kirib borish, buning maqsadi esa ushbu harakatni sodir etganning fikrlarini bilishdan iborat...»".
Tarixchi, hodisalar sabablari va qonunlarini o‘rganish bilan shug‘ullanganda tabiatshunos 
olimga taqlid qilishga majbur emas va buni qila olmasligini isbotlab, Kollingvud ta'kidlaydiki, bu 
tarixiy hodisalarni tavsiflashda “sabab” atamasi mutlaqo noo‘rin degani emas; bu mazkur atama bu 
yerda alohida ma'noda ishlatilishidan dalolat beradi. Tarixchi: «Nima uchun Brut Sezarni o‘ldirdi?» 
deb so‘raganda, uning savoli quyidagi ma'noni bildiradi: «Sezarni o‘ldirish to‘g‘risidagi qarorni qabul 
qilishga majbur qilgan Brutning fikrlari qanday edi?» Tarixchi uchun hodisaning sababi - ushbu 
hodisani yuzaga keltirgan harakatlarni sodir etgan odamning fikrlariga aynan. 
Kollingvud tarix insoniyat o‘zini o‘zi bilishi uchun kerak deb yozgan: «O‘zini o‘zi bilish siz 
nimalar qilishga qodir ekanligingizni bilishdir, lekin harakat qilmasdan turib buni hech kim bila 
olmasligi uchun, inson nima qila olishi to‘g‘risidagi savolga javobning bitta-yu bitta kaliti uning 
o‘tmishdagi harakatlarida yotadi. Tarixning qadri shuning uchun u tufayli biz inson nimalar qilganini 
va, demak, u kim ekanligini bilib olishimizdan iborat». Kollingvud ilmiy bo‘lmagan «qaychi va yelim 
tarixini» va «ilmiy tarixni» bir-biriga qarshi qo‘yadi. Birinchisi, uning fikriga ko‘ra, mavjud 
guvohliklarni tanlab olish va kombinatsiyalashdan iborat bo‘lib, tugab borayotgan antik davr va o‘rta 
asrlarga xos bo‘lgan. XVII asrdan boshlab tanqidiy tarix tarqaladi, uning asosida manbalar 
ma'lumotlarining ishonchliligini aniqlashga intilish yotganligini ko‘rgan Kollingvud, uni bor yo‘g‘i 
«qaychi va yelim tarixining» bir ko‘rinishi deb hisoblagan. XIX asrda manbalar ishonchlilik darajasi, 
xuddi shuningdek shubhasiz, qiziqish tug‘dirgan, lekin «ilmiy tarix» doirasida tadqiqotchi manbalarni 
tahlil qilib, ulardan nimalar topmoqchi ekanligini to‘g‘risidagi savolni hal qilish tashabbusini o‘ziga 
o‘zi yuklaydi. Agar «qaychi va yelim tarixchisi» manbalarni, ular tarkibida kitobxonga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri so‘zlab bergan narsadan boshqa hech narsa yo‘q degan taxmindan kelib chiqib, o‘qisa, «ilmiy 
tarixchi» manbalardan shunday ma'lumotlar oladiki, ular sirtdan qaraganda butunlay boshqa narsa 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish