ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son
97
to‘g‘risida so‘zlaydi, aslida esa u qo‘ygan savolga javob beradi. Olim tarixchining o‘rganilayotgan
davr kontekstiga kirish intilishiga asoslangan tarixiy talqin tamoyillarini ishlab chiqqan.
Kollingvud birinchi bo‘lib «tarixiy fikrning ikkinchi o‘lchovi», yoki «tarixning tarixi»
to‘g‘risidagi asosiy masalani yoyiq shaklda qo‘yyadi. Tarixiy tasavvur maqsadi va uning amaliyoti
o‘rtasidagi tafovut to‘g‘risida mulohaza yuritib, yozadi: «Umuman olganda xuddi shunday har qanday
harakatning maqsadi tarixiy o‘tmish to‘g‘risida mantiqiy xulosani qurish uchun dastlabki material
sifatida bu-yerda-va-hozir idrok etilayotgan butun majmuidan foydalanishdan iborat, tarixiy
o‘tmishning rivojlanishi uning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Biroq amaliyotda bu maqsadga erishish
mumkin emas. Bu-yerda-va-hozir idrok etilayotgan narsa o‘zining butun yaxlitligida idrok etilishi va
buning ustiga tushuntirib berilishi mumkin emas, cheksiz o‘tmishni esa to‘laligicha hech qachon
tushunib, fahmlab bo‘lmaydi. Bundan tashqari tarixiy tadqiqotning manbalari bazasi, usullarida
nazariy apparatidagi to‘xtovsiz o‘zgarishlar tufayli hech qanday natija qat'iy, (uzil-kesil) bo‘lmaydi.
«Har bir yangi avlod tarixni o‘zicha qayta yozib chiqishi kerak, har bir yangi tarixchini esa eski
savollarga yangi javob berish qanoatlantirmaydi: u savollarning o‘zini ham qayta ko‘rib chiqishi
lozim.
Tarix – ikki marta kirib bo‘lmaydigan oqib turgan suv bo‘lganligi uchun, alohida tarixchi,
biron predmet ustida qandaydir vaqt ishlab kelib, eski muammoga qaytmoqchi bo‘lganda,
muammoning o‘zi o‘zgarganini ko‘radi». Va, Kollipgvudning o‘zi ta'kidlaganidek, bularning hammasi
tarixiy skeptitsizm foydasiga dalil bo‘la olmaydi. Bu tarixiy-tarixshunoslikka oid tadqiqotning eng
muhim tamoyilining ajoyib asoslab berilishidir: har bir tadqiqotchi tarixiy jarayonda o‘z o‘rniga ega
va mazkur tarixiy jarayonga faqat hozirgi vaqtda o‘zi amal qilayotgan nuqtayi nazardan qarashi
mumkin.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, tarixiy bilimni o‘rganishga doir yondashuvlar moziy
tajribasini o‘tmishdan kelajakka yetkazishga xizmat qiladi. Ularga zarar yetkazish yoki yo‘qotishga
urinish millat tarixining inqirozga yuz tutishiga, bir yoqlama rivojiga, aksariyat hollarda obyektiv
bo‘lmagan bilimlar salmog‘ining oshishi orqali zaiflashuviga olib keladi. Shu nuqtayi nazardan
qaraganda, tarixiy bilish, birinchidan, o‘ziga xos usullar xos bo‘lgan olamni bilish usullaridan biri,
ikkinchidan, tarixiy o‘zgarishlar va qonuniyatlar to‘g‘risidagi ilmiy bilimning sohasi sifatida
ifodalanadi. Bu jarayonda tarixiy bilish o‘tmishni turli-tuman idrok qilish va baholashni aks
ettiruvchi g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar, his-tuyg‘ular, kayfiyatlar majmui sifatida ham namoyon
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |