ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son
99
Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan, 4000dan ziyod hisoblangan turli xil qadimiy ziyoratgohlar,
qadamjolar, tarixiy obidalar, majmualarning asosiy qismi, ya’ni, 2000dan ziyodi ta’mirlanib, qayta
qurildi, dam olish va ziyorat qilish maskanlariga aylantirildi. Demak, ushbu ishlarning muvaffaqiyatli
amalga oshirilishida kadrlar, quruvchilar, muhandislar, me’morlar, xalq ustalari, musavvirlar,
rassomlar, dizaynerlar va boshqa kasb-hunarlar egalari va ularning faoliyati muhim o‘rin tutadi.
Bu haqda mamlakatning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch” asarida shunday deyiladi: “Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rtmingdan
ziyod oddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob na’munasi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga
kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi” [2].
Albatta, barcha o‘zgarishlarning sifati, samaradorligi, suratini ta’minlashga to‘liq tegishli
mutaxassis kadrlar mas’ul bo‘ladilar, ular amalga oshiradilar.Natijalaridan xalq manfaatlari yuzasidan
samarali foydalanadilar. Shuning uchun amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan o‘zgarishlarga
mos holda barcha sohalardagi kadrlarni tayyorlash tuzilishini tubdan takomillashtirishni taqozo
etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarorida shunday deyiladi: “Oliy ta’lim
muassasasi o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin
hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xorijiy tajribalarni joriy etish, ayniqsa, istiqbolli
pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va
malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti”. “Oliy ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustivor vazifalar mos holda,
kadrlar tayyorlash tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasiga mos oily
ma’lumotli mutaxasislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish”, deb ko‘rsatiladi [1].
Ushbu iqtibosdan ko‘rinib turibdiki, hozirgi vaqtda 90dan ziyod oliy va ilmiy o‘quv
muassasalarida olib borilayotgan oliy ma’lumotli kadrlarni tayorlash tizimida tayyorlanayotgan
kadrlarning kasbiy mahoratlari jamiyatda, tabiatda, mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlarga mos tushmasdan qolmoqda.
Tasviriy va amaliy san’at o‘qituvchilari uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimining barcha bosqich-
larida, bo‘g‘inlarida, muassasalarida qizg‘in pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadigan pedagog
mutaxassislar hisoblanadi. Hozirgi davrda uzluksiz ta’lim-tarbiya muassasalarida quyidagicha tayanch
ma’lumotga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at o‘qituvchilari faoliyat ko‘rsatmoqda:
1.
Universitetlar va pedagogika institutlarining “Tasviriy san’at va chizmachilik fani
o‘qituvchilari” , “Tasviriy va amaliy san’at o‘qituvchisi”, “Tasviriy san’at va dizayn o‘qituvchisi” deb
nomlangan bo‘limlarini tugallagan yetakchi mutaxassis, o‘qituvchilar. Bunday o‘qituvchilarga o‘z
vaqtida (har 3-5 yilda) malaka oshirish kurslaridan o‘tib turishi tavsiya etiladi.
2.
Universitetlar va pedagogika institutlarining tasviriy san’atdan boshqa fakultetlarini, ta’lim
yo‘nalishlarini tugallagan, pedagog, ammo, tasviriy san’at uchun nomutaxassis hisoblangan
o‘qituvchilar. Bunday o‘qituvchilarga pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
hududiy va mintaqaviy markazlardagi mazkur o‘qituvchilarni qayta tayyorlash 4 oylik xo‘jalik
hisobidagi kurslardan o‘tishlari talab etiladi.
3.
Turli xil sohalar, mutaxassislik, texnika, texnologiya, oliy o‘quv yurtlarini, badiiy
akademiyalarni, oliy o‘quv kurslarini tugallagan muhandis mutaxassis, ammo, tasviriy va amaliy
san’atni o‘qitish uchun nomutaxassis, nopedagog hisoblangan kadrlar. Ularga ham mintaqaviy va
hududiy malaka oshirish markazlarida 4 oylik xo‘jalik hisobidagi qayta tayyorlash o‘quv kurslarida
o‘qib, tasviriy va amaliy san’atdan dars berish huquqini qo‘lga kiritganlaridan keyingina, ta’lim-
tarbiya muassasalarida ushbu fandan darslar ajratib berilishi mumkin.
4.
Tasviriy va amaliy san’atdan turli xil o‘rta maxsus, kasb-hunar va bilim yurtlarini, maxsus
san’at maktablarini, o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarining tasviriy va amaliy san’at
yo‘nalishlarini tugallagan o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar. Bularga oliy o‘quv yurtlarining tegishli
ta’lim yo‘nalishlaridagi maxsus va umumiy sirtqi, kechki fakultetlariga o‘qishga kirib, oliy pedagogik
ma’lumot olish tavsiya etiladi. Tasviriy va amaliy san’at o‘qituvchilari uzluksiz ta’lim tarbiya
tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘quvchi yoshlarga bolalarga dunyoni turli ranglarda, chiziqlarda,
shakllarda, naqshlarda tasvirlash, chizish, bo‘yash orqali tanitib boradilar. Ma’lumki, o‘quvchi
yoshlarda dunyoni bilish o‘yin, o‘quv, mehnat, faoliyatlarida, ko‘rish, eshitish, sezish, tafakkur qilish
kabi jarayonlarida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |