ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son
90
Роль возраста в достижений высоких результатов в спорте
Аннотация.
Современный уровень спортивных достижений
требует многолетние
тренировки, эффективных методов, привлечение парней и девушек к спорту. Эта статья о
важности возрастной особенности для получения лучших результатов.
Ключевые слова
: отбор, выбор, возрастная категория, спортивная подготовка,
олимпийское движение, направление.
The role of the age in achieving the high results in sport
Abstract.
The modern level of sport achievements require
many years of preparing system,
searching effective ways, draw the attention of girls and boys to go in for sport. This article is about
the importance of age for achieving best results.
Keywords:
choosing, selecting, age category, sport training, Olympian activity.
Hozirgi kunda sport natijalarining yuqori darajaga ko‘tarilishi sportchilar tayyorlashning ko‘p
yillik tizimining samarali shakllarini izlashni, yuqori malakali sportchilar qatorini to‘ldirib borish
uchun iqtidorli yigit va qizlarning sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilishni talab etmoqda.
Jahonda zamonaviy sportning natijalarining darajasi shu
qadar yuqoriki, ularga erishish uchun sportchi
kamyob marfologik xusisiyatlarga, jismoniy va psixologik majmua jihatlarining mutanosibligi kabi
talablarga javob berishi kerak, va ular albatta, rivojlanishning eng yuqori darajasida bo‘lishi lozim.
Bunday uyg‘unlik, ko‘p yillik tayyorlovni eng oqilona ravishda tuzulganiga va zarur sharoitlarning
barchasi yaratilganiga qaramasdan juda kam uchraydi. Shuning uchun oliy toifadagi sportchilarni
tayyorlash tizimining eng dolzarb masalasi sportchilarni saralash va yo‘naltirishdir.
Ma’lumki, sport natijlarining o‘sishi sport mashg‘ulotlari uslubiyati
va taktika harakatlari, texnik
vositalar taraqqiyoti va sportchilarining samarali reabilitatsiyasi shuningdek, ommaviylikni oshirish va
to‘g‘ri saralab olishga bog‘liq. Aksariyat masalalar yechimi muayyan qaraganda ijtimoiy, iqtisodiy va
tashkiliy yo‘nalishlar bilan belgilanadi. Sportda saralash – bu ilmiy tadqiqot va ilmiy izlanish
muammosidir.(6)
Bolalar va o‘smirlarda sport mashg‘ulotlariga qiziqish, sport ixtisosligini to‘g‘ri tanlash bilan
belgilanadi, bu esa o‘z navbatida sportdan o‘ziga xos individual xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Har bir o‘smir uchun sport faoliyatini tanlash – sport tanlovining asosiy vazifasidir. Sport turi tanlovlaridan
kelib chiqqan holda shug‘ullanuvchilarning eng layoqatlilarini tanlash – sportda
saralashining vazifasi
hisoblanadi.
U yoki bu sport turi bilan qachon mashg‘ulotlar boshlashga nisbatan bir necha qarama-qarshi
fikrlar mavjud. Bir tomondan, alohida sport turlarida “yosharish” kuzatilmoqda. Yigit va qizlar jahon
rekordlarini ortda qoldirib yangi yuqori natijalarni ko‘rsatishmoqda. Boshqa bir tomondan yirik
musobaqalarda faol ishtirok etadigan “keksa” sportchilar soni ancha oshdi.
Bolalik va o‘smirlikda erishilgan sport natijalari voyaga yetganda yuqori
natijalarga erishishga
asos bo‘la olmaydi. Yosh sportchi “vunderkindlar” (o‘ta qobiliyatli dono, zukko, iste’dodli ) keyingi
yillarda ko‘rinmay qoldi. Erta sportga ixtisoslashish zarurmi? Mutaxasislar bu borada tadqiqotlar natijasida
turli guruhlarga bo‘linishdi. Ularning bir qismi o‘smirlar yuqori natijalarga erishishi uchun kattalardek
ixtisoslashtirilishi kerak deb hisoblashsa, boshqalari maxsus ko‘nikmalarni egallab, sport ixtisosligiga
shoshmaslik zarur deyishadi; boshqalar esa erta sport ixtisosligi zaruriyatini qat’iyan rad etishadi. Lekin
ularning barchasi bir fikrda: tayyorgarlik davrida yuklamalarni maksimal oshirish zarurligini ta’kidlashdi.
Ularni qachon va qanday tempda oshirish
masalasini hal qilish zarur, xolos.
Sportchilar ba’zan sport bilan erta shug‘ullanishmasada yuqori natijaga muvaffaqiyatga erishishadi.
Masalan, rus olimpiyachi-suzuvchilarning barchasi 10 yoshdan ilgari suzish bilan shug‘ullanmagan (N.J.
Bulgakova,). Ba’zi mutaxasislarning fikricha, erta sport ixtisosligini bola harakat qobiliyatlari atigi 12-13
yoshlarga borib shakillanishi tufayli zarur hisoblanmaydi. Lekin qarama-qarshi fikrlar ham mavjud. 1948-
1968-yillar davomida olimpiya o‘yinlari sovrindorlari orasida atigi 40% 14 yoshdan so‘ng (15-19 yosh),
15% 5-9 yoshda, 45% esa 10-14 yoshlarda sport bilan shug‘ullanishni boshlashgan.
Katta sportda ular iqtidorlarni yo‘qotmaslik uchun A.A.Gujalovskiy (1976) mashg‘ulotlar boshlash
uchun quyidagi yosh muddatlarini tavsiya qiladi (albatta, shartli ravishda): murakkab kordinatsiyali sport
turlari (sport va badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash va b.) 6-7 yosh atrofida; “chidamlilik’ni
talab
qiluvchi sport turlari (suzish, voleybol, tennis va b.) 8-12 yosh; og‘ir atletika, kurash, boks bilan13-14
yoshdan so‘ng shug‘ullanishi mumkin.