Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Информатизация образования и тенденции к применению ИКТ



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

Информатизация образования и тенденции к применению ИКТ 
Аннотация
. Информатизация образования имеет динамический характер и служить 
фактором сближения теории и производства. По данному направлению разработаны много 
теории, их применение в практику требует осмысления сипецифики специальности. 
Ключевые слова

компетенция, информация, профессиональная среда, модернизация, 
социальный заказ, методический аспект, технический аспект.
Informatization of education and trends in the application of IT 
Abstract. 
Informatization of education has a dynamic nature and serves as a tool for the 
approximation of theory and production. In this area, a lot of theories have been developed, their use 
for armaments requires understanding the specialty.
 
Keywords: 
competence, information, professional environment, modernization, social order, 
methodical aspect, technical aspect.
 
Jamiyat galdagi taraqqiyot bosqichiga o‘tdi, bu bosqich jamiyat industrial va postindustrial 
jamiyat hayotidan, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy sohalariga axborot kommunikatsiya 
texnologiyalarining jadal kirib borishi bilan xarakterlanadi. Buning tashkiliy-texnik va ilmiy-uslubiy 
jihatlari mavjud bo‘lib, inson faoliyatini, shu jumladan ta’limiy faoliyatni modernizatsiyalashuviga 
olib keldi. Chunki AKT mikroprotsessorli hisoblash texnikasining bazasida amal qiluvchi dasturiy, 


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son 
87 
dasturiy-apparatli va texnik moslama hisoblanadi. Ta’lim jarayonida AKT axborotni jamlash
axborotga ishlov berish, axborotni saqlash va axborotni ta’limiy manbaga aylantirishda keng qo‘llash 
mumkin [4]. 
Ilmiy manbalarning tahlili asosida ta’kidlash mumkinki, ta’limning axborotlashuvi, AKT 
texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishning ilmiy masalalariga qaratilgan tadqiqotlarning 
asosida kechib, ta’limning axborotlashuvi deganda ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun ta’limiy 
vazifalarni bashirsh jarayonida qo‘llaniladigan axborot va kommunikativ texnologiyalarni nazarda 
tutish lozim. Ular ta’lim oluvchilarni nafaqat ma’rifiy, balki individual-shaxsiy va kasbiy 
rivojlanishini ta’minlashda, ta’limiy axborotlarni moddiylashtirishda pedagogik ahamiyat kasb etadi. 
M.Ovcharovaning yozishicha, “ta’limning axborotlashuvining vazifalaridan biri, bugungi hayot 
sharoiti va jamiyatga moslashish qobiliyatiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat” [3]. Bu o‘z 
navbatida, oliy ta’lim tizimi oldida turli ixtisosliklar bo‘yicha tayyorlanadigan kadrlarni, AKT 
sohalaridan amaliy faoliyatda foydalana oladigan darajada tayyorlash vazifasini qo‘yadi. Ilmiy 
manbalarda, bu tayyorgarlikni AKT kompetensiyaga egalik qilish deb yuritiladi [2]. Agarda, kasbiy 
faoliyat sohasining barcha sohalarida AKTni keng darajada qo‘llash dinamikasi kuzatilayotganligini 
nazarga olsak, Internet servis tarmoqlarining ikkinchi avlodi – Web 2.0 dan ham foydalana bilish 
uchun bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari lozim. Shu sababli, oliy ta’lim muassasasini AKT 
parkini uzliksiz yangi dastur va qurilmalar bilan ta’minlab borish lozim. Masalan, SamDU AKT parki 
bugungi kunda 1355 ta kompyuterlar bilan ta’minlangan bo‘lib, barcha fakultetlarning talabalari jadval 
asosida yoki individual buyurtma shaklida mustaqil tarzda foydalanishlari yo‘lga qo‘yilgan. Mustaqil 
tarzda AKT kompetensiyalarini rivojlantiruvchi talabalarning soni 23% oshib, zal muhandislari va 
metodistlariga AKT kompetensiyaga daxldor bo‘lgan savollar bilan murojaat etish soni ham ortib 
bormoqda. Savollarning ortib borishini ikkita sabab bilan izohlash mumkin. Birinchisi, ta’lim 
jarayonida dastur va reja asosida yetkaziladigan ma’lumotlar zamonaviy emasligini yoki AKT 
savodxonligi va kasbiy amaliyot orasida tafovut borligini ko‘rsatadi. Uni bartaraf etish uchun AKT 
bozori va ishlab chiqarish jarayonini o‘rganib, aniqlangan ko‘rsatkichlar asosida ta’lim dasturini ishlab 
chiqish maqsadga muvofiqdir. Shu tariqa har yili yaratilayotgan kompyuter dasturlari ta’lim sifatini 
oshirishda qo‘llanilib, nazariy tadqiqotlarni ta’limga tadbiq etish ta’minlanadi. Natijada talabalarda 
AKT kompetensiyani shakllantirishning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanish bilan birga, nazariy 
bilim, ko‘nikma va malakaga doir muhim komponentlar tizimi to‘ldiriladi. Buning uchun, har bir fan 
o‘qituvchisi kasbiy faoliyatida AKT vositalaridan samarali foydalanishi kerak. Shunda, talabalarga 
AKT kompetensiyalarni shakllantirish va o‘qituvchilarda AKT kompetensiyalarini rivojlantirish 
dinamikasi ijobiy tomonga o‘zgaradi. V.Burmakina va I.Falina o‘quvchilarda AKT kompetensiyani 
shakllanishini o‘rganib, nazariyani amaliyotda qo‘llay olish uchun, yaratilgan sharoitlar kompeten-
siyani muhim komponentlarining shakllanishi va mustahkamlanishini ta’minlanishini ko‘rsatib o‘tgan 
[1]. Bu jarayon talaba va fan o‘qituvchilarida ham shu tarzda kechib, faqatgina rivojlanish mexanizmi 
ajralib turadi. Uni yanada ham aniq ifodalash uchun AKT kompetensiya va kompetentli kabi 
so‘zlarning nazariy pedagogik tahlilini amalga oshirish lozim bo‘ladi. 
Kompetensiya so‘zi lotin tilidan (competentia) olingan bo‘lib, ikki xil ma’noni anglatadi. 
Birinchi ma’nosi, biron bir vakillikning huquqi va ikkinchi ma’nosi biron bir masalaga doir bilim
tajribaga ega bo‘lishni anglatadi. Kompetenli (competentis)) kompetentga ega yoki qobiliyat sohibi 
degan ma’noni anglatadi. 
AKT kompetensiyasi uchta xususiy komponentlardan tarkib topgan bo‘lib, ular soha 
mutaxassisining yetakchi kasbiy sifati ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Bilish komponentlari, kasbiy nazariy bilimlarni, AKT mohiyati va funksional 
xarakteristikasini anglashni ta’minlab, AKT bozorida kechayotgan jarayonlarni hamda vujudga kelgan 
kasbiy muammolar tahlilini amalga oshirish uchun shart hisoblanadi. 
Ehtiyojiy-motivatsion komponent, AKT vositalariga doir ma’lumot va bilimlardan qoniqishni, 
kasbiy faoliyatda uni qo‘llash mehnat samaradorligini oshirish uchun xizmat qilishini ifoda etish 
uchun shart hisoblanadi. Bu jarayonda motiv, AKTga doir yangi bilimlarni o‘zlashtirishda rag‘bat 
(stimul) ko‘rinishida ishtirok etib, kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan munosabat xarakterini 
shakllantiradi. 
Shaxsiy-refleksiv (protsessual) komponent – kasbiy funksiyalarni bajarishda, foydalanadigan 
dasturni tanlay bilish va ularni qo‘llay olishda, qabul qilinadigan individual qarorlar mazmunini 
ta’minlaydi. AKT kompetentlik ta’lim sifatini ta’minlashning vositasi sifatida amal qilishini 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish