ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son
88
ta’minlashga erishishda o‘ziga xos tendensiyalar kuzatilmoqdaki, ularni alternativ tendensiyalar
tarzida belgilash mumkin. Bular:
-
birinchi tendensiya,
idrok bilan bog‘liq bo‘lib, vertual reallikni tasvirlab berish uchun
ta’limiy manbalar oqimini aniq mavzu (predmet) bo‘yicha tizimlashtirilgan, ixchamlashtirilgan
ko‘rinishda ta’lim oluvchilarga yetkazishni ta’minlab beradi. Bu o‘z navbatida, ta’lim oluvchining
idroklash jarayonini faollashtirib, uzatilayotgan ma’lumotlarni o‘zlashtirish tezligini oshiradi;
-
ikkinchi tendensiya,
ta’lim oluvchilarga
informatsiya vositasida ta’sir ko‘rsatish
samaradorligini oshirib, mashg‘ulot davomida uzatilayotgan yangi bilimlarni o‘zlashtirish
imkoniyatini oshiradi.
Shu sababli, ta’limiy faoliyat uchun ta’lim jarayonida talabalar, ijtimoiy tarmoqlardan faol
foydalanib, o‘quv mashqlarini bajarishda biron bir servisdan foydalanishlari lozim bo‘ladi. Buning
uchun, birinchi va ikkinchi kurs talabalarini Web 2.0 servisidan foydalanishga o‘rgatish lozim.
Agarda, pedagogik sharoit yetarlicha muhayyo etilgan bo‘lsa, o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim,
ko‘nikma va malaka maqsadli shakllantiriladi. Bu jarayonda talabalarning individual qobiliyati va
tahlilni amalga oshirishga bo‘lgan intilishi ta’lim faoliyatining samaraliligini belgilovchi indikator
hisoblanadi. Samaradorlik, ommaviy axborotlashuv, kommunikatsiya texnologiyalarini faoliyatning
turli sohalariga joriy etish natijasida vujudga kelgan ijtimoiy buyurtmalarni bajarishda, ixtisoslikni
egallayotgan talabalar shaxsining rivojlanishini ta’minlashda, ta’limning intensifikatsiyasi va ta’lim
sifatini ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Shu sababli, AKT kompetensiyalarni shakllantirishda
ixtisoslikning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashishni talab etadi. Masalan,
tibbiyot, huquqshunoslik, tarix, muhandislik va ekologiya sohalari bir biridan farq qiladi. Bu o‘z
navbatida ixtisoslik doirasida amalga oshiriladigan funksiyalar xarakterini inobatga olishni talab etadi.
Shunda ta’limning intensivligi ta’minlanib, fan va ta’lim ishlab chiqarish uchun xizmat qila oladi.
Mazkur konseptual jihatni quyidagicha tasvirlash mumkin:
AKT kompetentlik mehnat jarayonida individual kasbiy faoliyat shaklida yaqqol ifodalanib,
kasbiy sifatlar ko‘rinishida, aniq vazifalarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Shu nuqtayi nazarda,
bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy amaliyotga tayyorlashda kasbiy komponentlikni shakllantirish
masalasiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki kasbiy ta’lim, ijtimoiy borliqda
ifodalanadigan kasbiy muhitni shakllanishi va rivojlanishini ta’minlab, son va sifat ko‘rsatkichlarini
oshirish uchun xizmat qilishi shartdir. Shuning evazida kasbiy muhit takomillashib, kasbiy
rivojlanishning galdagi bosqichiga o‘tish uchun ma’rifiy zamin yaratadi. Bugungi kunda ta’lim berish
amaliyotida AKTlarni qo‘llash natijasida ta’lim oluvchilarning shaxsiga ta’lim jarayonining
ishtirokchisi sifatida yondashishni taqozo etmoqda [5]. A.Fedorov bu masalani pedagogik ta’lim
muassasalari misolida o‘rganib, tanqidiy tafakkur tarzini shakllantirishning afzalliklarini asoslab
bergan. Vaholanki, tanqidiy tafakkur ishlab chiqarish amaliyotida innovatsiyaviy yondashuvga olib
keladi. Ya’ni, amal qilinayotgan jarayonning ba’zi qismlari birlashtiriladi yoki boshqa bir jabhasini
takomillashtirish mumkinligi aniqlanadi. Buning uchun kasbiy bilimlar majmuasi dominantlik qilishi
shart. Shundagina tanqidiy tafakkurning har qanday namunasi, amaliy ahamiyat kasb eta oladi.
Mutaxassisning AKT kompetentligi deganda, o‘zida kasbiy tajriba va bilim hamda ko‘nikma
va muhim kasbiy sifatlarni mujassam etib, kasbiy amaliyotda ularni mustaqil tarzda namoyon eta olish
jarayonini tushunish lozim. AKT kompetentlikka egalik, mutaxassisga bajariladigan kasbiy vazifalarni
erkin tarzda kasb ustasi sifatida bajarishni ta’minlaydi. Uning nazariy va metodik jihatlarini to‘rtta
holat bilan belgilab berish mumkin:
•
bajariladigan kasbiy funksiyalarga oid ma’lumot va ilmiy yondashuvlar asosida
tayyorlangan modellarni saralab olib, kasbiy faoliyatida tadbiq etishda;
•
kasbdoshlar va buyurtmachilar bilan kommunikativ madaniyatning asosiy prinsiplariga
amal qilgan holda muloqotga kirishib, bildirilayotgan taklif va talablarni mutaxassischa idrok eta
olishida;
•
nostandart vaziyatlarda kasbiy madaniyatga tayangan holda harakatlarni amalga oshirib,
o‘z funksiyasini bajarishshda;
•
kasbiy sohaga doir bo‘lgan axborotlarni aniq manzilga samarali tarzda yetkaza olishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |