Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
62 
ravishda hal etib berilishi va undan chiqadigan xulosani biz asarning ideyasi deymiz” [3:15 b.] tarzda 
izohlaydi muallif. 
Shuningdek, mazkur bobda sujet va kompozitsiya masalariga ham salmoqli o‘rin ajratilgan. 
Muallif sujetni oddiy va sodda til bilan tushuntirishga harakat qiladi: “Adabiy asarda xarakterning 
(obrazning) tarixini ko‘rsatuvchi, uning xislatlarini, sifatlarini ochib beruvchi voqealar tizmasiga biz 
sujet deymiz”.[3:30 b.] Bugungi kun adabiyot nazariyasida, jumladan, T.Boboyev 
(“Adabiyotshunoslik nazariyasi”) hamda biz tahlil qilayotgan kitob muallifi ham sujetni tarkibiy 
qismlarga (bo‘laklarga) bo‘ladi: 
I.Sulton 
T.Boboyev 

Ekspozitsiya (dastlabki ahvol) 
Ekspozitsiya 

Situatsiya 
Tugun 

Tugun 
Voqea rivoji 

Voqeaning rivoji 
Kulminatsiya 

Kulminatsion punkt 
Yechim 

Tugallama
Prolog va epilog 

Prolog va epilog 
Ko‘rib turganimizdek, ikki adabiyotshunos talqini ham deyarli bir xil. Ammo I.Sulton 
situatsiya
haqida gapiradi. “Situatsiya – deydi muallif – personajlarning asarda ko‘rsatiladigan voqea 
boshlanmasdan avval bo‘lgan dastlabki munosabatlaridir.” Muallif sujet haqida o‘quvchi yetarlicha 
tasavvurga ega bo‘lishi uchun A.Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini tahlil qiladi.
Malumki, kompozitsiya yozuvchining niyati asosida asar badiiy to‘qimasining tuzilishi 
hisoblanadi. Adabiyotshunos I.Sulton ham kompozitsiyaga quyidagicha ta’rif beradi: “Sujet, 
kishilarning tasviri, peyzaj va sharoitning tasviri, voqeani bayon etish usullari va ularning bir-biriga 
nisbati – hammasi bir butun kompozitsiyani tashkil qiladi”.[2:43 b.] Bulardan tashqari muallif yana 
murakkab sujetli asarlar, qoliplash, sujetning xarakterga muvofiq bo‘lishi, tipik xarakter va tipik 
sharoit, badiiy to‘qima, peyzaj, bayon qilish yo‘llariga to‘xtalib o‘tadi. Fikr isboti sifatida turli 
yozuvchilar asarlaridan namuna va misollar keltiradi. Bobning so‘nggida esa o‘sha bob yuzasida 
topshiriq va savollar berilgan. 
3-bob “Badiiy asarning tili” deya nomlanadi. Ushbu bobda tilning jamiyatdagi o‘rni, badiiy va 
avtor (muallif) tili, badiiy til elementlari kabi masalalarga diqqat qaratiladi. Adabiy til va badiiy til 
degan terminlarni bir-biridan farq qilish kerakligi uqtiriladi. Muallif adabiy til terminini har bir 
millatning matbuotda qo‘llanadigan va shu millat tomonidan qabul qilingan tiliga nisbatan ishlatadi. 
Badiiy til esa badiiy adabiyot tili sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek, bu bobda o‘sha biz bilgan 
sinonimlar, omonimlar, arxaizmlar ustida ham gap boradi va provinsializmlar atamasiga ta’rif beriladi: 
“Turli dialektlarga, mahalliy shevalarga xos so‘zlar va ifodalar provinsializm deb ataladi”.[2:53 b.] 
Bugungi kunda bunday mahalliy so‘zlarga nisbatan biz dialektizmlar atamasini qo‘llaymiz. 
Darslikda badiiy til elementlari ya’ni sifatlash, o‘xshatish, so‘zlarni ko‘chma ma’noda 
ishlatish (metafora (istiora), metonimiya), simvol, allegoriya, mubolag‘aga ham o‘rin ajratilgan bo‘lib, 
muallif bularni batafsil tushuntirib berishga urinadi va mos misollar tanlab tahlil qiladi.
Jamiyat taraqqiy etgani sari yangi tushunchalar paydo bo‘ladi va ularni yangi so‘zlar orqali 
ifoda etish ehtiyoji tug‘iladi. Darslik muallifi ham badiiy tilni boyituvchi elementlardan biri – xalq 
yoki yozuvchi tomonidan yangidan yasalgan so‘zlardir deydi va bunday so‘zlarni u
neologizmlar 
termini bilan ataydi (O‘sha asar, 59-bet). Umuman olganda, 3-bobni yakunlab quyidagi xulosaga 
kelish mumkin: adabiyotning shakli bilan mazmuni bir adabiy hodisaning ikki tomoni bo‘lib, bir-
biriga chambarchas bog‘lanib, kirishib ketgan. Adabiy asarning mazmuni bilan shakli shartli ravishda 
bir-biridan farq qilinsa-da, ularning biri ikkinchisidan ajralgan holda yasholmaydi. Faqat adabiy 
asarning hamma elementlari va organik bo‘laklari mazmun rahbarligi ostida bir butunga uyushgan 
paytdagina badiiy asar maydonga keladi. 
Darslikning 4-bobi “Adabiy turlar va janrlar” deb nomlanadi. Ma’lumki, adabiy asarlar shakli 
jihatidan nihoyatda turfa xildir. Shuning uchun ham ular guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi. 
Adabiyotshunos olim T.Boboyevning quyidagi mulohazasi diqqatga molik: “Adabiy asarlarning yirik 
guruhlari 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish