ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
61
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, adabiyot nazariyasi fanidan yaratilgan dastlabki
darsliklardan biri ham shu kitob hisoblanadi. Bunga qadar Elbekning “Namuna” (1925), A.Fitratning
“O‘zbek adabiyoti namunalari” (1925) “Adabiyot qoidalari” (1926), A.Sa’diyning “Amaliy ham
nazariy adabiyot darslari” (1925) kabi kitoblari yaratilgan edi. Izzat Sultonning “Adabiyot nazariyasi”
darsligi o‘rta maktablarga mo‘ljallangan bo‘lib, 1940-yilda O‘zSSR davlat o‘quv-pedagogik nashriyoti
tomonidan chop etilgan. Kitob olti bobdan iborat bo‘lib, uning mavzu mundarijasi quyidagicha: 1-bob:
“Kirish”; 2-bob: “Adabiyotda obrazni yuzaga keltirish yo‘llari”; 3-bob: “Badiiy asarning tili”; 4-bob:
“Adabiy turlar va janrlar”; 5-bob: “Stil va metod”; 6-bob: “She’rning tuzilishi”.
Mazkur ish ham o‘sha zamon talablari asosida, siyosiy tuzum ta’siri ostida yozilganligining
guvohi bo‘lamiz. Jumladan, foydalanilgan badiiy adabiyotlarning aksariyati rus yozuvchilarining
asarlaridir.Yaqqolroq tasavvur qilish uchun quyidagi jadvalni keltiramiz:
T/r
Rus yozuvchilari
O‘zbek yozuvchilari
1
Gorkiy
A.Navoiy
2
A.S.Pushkin
Niyoziy
3
Lev Tolstoy
Muqimiy
4
Nekrasov
Yashin
5
Saltikov Shedrin
Fozil baxshi
6
Pyotr Zalomov
7
Gogol
8
Goldoni
9
Sholoxov
Ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin, ammo ikki ustun nisbati deyarli o‘zgarmaydi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, 1-bob “Kirish” bo‘lib, unda badiiy adabiyotga dunyoni
o‘zgartirish quroli sifatida qaraladi. Albatta, badiiy adabiyot dunyoni so‘z orqali tasvir etadi,
adabiyotda hayotning ma’lum voqea-hodisalari, turli insonlarning xarakter xususiyatlari, orzu va
armonlari aks etadi. O.Sharafiddinov shunday yozadi: “Yozuvchi turmushni, fakt va hodisalarni
o‘rganadi, ulardan zarur xulosalar chiqaradi. Ana shu xulosalarni jonli obrazlar vositasida ifodalaydi.
Demak, badiiy adabiyot dunyoni badiiy o‘zlashtirishdan iboratdir”. O‘zlashtirish va o‘zgartirish
o‘rtasida qanday farq bor? I.Sulton badiiy adabiyotga dunyoni o‘zgartirish
quroli sifatida,
O.Sharafiddinov esa adabiyotga dunyoni o‘zlashtirish vositasi sifatida yondashadi. Shu o‘rinda
T.Boboyevning fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: “Badiiy adabiyot, ayni paytda, dunyoni
o‘zgartirish quroli hamdir. Buyuk yozuvchilar jamiyatning olg‘a intilishiga hamisha yordam
berganlar”.[1] Shunday ekan, fikrlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, yozuvchilar hayotni badiiy
o‘zlashtiradilar va dunyoni yaxshilik sari o‘zgartishishga harakat qiladilar.
I.Sulton 1-bobni yakunlar ekan, badiiy adabiyotning xususiyatlariga to‘xtalib o‘tadi va
quyidagicha xulosalarni bayon etadi: “1) adabiyot –turmushni va kishilarning turmushga munosabatini
aks etadi; 2) adabiyotning funksiyasi –
kishining ongini, ruhini, xarakterini tarbiyalashdir; 3)
adabiyotning spetsifikasi – obrazliligi va obrazni so‘z orqali yaratishdir”.[2] Darhaqiqat, adabiyotning
quroli bu – so‘z, ammo hozirgi kunda adabiyotning inson ruhini tarbiyalashdan tashqari yana bir
qancha vazifalari ham e’tirof etilmoqda. Umuman, badiiy adabiyotning ma’rifiy va estetik ahamiyati
nihoyatda katta.
Darslikning 2-bobi “Adabiyotda obrazni yuzaga keltirish yo‘llari” deb nomlanadi. Mazkur
bobda tema va tematika, badiiy asar g‘oyasi, badiiy ijodning universal usullari (individuallash,
tipiklash va badiiy to‘qima), obraz tanlash va talqin etish,
obrazni tavsiflash, sujet va kompozitsiya
mavzularini o‘rganish ko‘zda tutiladi. Tema va tematikaga muallif shunday ta’rif beradi: “Badiiy
asarda turmushni ko‘rsatish uchun yozuvchi tomonidan turnushdan tanlab olingan hodisaga biz
asarning temasi (mavzusi) deymiz… ma’lum sinf, ma’lum davr adabiyotida yo bo‘lmasa ma’lum
yozuvchi ijodida uchraydigan temalarning jamiga tematika deyiladi”.[3:14 b.] Izzat Sulton tema
xususida gapirar ekan, tema asarning yo‘nalishini va mundarijasini ta’minlashda katta rol o‘ynashini,
lekin ikki yozuvchi tomonidan bir temada yozilgan ikki asar tamoman boshqa-boshqa mundarijaga ega
bo‘lishi ham mumkinligni ta’kidlab, Navoiy, Gorkiy, Serafimovich kabi yozuvchilar asarlarini misol
tariqasida keltiradi va tahlil qiladi.
Badiiy asarning g‘oyasi, xuddi mavzudek, asar mazmunida ifodalanadi.
Shuning uchun ham
mavzu va g‘oya bir-biriga bog‘liq tushunchalardir. “Badiiy asarda qo‘yilgan problemaning ma’lum