Savodga o‘rgatish davrida bo‘g‘in ustida ishlash.
Reja:
1.Bo‘g‘in turlari.
2.Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari.
3.Savodga o‘rgatishda bo‘g‘in ko‘chirishni tushuntirish.
O‘pkadan chiqayotgan havo to‘lqiniga bir zarb berish bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisi bo‘g’in deyiladi: ki-tob-lar, o-i-la. Unli tovush bilan tugagan bo‘g’in ochiq, undosh bilan tugagan bo‘g’in yopiq bo‘g’in deyiladi. Yopiq bo‘g’in: daf-tar, gul-don. Ochiq bo‘g’in: o-i-la, to-la. Har bir bo‘g’in tarkibida unli tovush bo‘lishi shart, demak, so‘z tarkibida nechta unli tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g’in bo‘ladi. Bo‘g’in tarkibida undoshlar qatnashmasligi ham mumkin: u-ka, o-na. O‘zbek tilida quyidagi bo‘g’in shakllari mavjud: bir undoshli: ot, bu; ikki undoshli: ost, non; uch undoshli: to‘rt, shart; to‘rt undoshli: sport, start. Bo`g`in tiplari. - O`zbek tilida bo`g`inlarning quyidagi tiplari mavjud:
- Bir unlidan iborat bo`g`in: Chizmasi V (V lotincha «vokalis» unli, S «consonant» undosh degan ma`noni bildiradi) o-na,
- Bir unli bir undoshdan iborat bo`g`in: SV yoki VS ol-ma…
- Bir unli ikki undoshdan iborat bo`g`in: SVS, VSS, SSV suv-lar, ayt, erk, ilm, ost, sta-kan, pre-zi-dent…
Bir unli uch undoshdan iborat bo`g`in: SVSS, SSVS stol, stul, fikr, hukm, qasr….
Bir unli to`rt undoshdan iborat bo`g`in: SSVSS, SVSSS, VSSSS – punkt, trans-port, tekst, front, ernst…
Aytib o`tish kerakki, sanalgan bo`g`in tiplaridan V, SV, VS, SVS largina o`zbekcha so`zlar tarkibida uchraydi. Qolganlari tilimizda qo`llanadigan o`zlashma so`zlar tarkibida kuzatiladi.
Bo`g`inning ahamiyati. - O`zbek tilida bo`g`in muhim ahamiyat kasb etadi. Uning ahamiyati savod chiqarishda, she`riyat o`lchovlarini tartibga solishda, satrga sig`may qolgan so`z qismlarini so`nggi satrga ko`chirishda ko`rinadi.
Bo‘g’inning amaliy ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1) yozuvda bir satrga sig‘may qolgan so‘z keyingi qatorga bo‘g’in asosida ko‘chiriladi; 2) birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qish va yozishga o‘rgatish bo‘g’in asosida amalga oshiriladi; 3) she’riy misralarda bo‘g’inlar soni teng bo‘ladi. Urg`u so`z oxiriga tushmaydigan holatlar. - O`zbek tilida urg`u, yuqorida aytilganidek, so`zning oxirgi bo`g`iniga tushadi. Ammo tilimizda urg`u oxirgi bo`g`inga tushmaydigan so`zlar ham uchraydi. Ayrim qo`shimchalar borki, urg`u qabul qilmagani bois, urg`u oldingi bo`g`inlarga tushishi ham mumkin. Bu bilan bog`liq quyidagi holatlarni qayd etish mumkin:
- Aslida o`zlashma bo`lib, bugungi kunda tilimizga nihoyatda o`zlashib ketgan quyidagi so`zlarda: ammo, lekin, albatta, afsuski, chunki, hamma, hozir, barcha….
- Ayrim olmoshlarda: har bir, har qaysi, kimdir, qancha, qani, allakim….
- Alohida ohang bilan aytilgan buyruq fe`llari, ayrim sonlarda: gapir, o`tir, o`yna, yuring, olti, sakson…
- Qo`shma sonlarda: o`n bir, yigirma uch…
- Takroriy so`zlarda: katta-katta, issiq-issiq…
Do'stlaringiz bilan baham: |