Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 

Abdurahmon Jomiy to‘g‘risida «Bu jumladin bir Mavlono Abdurahmon Jomiy edikim, zohir va botin 
ulumida ul zamonda ul miqdor kishi yo‘q edi. She’ri xud ma’lumdur. Mulloning janobi andin 
oliyroqdurkim, ta’rifqa ehtiyoji bo‘lg‘ay. G‘oyatash xotirg‘a kechtikim, bu muhaqqar ajzoda 
tayammun va tabarruk jihatidin alarning otlari mazkur va shammayi sifatlaridin mastur bo‘lg‘ay» 
«Shu’arodin bu jam’ning ham saromadu sardaftari Mavlono Abdurahmon Jomiy edi» [3;28]. 
Bobur Abdurahmon Jomiyni juda ko‘p bor tilga oladi, uning ijodiga yuksak baho beradi. O‘zi tarjima 
qilgan «Volidiya» asarini Jomiyning «Subha» risolasi vaznida bitadi. Boburning bu zotga nisbatan 
alohida e’tiborda bo‘lishining sababi uning ham naqshbandiya tariqatiga e’tiqodi natijasidandir.
Bobur Alisher Navoiyni o‘zgacha bir g‘urur va mehr bilan tilga oladi. «Boburnoma»da 
Alisher Navoiy haqida juda ko‘p va xo‘b ma’lumotlar beriladi. Bobur Navoiyning shaxsiy hayoti, 
ijodi, jamoat va siyosiy faoliyati, yaqinlari, atrofidagi kishilari, xullas u haqdagi barcha ma’lumotlarni 
berishga harakat qiladi: «Yana Alisherbek Navoiy edi, begi emas edi, balki musohibi edi, kichikligida 
hammaktab ekandurlar. Xususiyat bisyor ekandur... Alisherbekning mijozi nozukluk bila mashhurdur. 
El nazokatini davlatining g‘ururidin tasavvur qilur erdilar. Andoq emas ekandur, bu sifat anga jibilliy 
(tug‘ma) ekandur. Samarqandta ekanda ham ushmundoq nozik mijoz ekandur» [3;28]. Bobur 
Navoiyning ijodi haqida ham batafsil ma’lumotlar beradi: «Alisherbek naziri yo‘q kishi edi. Turkiy til 
bila to she’r aytubturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas. Olti masnaviy kitob nazm qilibtur, 
beshi «Xamsa» javobida, yana bir «Mantiqut-tayr» vaznida «Lisonut-tayr» otliq. To‘rt g‘azaliyot 
devoni tartib qilibtur: «G‘aroyibus-sig‘ar», «Navodirush-shabob», «Badoyi’ul vasat», «Favoidul-
kibar» otliq. Yaxshi ruboiyoti ham bor» [3;28]. Shu tariqa Bobur Navoiy haqida ancha mukammal 
ma’lumotlar beradi. Unga nisbatan hurmati va e’tirofi baland ekanini «Boburnoma»da keltirilgan 
fikrlardan ham anglash mumkin. Ushbu ma’lumotlardan Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati haqida to‘liq 
xabardor bo‘lish mumkin. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, XV asrning ikkinchi yarmi XVI asr boshlaridagi 
Xuroson, Movarounnahr ijtimoiy, siyosiy hayotida eng murakkab, tahlikali bir davr edi. Shahzodalar 
o‘rtasidagi taxt uchun kurash, o‘zaro ichki nizolar mamlakatni parokandalikka, xalqni notinchlikka 
mahkum etish arafasida edi. Shu davr ma’naviy hayotida juda katta iz qoldirgan naqshbandiya tariqati 
bu jarayonda hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Uning bunyodkorlik, yaratuvchanlik
insonparvarlik, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlovchi, behuda qon to‘kilishilari va parokanda-
likning oldini olish kabi g‘oyalarga asoslangan konsepsiyasi mamlakat va xalq hayotida muhim o‘rin 
tutdi.
Bu tariqat va uning vakillari ta’sirini Zahiriddin Muhammad Bobur hayotida ham katta o‘rin 
tutganini ko‘ramiz. Boburning ijtimoiy, siyosiy hayotida, davlat boshqaruvida va asosiysi, uning 
shaxsiy hayotida, iymon e’tiqodi shakllanishida bevosita shu oqimning ta’siri sezilarli bo‘ldi. Bu holni 
Boburning jamiyatda adolat o‘rnatishda, davlatni qat’iy qonun qoidalar asosida boshqarishda 
ko‘ramiz. Shuningdek, uning xarakteriga xos bo‘lgan mehr-shafqatlilik, kechirimlilik, saxovat-
peshalik, mardlik sifatlarining shakllanishida, e’tiqodi mustahkam bo‘lishida bu tariqatning o‘rni 
beqiyosdir. Boburning janglardagi kurashlarda g‘oliblikka erishishida, ba’zida g‘ururi va nafsi 
ammora ustidan mutlaq ma’naviy g‘oliblikka etishida ham o‘zi e’tiqod qo‘ygan bu ta’limot 
konsepsiyasi va uning ulug‘ peshvolari madadi benihoya katta bo‘ldi. Bobur ham o‘zining ustoz-
pirlaridan olgan ham moddiy, ham ma’naviy ta’lim-tarbiyasi uning hayotida juda muhim ahamiyat 
kasb etdi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish