ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
4
UDK: 891.709
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING
NAQSHBANDIYA TARIQATIGA MUNOSABATI
I.I.Sulaymonov
Samarqand davlat universiteti
isroil-8103@mail.ru
Annotatsiya.
Ushbu maqolada naqshbandiya tariqati, mazkur tariqatning Zahiriddin
Muhammad Bobur hayotiy faoliyatida tutgan o‘rni, Boburning bu tariqatga bo‘lgan munosabati kabi
masalalar yortilgan.
Kalit so‘zlar:
naqshbandiya tariqati, g‘oyasi, maslagi, tariqat vakillari.
Отношение Захириддина Мухаммада Бабура к накшбандия
Аннотация.
В статье рассматривается тарикат накшбандия (путь духовного
совершенствования), роль этого тариката в жизнедеятельности
Захириддина Мухаммада
Бобура и его взгляды к этому учению.
Ключевие слова:
тарикат накшбандия, идея и убеждения, представители тариката.
Attitude of Zakhiriddin Muhammad Babur to the nakshbandia
Abstract.
The article is about nakshbandia tariqah (path of spiritual perfection), the position
of this tariqah in Bobur`s life`s path, his attitude to this tariqah.
Keywords:
Nakshbandia tariqah, idea, representatives.
XV asr oxiri XVI asrning boshlarida Movarounnahr va Xurosonda juda ham jiddiy va tahlikali
vaziyat yuzaga kelgan edi. Sababi temuriy shahzodalar o‘rtasida toj-taxt uchun o‘zaro kurash,
amir-u
beklarning ichki nizolari, Movarounnahrda Shayboniyxonning, Xurosonda safaviylarning mavqei
oshib, kurashlari avj olgan bir holat edi. Bularning barchasi temuriylar saltanatiga tahdid solishi,
siyosiy hayotda esa parokandalikni keltirib chiqarishi, tabiiy edi. Bu tartibsizliklar ichida nisbiy tartib
o‘rnatish uchun adolat va qonunlar ustuvorligini ta’minlovchi, parokandalikni tartibga soluvchi bir
harakat lozim edi.
Xuddi shu davrda Movarounnahr va Xurosonda Bahouddin Naqshband asoslagan xojagon
tariqatining naqshbandiya suluki jamiyatning ma’naviy hayotida juda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lib
maydonga chiqadi. Bu tariqat xalq o‘rtasida tinchlik va osoyishtalikni saqlash, davlat va jamiyatni
obod, farovon etish, adolat va qonunlar ustuvorligini ta’minlash kabi umuminsoniy masalalarni
o‘zining asosiy dastur etib belgilagan edi.
Shuningdek, behuda qon to‘kilishi, o‘zaro nizolarni bartaraf
etish, dehqonchilik, hunarmandchilikni rivojlantirish, ilm-fanni taraqqiy ettirish va komil
insonni
tarbiyalash ushbu tariqatning asosiy tamoyillaridan sanalardi. Bu tariqat vakillarining mavqei ushbu
hududlarda shu
qadar kuchli ediki, hatto siyosiy jarayonlarda hukmdorlarga ta’sir ko‘rsata olish
darajasida edi. Ma’lum bir hukmdorning taxtni egallashi, biror bir kurashda g‘oliblik yoki
mag‘lublikka erishishida ham naqshbandiya tariqati tarafdorlarining ta’sirini sezish mumkin edi. Bu
jihatdan Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahrori Vali faoliyati alohida mavqeiga ega edi. Buni
«Boburnoma»da tasvir etilgan Samarqand hukmdori Sulton Ahmad mirzoning hayotiy faoliyati
misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Naqshbandiya tariqatining mohiyatini tashkil etuvchi «dil ba yor-u dast ba kor» (ko‘ngilda
yoru qo‘l ishda) shiori inson o‘zini o‘zi anglab yetishi, iste’dodini
namoyon eta olishi, yaratuvchanlik,
bunyodkorlikka yo‘naltirish asosiy maslagi edi. Shu omillar sabab bu davrda adabiyot, madaniyat,
san’at, ilm-fan, hunarmandchilik ancha taraqqiy etdi, jamiyatda hurfikrlilik hukm surdi.
Jamiyat ma’naviy hayotida yuz bergan bu kabi ijobiy o‘zgarishlarda aytib o‘tilganidek,
naqshbandiya tariqati vakillarining faol ishtiroki, din peshvolari va tasavvuf allomalarining ham
samarali ta’siri mavjuddir. Zotan, «tasavvuf musulmon Sharqi mamlakatlari ijtimoiy va ma’naviy
hayotiga chuqur kirib bordi; fan, madaniyat va adabiyot rivojiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. XI asrdan
boshlab Sharqning deyarli barcha nufuzli shoir va yozuvchilari, mutafakkir va olimlari tasavvufdan
oziqlanib, uning insonparvarlik va haqsevarlik g‘oyalaridan ruhlanganlar» [6;4].