Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 

edi, uning yaratganga iymoni mustahkam, e’tiqodi sof, oqko‘ngil bo‘lib voyaga yetishida oilaviy 
muhitning, ayniqsa Umarshayx mirzoning ta’siri beqiyos bo‘lgan.
Umarshayx mirzoning tasodifiy o‘limidan so‘ng, uning barcha vazifalari yosh Bobur boshiga 
tushadi. Bobur «Tengri taoloning inoyati bilan va hazrati on Sarvari koinotning sharofati bilan va 
chahoryori bosafolarning himmati bilan seshanba kuni, ramazon oyining beshida, tarix sekkiz yuz 
to‘qson to‘qquzda Farg‘ona viloyatida o‘n ikki yoshta podshoh bo‘ldim» [3;34]. Shu tariqa o‘ta 
murakkab va tahlikali bir sharoitda Bobur taxtga o‘tiradi. Umarshayx mirzo vafot etgan o‘sha 
seshanba kuniyoq nufuzi ancha yuqori bo‘lgan ayol Esan Davlat begim boshliq amaldorlar vafqulodda 
mashvarat o‘tkazishadi: «xotunlar orasida ra’y va tadbirda mening ulug‘ onam Esan Davlatbegimcha 
kam bo‘lg‘ay edi, bisyor oqila va mudabbira edi. Ko‘proq ish-kuch alarning mashvarati bila bo‘lur 
edi» [3;47]. Bu majlisda, albatta taxt vorisi masalasi ko‘rilgan bo‘lishi kerak, chunki bu haqda 
ma’lumot bergan Gulbadanbegim shunday yozadi: «o‘sha kuniyoq Farg‘ona viloyatining poytaxti 
Andijon shahrida u kishi (ya’ni Bobur) nomiga xutba o‘qilgan. Go‘dak, ammo ziyrak Zahiriddin 
Muhammadning davlat faoliyati ana shunday o‘ta murakkab va behalovat tarixiy sharoitda boshlandi» 
[2;3]. Shuni ta’kidlash kerakki, Boburning taxtga chiqishi osonlikcha yuz bermaydi, turli qarama- 
qarshiliklar, fitnalar ham sodir bo‘ladi, ammo bularga qaramay Umarshayx mirzoning sodiq kishilari 
va Eson Davlat Begimning oqilona tadbiri bois barchasi xayrli bo‘ladi. «Shu kutilmagan voqealar yosh 
Bobur hayotida darbadarlikka, sarson-sargardonlikka sabab bo‘ldi. Bir tomondan u qonuniy podshoh, 
taxt vorisi, ikkinchi tomondan hozircha taxtga ega emas. Boburning ma’naviy chiniqishi, ruhiy 
barkamolligi, insonlar fe’li-atvoridagi zohiriy va botiniy ko‘rinishlarga jiddiy e’tibori va ularni farqlay 
olishdek o‘ta nozik qobiliyat ham mana shu sarson-sargardonlikning boshlanishidan nish berib yildan 
yilga mustahkamlanib bordi» [5;70]. 
Yosh Boburning ushbu tahlikali kunlarida har tomonlama qo‘llab quvvatlagan, unga to‘g‘ri 
yo‘l ko‘rsatib maslahatlar berib turgan shaxs uning yoshlikdagi piri-ustozi Xoja Mavlonoyi Qozi 
Abdulloh bo‘ladi. Bu shaxs «...islom tarixidagi dastlabki to‘rt xalifa («chahoryor»lar) avlodlaridan 
Shayx Burhoniddin Qilich naslidan bo‘lib, temuriylarning Farg‘ona mulkida pir-ustozi sifatida shuhrat 
qozongan» [4;105]. Bobur bu zoti sharif haqida shunday ma’lumot beradi: «Xoja Mavlonoyi qozikim, 
Sulton Ahmad qozining o‘g‘li Shayx Burhoniddin Qilichning naslidur, ona tarafidin Sulton Ilik 
Moziyg‘a etar, bularning xonvodalari ul viloyatta marji’ va shayxulislom yo‘sunluq bo‘la kelgan-
dur...» [3;42]. Xoja Mavlonoyi Qozining bobosi Shayx Burhoniddin Qilich mashhur shayx, XI 
asrlarda yashab o‘tgan, sayyidlar avlodidan bo‘lib, ona tomonidan Ilakxonlardan bo‘lgan. Uning 
shuhrati O‘rta Osiyoda ancha yuqori bo‘lgan. Uning «Qilich» laqabini olishi haqida turli xil rivoyatlar 
mavjud, ba’zilarida aytilishicha, u o‘ziga yog‘ochdan qilich yasab oladi va bu qilichi po‘lat qilichday 
juda ham keskir bo‘lgan.
Xoja Mavlonoyi Qozi Xoja Ahror Valining shogirdlaridan «Xoja Qozi hazrati Xoja 
Ubaydullohning muridi edi. Alardin tarbiyat topib edi» [3;64]. Mana shu ulug‘ mutasavvuf zot 
Boburning tarbiyachisi, piri-ustozi bo‘lish bilan birga, uning davlat ishlaridagi dono maslahatchisi 
ham edi. Boburning ilk bor taxtga chiqishida ham bu shaxsning xizmatlari katta bo‘ladi: «Xoja 
Mavlonoyi Qozi va beklar mening qoshimg‘a kelib, so‘z va kengashni bir yerga qo‘yib, qo‘rg‘onning 
burj va borusini zabt va rabtig‘a mashg‘ul bo‘ldilar» [3;42]. Bobur taxtga chiqqan dastlabki yillarida 
bir gal dushman qurshovida qolib ketadi va xalq ochlikdan ko‘p aziyat chekadi. Shu paytda piri Xoja 
Mavlonoyi Qozi Boburga yordam bo‘lishi uchun o‘n sakkiz mingta qo‘y so‘yib qamaldagilarga 
tarqatadi. Boburning eng ishonchli kishilaridan biri o‘laroq bir necha bor elchilik vazifalarini ham 
bajaradi. Samarqandni birinchi bor egallaganda u Boburning yonida birga bo‘lib, yosh shahzodaning 
g‘olibligida unga ham moddiy, ham ma’naviy madadkor bo‘lib turadi. Afsuski, Boburning bu piri 
ustozi taqdiri fojiali yakun topadi. Ahmad Tanbal va Uzun Hasanlar Andijonni qo‘lga kiritgach, Xoja 
Mavlonoyi Qozini Boburning eng yaqin kishilaridan biri sifatida ark darvozasiga osib o‘ldirishadi: 
«Andijonni olg‘ondin so‘ng mening Xo‘jand kelganimni eshitib, Xoja Mavlonayi Qozini ark 
darvozasida osib shahid qildilar». Bobur o‘zining zafarlarida bu zotning xizmatlari juda katta 
bo‘lganini ta’kidlab o‘tadi. Mavlonoyi Qozining barcha xislatlarini tasvirlar ekan, uni valiy sifatida 
e’tirof etadi: «Xoja Qozining valiligida mening hech shakkim yo‘qtur. Qaysi ish valoyatqa mundin 
yaxshiroq, dalildurkim, alarg‘a qasd qilg‘onlardin oz fursatta osor va alomat qolmadi. Xoja Qozi ajab 
kishi edi. Qo‘rqish anda aslo yo‘q edi. Oncha daler kishi ko‘rulgan emas» [3;64]. Bobur Xoja 
Qozining valiyliliga asos sifatida uning qatl etganlar ham qisqa muddatda yo‘q qilinganini misol 
keltiradi.



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish