Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 

Zahiriddin Muhammad Bobur faoliyatida ham naqshbandiya tariqat va uning vakillari ta’siri 
juda katta bo‘ldi. Uning hokimiyat ishlarida, davlat qurilishida, raqiblari bilan bo‘lgan kurashlarida, 
ma’naviy hayotida, hatto shaxsiy hayotida ham bu ta’sirni ko‘rishimiz mumkin. Bobur «Bobur-
noma»ning juda ko‘p o‘rinlarida naqshbandiya tariqati vakillari, shayxlar va ulamolar haqida to‘xtalib, 
ularning o‘z hayotiy faoliyatida aloqadorlik jihatlariga urg‘u beradi. Jumladan, «Boburnoma»da 
tasvirlangan Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahrori Vali, Xoja Yahyo, Xoja Ya’qub, Maxdumi A’zam 
Kosoniy Dahbediy, Mavlonoyi Qozi Abdulloh, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabilarni bevosita 
o‘zining piri-ustozlari, tarbiyachilari sifatida e’tirof etsa, Imom Buxoriy, Shayx Moturidiy, Shayx Hoji 
Muhammad Xabushoniy, Shayx Burhoniddin Qilich kabilarni ma’naviy pirlari sifatida tilga oladi. 
Bobur davlat boshqaruvida ularning shar’iy yo‘l-yo‘riqlaridan oqilona foydalansa, jang va kurashlarda 
o‘ziga g‘oliblik muyassar bo‘lishi uchun ularning ma’naviy madadidan, qo‘llab-quvvatlashidan umid 
qiladi. 
Ma’lumki, Zahiriddin Muhammad Bobur qisqa umri davomida davlatdorlik, hukmdorlik 
faoliyatida, ijodiy faoliyatida juda katta ishlarni amalga oshirdi. Boburning davlat ishlarini 
boshqarishida, hokimiyatni mustahkamlashida, harbiy sohada va boshqalarda unga ustozlik qilgan, 
to‘g‘ri maslahatlar, yo‘l yo‘riqlar ko‘rsatib turgan sodiq, ishonchli kishilar ko‘magi katta bo‘lgan. 
Boburning ko‘plab janglarda g‘olib bo‘lishiga, viloyat olmog‘ida, mamlakat saqlamog‘ida va buyuk 
imperiya tuzmog‘ida bu siymolarning ham hissasi borligini o‘zi ko‘p bor ta’kidlaydi. 
Boburning e’tiqodi shakllanishida, mustahkam iroda va qat’iyatli bo‘lib yetishishida u 
kamolga yetgan oilaviy muhit, bolalikdagi tarbiyachilari, piru ustozlarining xizmati beqiyos bo‘lgan. 
U ko‘plab fozil ulamolardan ta’lim tarbiya olib, arab va fors tillarini mukammal o‘rgandi. Shuning 
natijasida u e’tiqodli, sabr matonatli, rahm shafqatli shaxs bo‘lib yetishdi. Uning ma’naviy g‘olibligini 
ta’minlashda bu jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi. 
Albatta, shaxsning kamolga yetishida oilaviy muhitning ta’siri katta bo‘ladi. Bobur tug‘ilib 
o‘sgan muhit temuriylar xonadoniga mansub, taqvodor va e’tiqodda sobit oila edi. Uning otasi 
Umarshayx Mirzo savodli kishi bo‘lib, Qur’on tilovat qilgan. Bu haqda Bobur shunday yozadi: 
«Hanafiy mazhabliq, pokiza e’tiqodliq kishi edi, besh vaqt namozni tark qilmas edi, umriy qazolarini 
tamom qilib edi, aksar tilovat qilur edi. Hazrati Xoja Ubaydullog‘a irodati bor edi, suhbatlarig‘a bisyor 
musharraf bo‘lub edi, hazrat Xoja ham farzand deb edilar. Ravon savodi bor edi. «Xamsatayn» va 
masnaviy kitoblarini va tarixlarni o‘qub erdi. Aksar «Shohnoma» o‘qur edi. Tab’i nazmi bor edi, vale 
she’rg‘a parvo qilmas edi» [3;37]. Demak, Umarshayx mirzo pokiza e’tiqodli, taqvodor kishi bo‘lgan, 
Xoja Ahror Vali unga piri-ustozlik maqomida bo‘lgan, uni farzand qatorida ko‘rgan. Bobur 
tug‘ilganida Xoja Ahror unga «Zahiriddin Muhammad» deb ism qo‘yadi, uning iqbol yulduzi baland 
bo‘lishini tilab duo qiladi.
Umarshayx mirzoning hayotda adolatli, halol va pokiza kishi bo‘lganligi haqida ko‘plab 
ma’lumotlar bor. Jumladan, bir safar ko‘chmanchi o‘zbeklar Samarqand atrofidagi qishloqlarga hujum 
qiladi va aholining mol-mulkini talab, odamlarni asir qilib Turkiston tomonga ketayotganida 
Umarshayx mirzo ularning ortida quvib, muz qoplagan Aris daryosidan o‘tib bosqinchilarga zarba 
beradi, talangan mollarni egalariga qaytaradi, asirlarni ozod etadi. Bobur otasining bu xislatini juda 
yuqori baholaydi: «Bisyor saxovati bor erdi. Xulqi dag‘i saxovaticha bor edi, xushxulq va xarrof va 
fasih va shirinzabon kishi erdi, shujo‘ va mardona kishi edi» [3;37]. Umarshayx mirzo bu xizmati 
uchun ulardan hech narsa olmaydi, bu uning imoni kuchli, e’tiqodi mustahkam, mislsiz adolatliligidan, 
olihimmatligidan bir misol. Bu xislatlar, albatta, ortig‘i bilan Boburga ham ko‘chgan, biz bunga 
«Boburnoma»da juda ko‘p bor guvohi bo‘lamiz. 
Umarshayx mirzo bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir voqeaga e’tibor bersak, bir yil qish faslida 
Xitoydan katta karvon Andijon tog‘larida qor ko‘chkisiga duch keladi. Karvonda bo‘lgan mingga 
yaqin kishidan faqat ikkitasi omon qolib, qolganlar ko‘chki ostida qolib ketadi. Bundan xabar topgan 
Umarshayx maxsus odamlarini yuborib karvondagi mollarni o‘g‘ri qaroqchilardan himoya qildirgan. 
Bu haqda Bobur shunday ma’lumot beradi: «Adolati bu martabada ediki, Xitoy korvoni keladurganda 
Andijonning sharqiy tarafidagi tog‘larning tubida ming uyluk korvonni andog‘ qor bostikim, ikki kishi 
qutuldi. Xabar topib muxassillar yiborib, korvonning jami’ jihotini zabt qildi. Har chandikim vorisi 
hozir yo‘q erdi, bovujudi ehtiyot saxlab, bir-ikki yildin so‘ngra Samarqand va Xurosondin vorislarini 
tilab kelturub, mollarini solim topshurdi» [3;37]. Keyinroq karvon egalarini toptirish uchun 
Samarqand, Hirotga odamlarini yuboradi va ularni topib mollarini qaytarib beradi. Shunda ham bu 
karvon mollaridan o‘ziga hech narsa ta’ma qilmaydi. Bobur mana shunday e’tiqodli kishining o‘g‘li 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish