Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
10 
erkandur... Ul (Qipchoq atalgan) o‘g‘lonni xon o‘z qo‘linda saqladi (tarbiyaladi U.S.). Yigit 
bo‘lgandin so‘ng... Qipchoqg‘a ko‘p el va navkar berib... Atil (Itil) suvining yaqasina yubordi... Uch 
yuz yil Qipchoq ul yerlarda podshohliq qilib o‘lturdi. Barcha qipchoq eli aning naslindin tururlar. 
O‘g‘uzxonning zamonidin to Chingizxon zamonigacha Tin, Atil va Yoyiq, bu uch suvning yoqosinda 
Qipchoqdin o‘zga el yo‘q erdi... Aning uchun ul yerlarni Dashtiqipchoq derlar” (“Shajarai turk”, 21-
22-bb.) [11, 21-22]. Demak, Abulg‘oziy Bahodirxon qipchoq etnonimini yuzaga kelishini shaxs nomi 
bilan bog‘lagan. Shunga qaramay, Abulg‘oziy Bahodirxon qipchoqlarning yuzaga kelishi, yashash va 
tarqalish o‘rni, hukmdorlik davrlari haqida bergan ma’lumotlar xarakterlidir. Aslida o‘zbek 
etnonimidek, qipchoq ham qadimgi turkiy urug‘-qabila nomini ifodalagan. 
Ba’zi tarixiy manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, qipchoqlar Osiyoda juda eski turk qabilalardan 
biri (Abulg‘oziy bo‘yicha O‘g‘uzxon zamonida paydo bo‘lgan) bo‘lsalar-da, Yevropa va Ruslarga 
hijriy 447, milodiy 1055-yillardagina Dnepr daryosi bo‘ylarida, Peryoslovul shahri atroflarida paydo 
bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan. Ularning ko‘prog‘i ko‘chmanchi va ba’zilari shaharlarda turg‘un madaniy 
hayot kechirganlar. Tarixiy manbalarda ularining maxsus shaharlari ham bo‘lganligi aytilgan. 
Turkiston sahrolari atrofida, Yoyiq, Volga, Don daryolari sohillarida, Bahri Hazar, Azoq, va Qora 
dengizi bo‘ylarida, Qrim hududlari, Dnepr, balki, Dunayga qadar bo‘lgan yerlar qipchoqlarga nisbat 
berib, Dashtiqipchoq (Qipchoq sahrosi) nomi bilan ataganlar. Ularga xos juda ko‘p urug‘lar 
bo‘lganligi ham ta’kidlanadi [3, 156-157]. 
Qipchoqlarning qadimda turkiy qabilalar ittifoqidagi o‘rni haqida taniqli olimlarimizdan 
Nasimxon Rahmonov
 
ham muhim ma’lumotlarni beradi. Chunonchi, qipchoq urug‘i aslida 
arshakiylarga borib taqaladi. Arshakiylar sak turklari birlashmalari tarkibida bo‘lgan, ularning 
miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikda mustaqil davlatlari yuzaga kelgan. Ular turkiy tilning 
qipchoq-o‘g‘uz lahjasida so‘zlashganlar. Shu bois qipchoqlar bu davlatning tayanchlaridan bo‘lgan 
urug‘lardan sanalgan. Bu davlat o‘sha davrlarda Eronning Sharqiy qismini, Turkmanistonni, Anatoliya 
(Turkiya)ni o‘z ichiga olgan. “Arshak” aslida turkiycha bo‘lib, “ar” va “shak”, ya’ni “er” va “sak” 
so‘zlaridan shakllangan. Yevropada ular “kimerlar” deb yuritilgan. Arshak davlatiga Kasbiy 
dengizining janubi-sharqidagi “day” qabilasining boshlig‘i Arshak asos solgan. Bu davlat 7 ta turk 
urug‘i-qabilasidan: imi, imak, tatar, boyandir, qipchoq, xidxaz va islanlardan tashkil topgan. 
Keyinchalik ular bilan yana (milodgacha 452-429-yillarda) “kichik arshakiylar” birlashib iqtisodiy va 
harbiy jihatdan mavqeyi mustahkamlangan sak-iskitlarning dunyodagi eng qudratli davlatlaridan 
biriga aylangan. Shuningdek, miloddan avvalgi VII asrda shakllangan Kengaras (Kenagas) davlati 
tarkibida ham qipchoqlarning mavqeyi baland bo‘lgan. Hatto, davlat boshida kenagaslar tursa-da, 
ularga qaraganda qipchoqlarning mavqeyi ustun turgan. Davlat boshqaruvida qipchoqlar bilan birga 
qorluq va o‘g‘uz guruhlarining mavqeyi ham sezilarli bo‘lgan. Umuman, bu davlatda miloddan oldingi 
VII asrdan to turk hoqonligi tugaguncha qipchoqlar, qarluqlar, o‘g‘uzlar mavqeyi ustun bo‘lgan. 
Kengaras davlati milodiy V asrgacha yashab, Samarqand, Kesh, Kushon, Toshkent, Buxoro va 
Xorazm hududlarida hukmronlik qilgan [4, 9-11]. 
Qipchoqlar va ularning qisqacha tarixi haqida akademik Karim Shoniyozovning, ma’lumotlari 
o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Olimning yozishicha, qipchoqlar qadimgi turkiy qabilalardan biri bo‘lgan. 
Bular miloddan avvalgi III-II asrlarda va miloddiy I-II asrlarda Oltoy tog‘larining shimoli-g‘arbiy 
mintaqalarida, Irtish daryosi bo‘ylarida, Tarbag‘atayning g‘arbiy mintaqalarida yashaganlar. VI 
asrning ikkinchi yarimlarida qipchoqlarning talay qismi Turk hoqonliklari tarkibida bo‘lgan. Shu 
davrlarda ular Oltoydan chiqib, Irtish daryosining sohillariga qo‘chib o‘tib, Ishim, Tobol daryosi 
havzalarida va Urol tog‘oldi mintaqalariga joylashganlar, IX-X asrlarda Kimak davlati tarkibida 
bo‘lganlar. XI asr boshlarida qipchoqlar kuchayib ketib, o‘zlari mustaqil qabila ittifoqini tuzganlar. XI 
asrning birinchi choraklarida qipchoqlarning katta qismi Sirdaryo bo‘ylariga, unga tutash cho‘llarga 
kelib o‘rnashgan edilar. XI asr o‘rtalarida esa, ularning yana bir katta qismi Volga daryosi sohillariga 
– Janubiy rus cho‘llariga borib o‘rnashganlar va XIII asr boshlarigacha bu yerlarda hukmronlik 
qilganlar. Rus solnomalarida ular “polo
vsы”, “kuman” nomlari bilan tilga olingan. XIII asrning 
birinchi yarimida qipchoqlar mo‘g‘ullar istilosidan qattiq talafotga uchrab, ularning bir qismi G‘arbiy 
Yevropaga (Vengriya, Yunoniston), Misr, va Old Osiyo mintaqalariga borib o‘rnashganlar, 
keyinchalik o‘sha yerdagi mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar [5, 177]. 
Shuningdek, akademik G‘.Abdurahmonov, o‘zining “O‘zbek xalqi va tilining shakllanishi 
haqida” risolasida R.A.Guseynov fikrlariga qo‘shilgan holda, X asrning birinchi yarimida Turkistonda 
o‘g‘uz va qipchoq turkiy qabilalarining uyushmasi (saljuqiylar) tuzilib, X-XII aslardan oldingi Osiyoni 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish