ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
17
shakllanayotganini kuzatamiz. Shu bois bunday kauzativlikni
murakkab kauzatsiya
deb ataymiz.
Tahlil qilinayotgan makromatn esa
murakkab kauzativli qurilma
hisoblanadi.
Shuni aytish kerakki, hamma vaqt ham kauzaoperatorlarning mavqei va bajaradigan vazifasi
sintaktik derivatsiyani yuzaga keltiruvchi operatorlarnikidek baland bo‘lmaydi. Ya’ni, ular har doim
ham operandlarning sintaktik munosabatini ta’minlay olmaydi.
Umuman olganda, analitik tushunchalar, mayl va nisbat qo‘shimchalari, ayrim kelishik
shakllari kabi unsurlar kauzativlikni shakllantiruvchi morfologik vositalar hisoblanadi. Ularning
ba’zilari sintaktik jihatdan ustuvor ahamiyat kasb etadi. Berilgan misollarning ikkinchisida
-sin
qo‘shimchasi va
majbur bo‘lmoq
fe’li, uchinchisida esa affiks shaklidagi
-chi
yuklamasi,
buyurmoq
fe’li kauzaoperator vazifasini bajarmoqda. Ammo ularning mavqei birinchi misoldagi
-sa
shart mayli
bilan ifodalangan operatornikidek yuqori emas. Shuni aytib o‘tish kerakki,
majbur bo‘lmoq, buyurmoq
fe’llari ham ikki vazifani o‘tamoqda. Ular
tub struktura
bo‘lishi bilan bir qatorda,
kauzaoperator
vazifasida ham kelmoqda. Aynan shuning uchun ham gap, MSQ kabi sintagmatik qator birliklari
kauzativ struktura
sifatida shakllanmoqda.
Fe’lning jumla tarkibida ohanrabo vazifasini bajarishini va shu bois jumlaning boshqa
komponentlari u orqali boshqarilishini L. Tenyer o‘tgan asrning 50-yillarida ilmiy dalillab bergan
edi[17]. Tahlil qilinayotgan misollardan ko‘rinib turibdiki, darhaqiqat, fe’l tub struktura vazifasida
kelishidan tashqari butun qurilmani kauzativ ma’noda voqelanishini ham ta’minlamoqda. Boshqacha
aytganda, fe’l aktantlar bilan valentlik hosil qilishi bilan birga ularni qandaydir harakatni ijro etishga
undayotganligi aniq sezilib turibdi.
Yordamchi fe’llardan tashqari, morfologik kauzativlikni ifodalovchi analitik vositalardan yana
biri ohang hisoblanadi. Ohang, odatda, urg‘u va melodika bilan farqlanadi. Ular ohangning tarkibiy
qismlari sanaladi. Ammo ba’zi tillarda urg‘u, ba’zilarida esa melodika grammatik ma’no ifodalashda
faol qatnashadi[19,38].
Til belgilarining nutqqa ko‘chirilishi, shubhasiz, insonning tafakkur faoliyati bilan bog‘lanadi.
Nutqda kauzativ qurilmalarning ishlatilishi til unsurlarining mexanik tarzda nutqqa ko‘chirilishi emas,
balki so‘zlovchining til sistemasi va so‘zlashuv muhiti bilan munosabati natijasini taqozo etadi. I. V.
Arnold ham inson omilining til sistemasi voqeligi uchun ustuvor ahamiyat kasb etishini alohida
ta’kidlaydi: «Tilni faqat o‘z qobig‘ida uning ijodkori va egasi ishtirokisiz tasavvur etib
bo‘lmaydi»[4,125-126].
Til hodisalarini o‘rganishda har doim quyidagi uchlikka asoslanish maqsadga muvofiqdir: til –
so‘zlovchi – pragmatik omillar. Ravshanki, mazkur uchlikning uchinchi muchasi intonatsiyani ham
o‘z ichiga oladi, uning real qo‘llanishi esa nutq muhitining talablariga bog‘liq bo‘ladi. Intonatsiya
haqida gapirganda shuni ham aytish kerakki, u til sistemasi unsurlari jumlasiga kirmaydi, zotan, tilda
fonema, morfema va so‘zdan boshqa narsa yo‘q. Intonatsiya nutq unsuri sanalib, til sistemasi
birliklarining nutqda real qo‘llanishiga so‘zlovchi orqali ta’sir etadi.
So‘zsiz, til nutqqa so‘zlovchi tomonidan kiritiladi. Bu esa so‘zlovchining tilga ta’sirini yanada
oshiradi. Demak, supersegment vositalarning til hodisalariga munosabati ham so‘zlovchi orqali
voqelanadi. Shu bois kauzativlikning intonatsiya orqali namoyon bo‘lishi ham insonning nutqda
supersegment unsurdan qay tarzda foydalanishi bilan amalga oshadi:
Emdi bir-ikki buzuqbosh chiqib, menim tinchlig‘imni buzmoq istaylar! Qo‘yaman sizni!
(A.
Fitrat. Abulfayzxon).
Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki,
Qo‘yaman sizni
jumlasida ifodalanayotgan intonatsiya
orqali
mening tinchimni buzganligingiz uchun sizlarni qo‘ymayman
, degan kauzativ ma’no ifodasi
ro‘yobga chiqayotganligi izoh talab qilmaydi. Boshqacha aytganda, bir shaxsning qandaydir harakatni
amalga oshirganligi (kishilar tomonidan tinchlikning buzilganligi) sababli, boshqa bir harakatning
bajarilishi kuzatiladi. Bunday holatda ohang morfologik kauzatsiyaning analitik vositasi sifatida
kauzaoperator
vazifasini o‘taydi.
Kauzativlik mavzusi yoritilgan ayrim ishlarda leksik kauzativlik morfologik kauzativlikning
analitik vositalari asosida hosil bo‘lishi bilan chalkashtirib yuboriladi: «Ko‘pgina yasama bo‘lmagan
o‘timli fe’llar o‘zining ifodalanuvchi tomoniga ko‘ra kauzatsiyalash xususiyatiga ega bo‘ladi.
Masalan, rus tilidagi
kesmoq, qo‘ymoq, ochmoq
kabilarni leksik jihatdan kauzatsiyalovchi fe’llarga
misol qilishimiz mumkin». Fikr davom ettirilib,
kesmoq
asosida nimanidir bo‘lish,
qo‘ymoq
asosida
nimanidir joylash,
ochmoq
asosida nimanidir ochish nazarda tutilishi ta’kidlanadi[11,381].
Do'stlaringiz bilan baham: |