ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
16
Жан напишет письмо директору.
Je ferai écrire une lettre au directeur par Jean.
Я заставлю (каузирую) Жана написать письмо директору.
Bundan tashqari, olim morfologik kauzativlikning analitik turini sintaktik kauzativlik bilan bir
xil hodisa sifatida talqin qiladi: «К аналитическим, или синтаксическим, каузативам относится
английское
make,
немецкое
lassen,
французское
faire
»[18,432].
Bizningcha, mazkur fikrning e’tirozli tomonlari bor. Kauzativlik tushunchasining yordamchi
fe’llar bilan izohlanishining o‘zigina sintaktik kauzativlikni to‘liq yoritib bera olmaydi. Sintaktik
kauzativlik deganda til belgilarining nutqda turli xil lingvistik unsurlar yordamida kauzativ ma’no
og‘ushida faollashuvini tushunamiz. Agar, Y. G. Testeles aytganidek, analitik kauzatsiyada kauzativ
ma’no yordamchi fe’llar bilan hosil bo‘ladigan bo‘lsa, u holda kauzativ qurilmalar hosil bo‘lishining
bu turini faqat analitik tillarda emas, balki agglyutinativ tillar materiallari asosida ham kuzatishimiz
mumkin.
Masalan, Q. Sapayev fe’ldan anglashilgan harakatning xarakteristikasini ko‘rsatuvchi va
modal ma’no ifadalovchi shakllari haqida gapirib, fe’lning bu shakllari harakatning miqdoriy belgisi,
uning bajarilish tusini, harakatning bajaruvchi tomonidan turlicha baholanishi singari modal
ma’nolarni anglatishi va fe’lning modal shakllari tuzilish jihatidan sintetik va analitik shaklga
bo‘linishini to‘g‘ri ta’kidlaydi[16,186]. Olim
qo‘y
ko‘makchi fe’li ravishdoshga hech qanday
grammatik vositalarsiz birikkanda harakatni bajarishga da’vat, maslahat kabi ma’nolarni ifodalashini
aytadi hamda quyidagi misolni keltiradi:
O‘zingizni koyitib ovora bo‘lmang, tayyor bizning qo‘shda haydang qo‘ying-da
(M.Ismoiliy).
Darhaqiqat, keltirilgan misolda
qo‘y
ko‘makchi fe’li orqali bir shaxsning (bajaruvchining)
ta’siri bilan boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakat ifodasi mavjudligini
ko‘ramiz. Boshqacha aytganda,
qo‘y
ko‘makchi fe’li kauzativ qurilmani hosil qiluvchi analitik vosita
ekanligi izoh talab qilmaydi.
N. A. Baskakov ham turkiy tillarda grammatik ma’noning voqe bo‘lishi quyidagi uch usulga
asoslanishini ko‘rsatadi:
1. Mustaqil so‘zlarning ko‘makchi so‘zlar bilan birikuvi.
2. Sintetik usul.
3. Analitik usul[5,13].
Shunday ekan, o‘zbek tilida ham
tayinlamoq, majburlamoq, buyurmoq, undamoq, da’vat
etmoq
kabi fe’llar bilan bemalol kauzativ qurilmalar shakllanishi mumkin:
1.
Abdulla aka «Mushtum»ga telefon qilib: «Said Ahmad kelsa, albatta menga uchrashsin», -
deb tayinlagan ekan
(S. Ahmad. Yo‘qotganlarim va topganlarim).
2.
Studentlar shovqin ko‘tarib: «Muhokamani Abdulla Qahhor boshlab bersin»,-deyishdi.
Fakultet dekani Abdulla Qahhorga so‘z berishga majbur bo‘ldi
(S. Ahmad. Yo‘qotganlarim va
topganlarim).
3.
Bir kuni Tarmochuqqa qal’a atrofini qadamlab chiq-chi, deb buyurdi
(M. Ali. Ulug‘
saltanat. Birinchi kitob).
Keltirilgan misollarning birinchisida
kauzatorning
(Abdulla aka)
ta’siri bilan «Mushtum»
jurnalidagi xodim tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakat ifodasi anglashiladi. Yuqorida
aytib o‘tganimizdek, kauzativ qurilmalarning shakllanish jarayoni derivatsion qonuniyatlarga
asoslanadi. E’tiborli tomoni shundaki, ushbu makromatn tarkibiy qismlarining har birida
kauzaoperator
mavjudligini kuzatamiz. Mazkur qurilmani makromatn deb tahlil qilishimizning sababi
uning operandlaridan biri tobe komponentli MSQ (murakkab sintaktik qurilma) bo‘lib, u mikromatn
tarzida o‘rganiladi. Makromatnning birinchi komponenti sodda gapdan iborat bo‘lib, uning tub
strukturasi vazifasida kelayotgan
tayinlamoq
fe’li analitik vosita sifatida kauzaoperator ham
hisoblanadi. Makromatnning ikkinchi muchasi esa tobe komponentli MSQ bo‘lib, unda ham tub
struktura sifatida kelayotgan
uchrashmoq
fe’liga birikib kelayotgan buyruq-istak mayli qo‘shimchasi
-
sin
kauzaoperator sanaladi. Kauzativlik tushunchasi bevosita shart ma’nosi bilan ham bog‘langanligi
tufayli, makromatn ikkinchi muchasining tobe qismiga birikib kelayotgan
-sa
shart mayli
qo‘shimchasi ham kauzaoperator vazifasini bajaradi. Boshqacha aytganda, mazkur affiks bir yo‘la ikki
vazifani: birinchidan, tobe komponentli MSQ operandlarining derivatsion munosabatini
shakllantiruvchi operator, ikkinchidan, kauzativlik ma’nosini yuklovchi kauzaoperator funksiyasini
o‘taydi. Natijada, kauzaoperatorlar yig‘indisi orqali yanada kuchliroq kauzatsiyaning
Do'stlaringiz bilan baham: |