Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
15 
grammatik kategoriyaga nisbatan mantiqiy kategoriyaga yaqin turadi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi 
misolga e’tibor qarataylik:
Besh minutdan keyin adyutant nima uchundir og‘zi qulog‘iga yetib chiqdi 
(M.Ismoiliy. 
Farg‘ona tong otguncha). 
Ko‘rinib turibdiki, 
adyutantning 
xursand bo‘lishi qandaydir sababga bog‘liq holda ro‘yobga 
chiqmoqda. Bunda, o‘z navbatida, kauzativ ma’noni yuzaga keltiruvchi harakat sodir 
bo‘layotganligining guvohi bo‘lamiz. Boshqacha aytganda, bunday holatdagi kauzativ ma’no gapning 
presuppozitsiyasiga
qarab aniqlanadi. Bu haqda Y. A. Daduyevaning «
Общая характеристика 
каузативных глаголов» nomli maqolasida aytgan fikri diqqatga sazovordir: «B семантической 
структуре каузативных глаголов также выделяется «сема состояния, признака, приписываемого 
объекту действия», т.е. следствие, логически вытекающее из семы причинности. Именно 
поэтому «каузативные глаголы обозначают действия-состояния, действия-события, действия-
качества, действия – локальные отношения и т.д»[7,79].
Aslida, kauzativlik tushunchasining semantik tomondan tadqiq qilinishi ham derivatsiya 
qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Zotan, derivatsion nuqtayi nazardan olib qaralganda derivatsiyaning har 
qanday turida (leksik, semantik, sintaktik) shakllanish nazarda tutiladi. Shunday ekan, bu jarayonda 
kauzativ ma’noning shakllanishini kuzatamiz. Shu bois, derivatsiyaning bu turini 
kauzasemantik 
derivatsiya
deb ataymiz. Chunki yuqorida keltirilgan misolda kauzativ derivatsiya operandlari 
nima 
uchundir 
so‘roq olmoshi bilan ifodalangan 
semantik kauzaoperator
orqali kauzativ ma’nodagi 
derivatsion munosabatga kirishmoqda. Natijada 
kauzaderivat
(kauzativli hosila struktura) 
shakllanmoqda. Lekin bu xildagi operatorlar hamma vaqt ham gap tarkibida talab qilinavermaydi: 
Besh minutdan keyin ad’yutant og‘zi qulog‘iga yetib chiqdi. 
Bunda, garchi real semantik kauzaoperator qatnashmagan bo‘lsa-da, sabab ma’nosini beruvchi 
kauzativ distributsiyani anglaymiz. Ushbu jarayonda esa nol ifodali kauzaoperator muhim ahamiyat 
kasb etadi. Zero, derivatsion jarayon operatorsiz voqelanmaydi. Bunday operatorning tiklanishi har 
doim ham amalga oshmaydi, chunki jumla mazmunidan nutq jarayonida uning kauzativ qurshovdaligi 
aniq sezilib turadi. Bu esa belgisiz operatorlardan shu jihati bilan farq qiladi. Kauzativlikni semantik 
nuqtayi nazardan o‘rganish alohida mavzu obyekti hisoblanadi, albatta. Ammo biz aytayotgan fikrimiz 
orqali kauzativlikning grammatik kategoriya emasligini dalillay olamiz.
Shuni aytish kerakki, deyarli barcha ishlarda morfologik kauzatsiya va analitik kauzatsiya 
tushunchalari bir-biridan farqlab o‘rganilgan[8]. Aslida, 
analitizm
hodisasi tilshunoslikning 
morfologiya sohasi bilan bog‘liq ravishda talqin qilinadi. 
«Analitizm»
termini grekcha so‘zdan olingan 
bo‘lib, 
«bo‘lish», «ajratish»
degan ma’nolarda ishlatiladi. Bu tushuncha so‘zning morfologik 
o‘zgarmasligida (turlanmasligida) namoyon bo‘ladi. So‘zning morfologik o‘zgarmasligi natijasida 
grammatik ma’no yordamchi so‘zlar (ba’zan mustaqil so‘zlar uyg‘unligida), so‘z tartibi, ohang orqali 
ifodalanadi. Lekin, shuni ham aytish kerakki, analitik kategoriya tushunchasi, o‘z navbatida, 
vazifasiga ko‘ra leksik, morfologik va sintaktik turlariga bo‘linishi bilan farqlanadi[6,31]. Biz esa, 
ayni paytda, analitizmning morfologik nuqtayi nazardan talqin qilinishiga e’tibor qaratmoqdamiz.
Morfologik tomondan yordamchi so‘zlar (ba’zan mustaqil so‘zlar), ohang analitika 
tushunchasi bilan bog‘lanar ekan, kauzativ ma’no ham sanab o‘tilganlarning barchasi bilan bemalol 
ifodalanaveradi. Shu bois, kauzativlikning analitik vositalar bilan ifodalanishini morfologiya 
sohasidan alohida o‘rganilishida lingvistik ma’no yo‘q deb hisoblaymiz. Boshqacha aytganda, 
kauzativlikning analitik vositalar bilan hosil bo‘lishini morfologik kauzatsiyaning bir turi sifatida 
tadqiq qilish to‘g‘ri bo‘ladi. 
Y. G. Testelesning morfologik kauzatsiyaning analitik turi tabiati talqiniga bag‘ishlagan 
fikriga ko‘ra, kauzativlikning analitik vositalar bilan ifodalanishi maxsus yordamchi fe’llar bilan hosil 
bo‘ladi va bu faqat ingliz, nemis hamda fransuz tillariga xosligi ta’kidlanadi. Fikr isboti uchun olim 
quyidagi misollarni keltiradi: 
Английский язык 
1. He works for me. 
Он работает на меня. 
make him work for me. 
Я заставляю (каузирую) его работать на меня. 
Французский язык 
2. Jean écrira une lettre au directeur. 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish