Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
22 
ko‘rsatadi. Shunday ishlardan biri E.N.Toporova «Shimoliy rus shevalarining leksik asoslanganligi» 
nomli dissertatsiyasidir. Unda sheva materiallari leksemalashuvi xususida mulohaza yuritib, u yoki bu 
leksik jarayonlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillarni tahlil qilinadi [7]. 
So‘z ichki shakli leksemalashuvi va demotivatsiyani chegaralash bir qadar murakkab 
jarayondir. Bundan tashqari, leksik material yana shundan dalolat beradiki, motivatsion 
munosabatlarni aktuallashtirish imkoniyatini yo‘qotgan so‘zning ichki shaklini «jonlantirish» 
tendensiyasi seziladi, ya’ni leksemalashgan yoki demotivlashgan so‘z remotivatsion jarayon ta’sirida 
yangi motivatsion aloqaga kirishadi. Shuni ham qayd etish kerakki, ko‘pchilik holatlarda 
demotivatsiya jarayoniga tovush shaklini o‘zgartirish yo‘li bilan ichki shakli leksemalashuv tufayli 
kuchsizlanmagan so‘z uchraydi. Paydo bo‘lgan leksemalashuv remotivatsion jarayonning tug‘ilishiga 
turtki bo‘ladi [3.103]. Demak, tilda leksemalashuv jarayonining paydo bo‘lishi tilning tarixiy 
taraqqiyoti zaruriyati bo‘lib, uning yuz berishi tilning amaldagi qonuniyatlariga to‘la mos keladi. 
Bunday «mos kelish» deganda, biz fikrni yangicha tarzda ifoda etish usullarini hamda nutq 
jarayonidagi ixchamlik va qisqalikka intilishni nazarda tutamiz. 
Leksemalashuv nutqiy jarayon bilan bevosita bog‘liq ekan, bu jarayonda yangi til 
birliklarining (bunda yangi ma’no anglatuvchi so‘zlar – neologizmlar nazarda tutiladi) vujudga 
kelishida uning yaratuvchisi bo‘lgan insonni ham e’tibordan tashqarida qoldirib bo‘lmaydi. Bu 
jarayonda til egasi uning individualligi va yaratuvchanligi sezilib turishi mumkin. Ana shu jarayonda 
so‘z bir qator bosqichlardan o‘tadi. Dastlab u me’yorlashuv jarayonini boshidan kechirishi lozim. 
Dastlab muomalaga kiritilgan birlik bilan til iste’molchilari – egalari tanishadilar. Uning ma’nosini 
anglashga intiladi, talaffuz tomoniga ham diqqat qilinadi. Boshqacha aytganda, ijtimoiylashish 
jarayonidan o‘tiladi. Shundan so‘ng u ommalashadi, me’yorlashadi, til egalari tomonidan e’tirof etiladi 
va lug‘at tarkibidan joy oladi. Keng ma’noda navbatdagi bosqich hisoblangan ana shu jarayonni ham 
leksemalashuv bilan bog‘liq, deyish mumkin bo‘ladi. 
Bu jarayonning faol ishtirokchilari milliy til himoyachilari va targ‘ibotchilari, millatning ilg‘or 
vakillari – ijodkor ziyolilar, maorif-madaniyat, ommaviy axborot vositalari xodimlari hisoblanadi. 
Ular yaratgan yangi til birliklari, jumladan, leksemalashuv yordamida vujudga kelgan leksemalar 
badiiy asarlarda, teatr sahnalarida, vaqtli matbuot sahifalarida, radio va televideniye eshittirishlarida 
o‘z ifodasini topadi va mustahkamlanadi. Undan foydalanish ko‘nikmasi shakllanadi, til egalarida shu 
birlikka nisbatan kommunikativ-pragmatik imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
A.I.Kuznetsova leksikalizatsiya hodisasini lingvistik jarayonlar silsilasida yaxshi o‘rgangan. U 
«har qanday tilning taraqqiyotida bir-biriga bog‘liq ikki tendensiyani: ayrim mustaqil so‘zlarning 
yordamchi vositalarga aylantiradigan leksik hodisalar grammatikalizatsiyasi hamda yordamchi 
vositalarning so‘zning uzviy qismiga, boshqacha aytganda morfemalarga aylanishini ajratish 
mumkin»ligini ta’kidlab, bunga agglyutinativ tillar, jumladan turkiy tillar misol bo‘la olishini uqtirib 
o‘tadi. Aytilgan mulohazalardan 
leksikalizatsiya 
hodisasini 
degrammatikalizatsiya, 
grammatikalizatsiya 
hodisasini esa 
deleksikalizatsiya 
tarzida tushunish ham mumkin bo‘ladi. 
Leksikalizatsiya hodisasining mohiyati shundan iboratki, bunda u yoki bu grammatik shakl o‘z 
paradigmasidan ajralib chiqib, mustaqil so‘z – 
leksema 
sifatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Mana shu 
tarzda tilda ko‘plab otlar, sifatlar, ravishlar, ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar paydo bo‘ladi, 
deb hisoblaydi muallif va quyidagi misollarni keltiradi: 
хотя – 
bo‘lsa ham, garchi
, бы – 
agar, 
basharti, bo‘lsa edi, koshki, esa
, впереди –
oldida, oldinda, ilgarida
, спасибо – 
rahmat, qulluq, 
tashakkur
, сливки – 
biror narsaning eng sara qismi, qaymog‘i
, леса (строительные) – 
havoza

заношенный –
 kiyilib eskirgan, kiyib to‘zdirilgan, eskirib qolgan, siyqasi chiqqan
kabi. 
Ma’lum bir holatda tushunchalar leksikalizatsiyasi – bir tushunchani ifoda etuvchi shakllar 
almashinuvi yuz beradi. Boshqacha aytganda, bir (grammatik) shakl ikkinchi bir shakl bilan to‘g‘ridan 
to‘g‘ri almashinadi. Semantik xususiyatlariga ko‘ra bir-biriga baravar keladigan, ammo stilistik 
jihatdan o‘zaro farqlanadigan birliklar almashinadi. Ushbu fikr leksemalashuv hodisasi haqidagi 
qarashlarni yanada kengaytiradi. Anglashiladiki, bir tushunchani ifoda etuvchi, bu tushunchani 
bildiradigan avvalgi shakldan firq qiluvchi ikkinchi bir shaklning paydo bo‘lishi shunchaki grammatik 
shaklning joy almashinuvi emas, balki leksemalashuvdir. Bu o‘rinini almashgan so‘zlarning semantik 
jihatdan bir-biriga mos kelishi, leksikalizatsiyaning stilistik jihatdan farqlanishi haqidagi fikr mazkur 
hodisaning nutqiy vazifasini aniq tasavvur qilinishiga olib keladi. A.I.Kuznetsova 
сообщите, 
выдайте, покажите, список tipidagi fe’llar ko‘magida kommunikativ vazifalarning leksemalashish 
imkoniyatlari axborotning maxsus tarmog‘i sifatidagi dastlabki tasavvur kommunikativ vazifasining 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish