ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son 100
agentlik
xizmatchilar) ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish; maxsus
faoliyat sohalari uchun (masalan, oilada personalni tanlash) personalni tanlash
bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
5.
Personal
autstaffingi
bo‘yicha agentlik
Buyurtmachi kompaniya shtatiga personal xulosasi va uni kompaniya
provayder shtatiga rasmiylashtiradi.
6.
Personal
autsorsingi
bo‘yicha agentlik
Agentlik shtatida turuvchi ishchilar, buyurtmachi tashkilotga xizmat ko‘rsatib,
o‘zlarining mehnat funksiyalarini bajaradi.
7. Ta’lim berish va so‘ng
ishga joylashtirish markazlari
Iqtisodiyot, yuristprudensiya, dasturlash, turizm, xizmat ko‘rsatish sohalari
uchun mamlakat va xorijda kafolatlangan ishga joylashtirish bo‘yicha eng
zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlashni taklif etadilar.
8. Boshqalar
Tadbirkorlik faoliyatining boshqa ko‘rinishlari bilan personalni tanlash va
ishga joylashtirish bo‘yicha alohida xizmatlarni birga olib boradi.
Ishga joylashtirish bo‘yicha nodavlat xizmatlar ko‘pincha aholining mehnatga layoqatli muayyan
kategoriyalari bilan, ya’ni boshqaruvning yuqori va o‘rta bo‘g‘inlariga yuqori malakali mutaxassislar,
zahiraga bo‘shatilgan harbiylar, muayyan kasblarda yuqori malakali ishchilar bilan ishlashga ixtisoslashadi.
Ularning xizmatidan foydalanishni milliy va xorijiy xususiy kompaniyalar afzal ko‘radilar. Davlat ish bilan
bandlik xizmatiga nisbatan agentliklarning ish beruvchilar bilan aloqalari yetarlicha uzviy va ahamiyatli
ravishda ishonchlidir.
Keyingi paytlarda mehnat bozorida ishga joylashtirishga ko‘maklashishning davlat va nodavlat
tuzilmalarining shakllanish samaradorligini baholash masalalariga ko‘pchilik tadqiqotchilar o‘z
e’tiborlarini qaratmoqdalar [1, 2, 3, 5]. Bunda asosan tadqiqot ob’ekti bo‘lib, muvofiq ravishda mijozlariga
xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-demografik va kasbiy-malaka tavsifi hisoblanadi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar bo‘yicha natijalarni umumlashtirsh shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat va
nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari mehnat bozorining turli segmentlarida xizmat ko‘rsatadi. Xususiy
xizmatlar mijozlarining ko‘pchiligini yoshlar (ularning o‘rtacha yoshi 26 yosh, bu vaqtda davlat ish bilan
bandlik xizmati mijozlari 40 yoshni tashkil etadi) va ko‘pchiligi yuqori darajadagi ma’lumotga ega (xususiy
agentliklar orqali ishga ega bo‘lgan yuqori ma’lumotga ega nomzodlar hissasi davlat ish bilan bandlik
xizmati orqali ishga joylashganlarga nisbatan 1,8 marta ortiq) bo‘lganlar tashkil etadi. Umuman xususiy
xizmatlar mijozlari ichida yoshlarning solishtirma miqdori davlat ish bilan bandlik xizmatiga nisbatan 1,5-2
marta yuqori.
Davlat ish bilan bandlik xizmati mijozlari o‘rtasida umumiy 20dan 30 yilgacha mehnat stajiga ega
fuqarolar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu vaqtda tijorat xizmatlarida 1 yildan 10 yilgacha tashkil etadi (2
yildan 5 yilgacha bo‘lgan guruhlar ish staji ustunlik qiladi).
Qo‘shimcha mutaxassislikka ega davlat ish bilan bandlik xizmati mijozlarining solishtirma miqdori
tijorat xizmatlarining mijozlariga nisbatan ancha past, chunki ular ishga joylashtirish bo‘yicha xususiy
agentliklarning potensial imkoniyatlarini yuqori baholaydilar.
Xususiy agentliklar kam hollarda mehnat bozorida raqobatbardoshligi past bo‘lgan aholi
kategoriyalari (kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan yoshlar bilan; uzoq vaqt ishsiz bo‘lganlar bilan va
h.k.) bilan ishlaydilar.
Xususiy xizmatlar mijozlari moddiy imkoniyati yuqoriroq odamlar hisoblanadi: davlat ish bilan
bandlik xizmatiga murojaat qilganlar o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot ma’lumotlari bo‘yicha o‘rtacha kishi
hisobiga oilaviy daromadga ega shaharning yashash minumimidan past bo‘lganlar hissasi 65,6 %ni tashkil
etgan, xususiy agentliklarga murojaat qilganlar o‘rtasida bo‘ndaylar 16,8 %ni tashkil etadi [8].
Taqqoslanayotgan tashkiliy tuzilmalar mijozlari o‘rtasidagi jiddiy farq bo‘lib, xususiy
agentliklarga ko‘pincha yangi ish izlash maqsadi bilan ishlaydigan fuqarolar, davlat ish bilan bandlik
xizmatiga esa ko‘pincha ish joyiga ega bo‘lmagan fuqarolar murojaat qiladi. Shunday ekan, davlat ish bilan
bandlik xizmatini xususiy tuzilmalarga solishtirganda, asosan mehnat bozorida yetarlicha yuqori resurs
imkoniyatiga ega fuqarolar murojaat qiladilar: oliy ma’lumotga, ish joyiga, muayyan farovonlikka ega
yoshlar; nafaqat ish qidiruvchilar, balki qo‘shimcha ish haqi olishga ega bo‘lmoqchi bo‘lganlar.
Davlat ish bilan bandlik xizmatining yutuqlaridan biri sifatida xususiy xizmatlar foydalanadigan
ma’lumotlar bazasi sifatida miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha mavjud bo‘sh ish joylari ma’lumotlar banki
hisoblanadi. O‘z navbatida, xususiy agentliklar ish beruvchilar va ish qidiruvchi fuqarolarga taqdim
qilayotgan bo‘sh ish joylari sifati va to‘liq axborotlarga egaligi bilan davlat ish bilan bandlik xizmatiga
nisbatan ustundir.
Aytish kerakki, davlat ish bilan bandlik xizmati mijozlarining taxminan to‘rtadan bittasi
“universal” kategoriyaga tegishli, ya’ni ham davlat ish bilan bandlik xizmati ro‘yxatida, ham xususiy