Tadqiqot metodologiyasi Tadqiqot jarayonda mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlari va ularning o‘zaro samarali
aloqadorligini aniqlash bo‘yicha iqtisodiy tizimlar va nisbatlarni o‘rganishga dialektik va tizimli
yondashuv, kompleks baholash, qiyosiy va solishtirma tahlil, statistik va dinamik yondashuv hamda
guruhlash usullaridan foydalanildi hamda ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini
baholashning optimal usullaridan foydalanish zarurati asoslandi.
Tahlil va natijalar Ma’lumki, milliy mehnat bozorlarida davlat ish bilan bandlik xizmatining paydo bo‘lish tarixi
1919 yildan XMTining yaratilishidan boshlanadi. XMTining dastlabki ishlab chiqilgan va qabul qilingan
Konvensiyasida (XMTining 1919 yildagi 2-sonli ishsizlik to‘g‘risida) ish bilan bandlik bo‘yicha bepul
davlat byurosini tashkil etish to‘g‘risida nizom qabul qilish masalasi qo‘yildi [7].
Respublikamizda davlat ish bilan bandlik xizmati tarkibi uch darajadan iborat: mamlakat
miqyosida ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasida davlat siyosatini yurituvchi Mehnat vazirligi, uning
hududiy darajalardagi boshqarmalari va shahar va tumanlar miqyosidagi markazlar. Ushbu tashkilotda ish
bilan bandlikka ko‘maklashish dasturlarining moliyalashtirilishi va ishsizlikdan ijtimoiy himoya qilish
funksiyalarining amalga oshirilishi asosan respublika byudjet mablag‘lari hamda aholini ish bilan
ta’minlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Bizning fikrimizcha, nodavlat ish bilan bandlik xizmatini bir necha turlarga tasniflash mumkin (1-
jadval).
1-jadval Mehnat bozorida nodavlat vositachi firmalarning turlari bo‘yicha tasnifi Agentliklar turlari Tavsifi 1. Ishga joylashtirish bo‘yicha
agentlik
Barcha kategoriyadagi ishchilar va mutaxassislarni ish joylariga tanlash va
yo‘naltirishni amalga oshirish bo‘yicha eng ko‘p sonli guruh. Ushbu tashkiliy
tuzilma tarkibida cheklangan guruhdagi mutaxassislarni ishga joylashtirishga
ixtisoslashgan agentliklarga ajratish mumkin.
2. Xorijda ishchi kuchini
yollash
va
mehnat
resurslarining
yoshlar
marketingi bo‘yicha agentlik
Malakali ishchi kuchiga talabni o‘rganishda xorijiy hamkorlarni izlash.
Test o‘tkazish, rezyume tuzishga ko‘maklashish, o‘qish va o‘qitish (asosan
xorij tiliga), ishchi vizalarini va yashash joylari bilan bog‘liq tartiblarni
rasmiylashtirish.
3. Kadrlar maslahati bo‘yicha
maslahat agentligi
Yuqori malakali mutaxassislarni ishga yollashga ko‘maklashadi, firmaning
kadrlar muammosi tahlilini olib boradi.
4.
Qisqa
ixtisoslashgan Alohida
kategoriyadagi
fuqarolarni
(bushatilgan
zahiradagi
harbiy