ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son
97
2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018
(Diagramma Jahon Banki xodimlari tomonidan tuzib chiqilgan statistika ma`lumotlari asosida
tuzildi)
Bunda jamio‘n uch (13) yillik migratsiya asosidagi pul o‘tkazmalari miqdori 46 mlrd437 mln
AQSh dollariga teng, o‘rtacha yillik hisobda 3 mlrd572mln AQSh dollariga teng bo‘lmoqda. Ushbu
diagramma orqali ko‘rish mumkinki, migratsiya asosida yuborilgan pul o‘tkazmalarining eng past
ko‘rsatgichlari 2006 va 2007-yillarga tegishi bo‘lib (2006-yilda 898 mln AQSh dollari, 2007-yilda esa 1
mlrd693 mln AQSh dollari) turibdi. Eng yuqori ya’ni baland ko‘rsatgichlar esa 2012,2013 va 2014-yillarga
tegishli (2012-yilda 5 mlrd693 mln AQSh dollari, 2013-yilda 6 mlrd689 mln AQSh dollari, 2014-yilda 5
mlrd653 mln AQSh dollari) ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Xulosa.
Shunday qilib, O‘zbekistonda migratsiya muammosi hozirda dolzarbligi bilan ahamiyatli
sanaladi. Shunday ekan bu boradagi yuzaga kelayotgan barcha muammolarning oldini olish zaruratipaydo
bo‘lmoqda. To‘g‘ri, mamlakatimizda mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi farmonlar, qarorlar va yana
bir nechta normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga joriy qilinishi:
-migratsiya jarayonlarini kompleks tahlil qilish, tashqi mehnat migratsiyasi sabablari va
omillarini, mehnat migrantlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shuningdek, ularning
xorijda bo‘lish shart-sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tizimli muammolarni aniqlashga;
-
tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijiy davlatlarning
vakolatli organlari bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda vaqtincha ishga joylashtirish,
ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qilishga;
-dastlabki kasbiy tayyorgarlik, moslashuv tadbirlarini amalga oshirish, mehnat migrantlarini
xorijda ishga joylashtirish, ularga, shu jumladan o‘z Vataniga qaytib kelganidan so‘ng huquqiy va ijtimoiy
yordam ko‘rsatish jarayonlarini samarali monitoring va nazorat qilishga;
-chet elda og‘ir vaziyatga tushib qolgan va yordamga muhtoj mehnat migrantlari tomonidan
masofadan turib murojaat yo‘llashga;
-mehnat migrantlari, ishga joylashish geografiyasi, ularning faoliyat yo‘nalishlari va turlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishga imkoniyatlar yaratiladi.
Bularning barchasi o‘z samarasini so‘zsiz berib kelmoqda, lekin, aynan migratsiya to‘g‘risidagi
qonunning qabul qilinishi bu boradagi muammolarga yechim bo‘lishi, chet ellarda mehnat migranti bo‘lib
yurgan ko‘plab fuqarolarimiz uchun, ularning oila a’zolari uchun juda ham foydali bo‘lishi aniq. Ushbu
qonun orqali salbiy oqibatlarni batamom yo‘qotish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz qiyin albatta, ammo
deyarli 80-90% ga salbiy oqibatlarni chetlab o‘tilishi aniq va ravshan. Hamma chet elda faoliyat
yuritayotgan mehnat migrantlari faoliyati qonuniylashtirilib qo‘yilsa va shaxsan davlat aralashuvi bilan bu
ishlar amalga oshirilsa, xususiy bandlik agentliklari davlat tasarrufiga o‘tkazilsa, odamlar aldanib
qolmaydi, chetda yurgan fuqarolarimiz ham ortida o‘z davlati turganini anglab, erkin, huquqlari poymol
bo‘lmasdan, doimiy davlat nazoratida bo‘lishadi. Pul o‘tkazmalarini muntazam amalga oshirib turishlaridan
davlat manfaatdor bo‘lsa, ikkinchi tomondan fuqarolar ehtiyojlari doimiy qondirilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |