ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son 95
Kirish. O‘zbekiston Respublikasida mehnat migratsiyasi bo‘yicha XX asr oxiri va keyingi yillarda
kuzatilgan muammolar, bundan tashqari shu ko‘rsatilgan vaqtda O‘zbekistonga migratsiya asosida
yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari tizimli muammolari va statistika tahlillari haqidagi ma’lumotlarning
kam o‘rganilganligi bu mavzuning bugungi kundagi dolzarbligini belgilaydi.
Maqolada o‘tgan asrning oxiri va bugungi kungacha tashqi migratsiyaga bo‘lgan munosabatlar,
migratsion munosabatlar sababli yuzaga kelgan ijobiy sabablar va salbiy oqibatlar haqida so‘z yuritilib,
migratsion yondashuvlarga alohida e’tibor qaratilib o‘tilgan. Mehnat munosabatlarini yaxshilash chora-
tadbirlari qanday holatda bo‘lganligi, hozirgi kunga qadar bu sohadagi kamchilik va muammolarni bartaraf
etishga qaratilgan say-harakatlar, qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlarining amaliyotga joriy etilishi
va samarasi ko‘rsatib o‘tilib, mustaqillikning ilk kunlaridan davlatimizda migratsiya masalalari
muammolarini bartaraf etishda amalga oshirgan chora-tadbirlari yoritib berilgan.
Bundan tashqari xalqaro pul o‘tkazmalarining aniq hisob-kitobi Jahon Banki xodimlari tomonidan
tuzib chiqilgan statistika ma’lumotlari asosida chuqur tahlil etilib, diagramma ko‘rinishida havola
etilmoqda. Mehnat migratsiyasi kelib chiqishining asosiy sabablari va migratsiya bilan uzviy bog‘liq
bo‘lgan tushunchalar keltirilib, aniq faktlar bilan ko‘rsatilib berilgan va o‘sha davrdagi noqonuniy
migratsiyaning ortib ketishi haqida batafsil ma’lumotlar berilib, migratsiya jarayonlari o‘rganishining ilmiy
yondashuvlari haqida ham to‘xtalib o‘tilgan.
Asosiy qism. XX asrning so‘nggi yillarida butun dunyoda migratsiya masalalari global
muammoga aylanib qolgan edi, bu masaladagi muammolar hozirgi kunga qadar sezilib, o‘zining o‘rnini
bildirmoqda. Migratsiya masalalari inson taqdiri va hayoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lib kelgan, chunki, bu
borada gap ketganda mehnat migrantining taqdiri hammani o‘ylantirib qo‘yishi tabiiy hol albatta. Chet el
mamlakatlarida mehnat migrantligi bilan shug‘ullanayotganlarning hammasi ham “galstukli ishchi”lar
toifasiga kirmaydi, demak ularning hayot xavfsizligi, noqonuniy migratsiya bilan olib qarasak,
kafolatlanmaydi. Mehnat migrantlarining noqonuniy yo‘l bilan ishlash uchun o‘zining mamlakatini tark
etish holatlari XX asr va bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biriga aylanib qolgani bu hech
kimga sir emas. Hozirgi kunda ham noqonuniy migratsiya hech bir mamlakatda to‘liq bartaraf etilmagan va
mehnat migrantining hayot xavfsizligi yoki bo‘lmasa uning sog‘lig‘i, huquq va manfaatlari hamda ularning
oila a’zolari uchun ishonchli shart-sharoitlar to‘laligicha kafolatlanmagan. Mehnat migrantlarining
noqonuniy tarzda ishlashga chet el mamlakatlariga borishlari ularning insoniy qadr-qimmati va huquq
erkinliklari o‘zlarining tanlagan yo‘llari sabab poymol bo‘lishi hech gap emas.
XX asr oxirlarida endigina mustaqillikka erishgan, yosh O‘zbekistonda mehnat migrantlarining
chet ellarga chiqib ishlab kelish holatlari ko‘rsatgichlarda o‘sa boshladi, bunda aldovga uchrab qolish, ya`ni
odam savdosi qurboniga aylanib qolish holatlari ayniqsa avj olgan pallalar edi, mehnat migrantligiga jo‘nab
ketgan fuqarolarimiz shu kabi holatlarga uchrab qolgani haqida deyarli har kuni ommaviy axborot
vositalari orqali eshitilar edi. Bundan tashqari noqonuniy tarzda mehnat migrantligini tanlagan fuqarolar
diniy aqidaparastlar qurshoviga tushib qolish holatlariga uchrab turishdi. Bu kabi masalalar nafaqat yosh
O‘zbekistonda, balki butun dunyo mamlakatlarida kuzatila boshlandi. Yana shuni ta’kidlab o‘tish zarurki,
bunday holatlarga uchragan migrantlar orasida o‘lim yoki bo‘lmasa mayib-majruh bo‘lib qolishlarning
“salmog‘i ortdi”. Bunday vaziyatda mamlakatlarda albatta fuqarolarning huquq vaerkinliklarini ta’minlash
uchun migratsiya munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risidagi qonunlarga ehtiyoj seziladi.
Mamlakatimizda migratsiya munosabatlarini tartibga soluvchi bir qator hujjatlar qabul
qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12- noyabrdagi “Chet elda O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolarining mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish va O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolarining chet elda va O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarini ish bilan
ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal qilish vazifasi yuklatilgan. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga
(AVVTM), shuningdek, Mehnat vazirligi huzuridagi fuqarolarni chet ellarda ish bilan ta’minlash bo‘yicha
mintaqaviy boshqarmalarga O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish mas’ulyati
yuklatilgan.
2019-yil 17-yanvardagi Prezidentimizning 5635-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «2017 – 2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi»da
belgilangan vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida 2019-yil 17-may kuni
«O‘zbekiston Respublikasida migratsiya siyosatini ta’minlash muammolari va yechimlari» mavzusida
respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.