ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son
92
10. Xulq-atvorning muayyan harakatini taqlid qilish, ta’miga, kiyim-kechak rusumiga, poyabzal va
boshqalar.
Motivatsiya –
bu ma’lum darajadagi tuyg‘u bilan uyg’unlashgan ichki va tashqi harakatga
keltiruvchi kuchlarning yig’indisi bo‘lib, u insonni yaxshi niyat ila o‘ziga xos tarzda maqsad sari undaydi,
yaxshi niyat qilish jarayoni esa o‘z navbatida, o‘zini va boshqalarni tashkilotning va (yoki) shaxsning
maqsadlariga erishish bo‘yicha muayyan harakatlarga yetaklaydi. [2]
Motivatsiya funksiyasini amalga oshirishda menejmentning vazifalari quyidagilardir:
1. Zamonaviy motivatsiyaning nazariyalarini qo‘llagan holda har bir menejerda xodimlarni
boshqarish bo‘yicha demokratik yondashuvlarni shakllantirish.
2. Har bir xodimda mehnat jarayonida motivatsiyaning mohiyati va ahamiyatini tushunishga
imkoniyat yaratish.
3
.
Har xil darajadagi rahbar va ishchilarni tashkilotda muloqotning ruhiy asoslari bo‘yicha
o‘qitish.
Ushbu vazifalarni bajarishga kirishishdan oldin tahlil qilib ko‘rish kerak:
• tashkilotda biror faoliyatga undash, qiziqtirish jarayonining yo‘lga qo‘yilganligi;
• shaxsiy va guruhiy motivatsiyalar va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik;
• har bir xodimning faoliyatiga turtki berish dinamikasi;
• xodimlar faoliyatining natijasiga motivatsiyaning ta’siri.
• kooperatsiyalashuv asosida boshqa shaxslar bilan o‘zaro hamkorlikning yo‘lga o‘yilganligi. [1]
To‘liq tahlildan so‘ng motivatsiyani o‘zgartirish, ya’ni kuchaytirish kerak.
Motivatsiyalash
- bu insonning yaxshi niyatini inobatga olish bilan uni faollashtirib, biror narsa
qilishga undash, muayyan harakatlarni amalga oshirishi uchun unga ta’sir ko‘rsatish jarayonidir.
Motivatsiyalash menejmentning asosiy o‘zagi hisoblanadi, uning samarasi esa ko‘plab undovchi
sabablarning tug‘ilishiga bog‘liq.
Motivatsiyaning ikki asosiy turi bor:
1. Kerakli harakatlarga olib keladigan niyatlarni uyg‘otish yo‘li bilan o‘zi xohlagan natijaga olib
kelishga sabab bo‘ladigan darajada insonga tashqi ta’sir qilish. Ushbu tur savdodagi bitimga o‘xshab
ketadi, ya’ni, “men sizga nimani xohlasangiz, shuni beraman, ammo siz ham mening xohishimni qondirib
berasiz.”
2. Insonda muayyan motivatsion tuzilmalarni shakllantirish. Motivatsiya-lashning mazkur turi
ta’lim va tarbiyaviy jihati bilan xarakterlidir. Uning amalga oshirilishi juda katta bilimni, harakatlarni,
qobiliyatlarni, kuchlarni talab qiladi, ammo, natijasi motivatsiyalashning birinchi turidagi kabi a’lo
darajada bo‘ladi.
Motivatsiyalashning yuqoridagi ikki turini ham o‘zlashtirgan va o‘zlarining amaliyotida
qo‘llayotgan tashkilotlar menejmentning muvaffaqiyatlarini ko‘tarinki kayfiyatda amalga oshiradilar.
Motivatsiya faoliyatning quyidagi xususiyatlariga ta’sir qiladi:
• mehnatsevarlik;
• harakat;
• qat’iyatlilik;
• yaxshi niyat;
• maqsadga muvofiqlik;
• vijdonlilik.
Darhaqiqat O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilgan iqtisodiy
islohotlar, davlat mulkini xususiylashtirish va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochish natijasida ko‘p
ukladli iqtisodiyot shakllandi va faoliyat ko‘rsatmoqda. Unda turli tarmoq va sohalarga mansub bo‘lgan
aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi yirik korxonalar bilan bir qatorda aholi tashabbusi bilan barpo etilgan
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, xususiy korxonalar toifasidagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari asosiy
o‘rin tutadi. Bu turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iste’mol bozorlarini tovar va mahsulotlar bilan
to‘ldirish, aholining bandligini ta’minlash bilan birga, oilalar daromadining asosiy manbasiga ham aylanib
bormoqda. Iqtisodiy islohotlar tufayli bundan ko‘zlangan maqsad vaqtinchalik cheklovlar tadbirlari
(karantin) hamon davom etayotgan bir paytda O‘zbekiston sharoitida uning oldini olish, yumshatish va shu
orqali iqtisodiy tanglikka yuz tutmaslik, shuningdek, xalqimizni zaruriy, yuqori sifatli iste’mol mollari
bilan ta’minlashga qaratilgandir. Yuqorida ko‘rsatilgan ishlarni amalga oshirishda mavjud ishlab chiqarish
doiralarini kengaytirish, ularga har tomonlama mustaqillik berish, maxsus industrial zonalar doirasida
ko‘plab qo‘shma korxonalarni yaratish kabi masalalar muhim o‘rin tutadi. Bu turdagi dolzarb masalalar esa
boshqaruv organlarining, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishiga oid muhim masalalarni ham tartibga
solishni o‘z ichiga oladi. Bundan ko‘zlangan maqsad esa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xo‘jalik
Do'stlaringiz bilan baham: |