ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son
90
Dunyoda rivojlanayotgan soʼnggi trendlarni oʼrganish foydadan holi boʼlmaydi. Zero, Jahonda
buxgalteriya balansidagi moddiy va nomoddiy aktivlar oʼz oʼrinlarini jadal almashtirish davrida biz
ham asosiy eʼtiborni faqat mahsulotlar eksportiga qaratmasdan, balki nou-xau, blokcheyn
texnologiyalar faoliyatini zamonga moslab oʼrganib, shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotdan
foydalanishni yangi bosqichga olib chiqishimiz maqsadga muvofiq boʼladi, deb hisoblaymiz [4].
Raqamli iqtisodiyot bu, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro
moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Eng
yaxshisi, blokcheynning umumiy maʼlumotlar toʼplami axborot shaffofligi va mobilligini taʼminlash
uchun hizmat qiladi, yaʼni, isteʼmolchilar va taʼminotchilar eng yaxshi shartlarni oʼzlari tanlab
olishlari mumkin. Shuningdek, elektron ijorat kompaniyalari anʼanaviy kompaniyalarning
resurslaridan foydalanish oʼrniga oʼz platformalarini yaratib, blokcheynda teng huquqlar bilan
ishlashlari ham mumkin.Аlbatta, Blokcheyn texnologiyasi, kriptovalyutalar ham raqamli
iqtisodiyotning bir boʼlagi. Lekin, raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli
kommunikatsiyalar, axborot texnologiyalari yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi.
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot eng koʼp rivojlangan mamlakatlar bu АQSh va Xitoy
boʼlib, dunyo boʼyicha blokcheyn texnologiyalarga doir patentlarning 75 foizi aynan shu davlatlarga
toʼgʼri keladi. Oʼz navbatida internet mahsulotlarining 50 foizini shu davlatlar aholisi isteʼmol qiladi.
Blokcheyn texnologiyalari tomonlarning hech qanday vositachisiz bitimlarni xavfsiz, ishonchli amalga
oshirishga imkon beruvchi texnologiyadir. Uni koʼpchilik kriptovalyuta texnologiyasi sifatida bilsa-da,
aslida blokcheyndan raqamli identifikatsiya, egalik va mulkiy huquqlar ximoyasi, toʼlov tizimi sifatida
foydalanish mumkin. Ethereum kabi blokcheyn bazasida ishlaydigan ochiq manbali platformalar
anʼanaviy huquqiy jarayonlarsiz har qanday aktivlar boʼyicha bitimlar tuzish, bank xizmatlarini
koʼrsatish imkonini beradi. Hozirda jahonning turli mamlakatlarida moliyaviy texnologiyalar, yer
resurslarini boshqarish, transport, sogʼliqni saqlash, taʼlim sohalarida blokcheyn tizimidan
foydalaniladi. Blokcheyn tizimi har qanday sohaning shaffoflik darajasini oshiradi, korruptsiya
holatlarining kamayishiga xizmat qiladi [5].
Xulosa
Xulosa qilib aytganda Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni ustuvor vazifasi –
Oʼzbekiston iqtisodiyotini yuqori surʼatlarda oʼsishini taʼminlash bilan birga, aholi ongini, ilmini,
qarashlarini zamon bilan hamnafas qilish, qolaversa, mamlakatimizni xalqaro maydonda
integratsiyasini tezlashtirish va natijada Oʼzbekistonni demokratik, iqtisodiy jihatdan rivojlangan
davlatlar qatoriga qoʼshishdan iboratdir. mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
izchil rivojlanishiga katta eʼtibor berilayotgani bois xizmatlar hajmining oʼsib borishi, axborotlashgan
jamiyatda inson qulay sharoitlarga ega boʼlib, umuman olganda "Raqamli(axborotlashgan)
iqtisodiyot"ning joriy qilinishi aholining raqamli madaniyatini taʼminlab yanada farovon yashashiga
olib keladi. Raqamli iqtisodiyotning xalqaro taraqqiyotga jiddiy taʼsir oʼtkazuvchi salohiyatini
yuksaltirish uchun ushbu sohada mavjud imkoniyatlarni, toʼsiqlarni va eng yaxshi amaliyotlarni
batafsil oʼrganish va tadbiq etishda jahon tajribasidan foydalanish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |