Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son 
89 
iqtisodiyot, axborot-iqtisodiyoti yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. Bu yangi 
texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali 
mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʼchirish deganidir. Raqamli iqtisodiyotning kundalik oddiy 
iqtisodiyotdan farqi shundaki, misol uchun isteʼmolchiga oʼz ehtiyoji uchun zarur tovarlar kerak boʼlsa uni 
bozorga tushib oʼzi bevosita tanlasa va naqd pulga sotib olsa, bu anʼanaviy oddiy iqtisod. Internet orqali 
telegramdagi biron-bir savdo boti orqali oʼziga maʼqul boʼlgan tovarlarni tanlab, tovar egasiga pulni 
elektron toʼlov tizimi orqali toʼlash va tovarni yetkazib berish xizmati orqali olish – raqamli iqtisodiyot 
deyiladi. Аslida, hammamiz allaqachon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz. 
Masalan, oyliklarimiz plastik kartalarga tushadi, elektron toʼlov orqali kommunal xizmatlar, telefon, 
internet va boshqa mahsulot va xizmatlarga toʼlov qilamiz, elektron tarzda soliq deklaratsiyasi topshiramiz, 
kartadan kartaga pul uzatamiz, uyga shaxsiy ehtiyojlarlar uchun buyurtmalar qilamiz va boshqalar. 
Bugungi kunda iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish masalasi Oʼzbekistonda davlat 
darajasiga koʼtarilgan boʼlib, bu borada keng koʼlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Xususan, 
elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron toʼlovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat 
sohasida yaratilgan normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Shu bilan birga, axborot-texnologik 
platformalarda faoliyat koʼrsatayotgan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda.Bu esa shunday 
platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda. 
Raqamli iqtisodiyotga oʼtish – bu mavjud iqtisodiyotni axborotlashgan-raqamli iqtisodiyotga yaʼni, 
yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellarini yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish 
orqali yangicha tizimga koʼchirishdan iboratdir. Bularning ijro mexanizimiga avtomatlashtirish, elektron 
hujjat almashinuvini rivojlantirish, buxgalterlik va boshqaruv tizimida elektron integratsiyalashuvi 
faolligini oshirish, elektron maʼlumot bazalarini yaratilishini jadallashtirish, SRM ( mijozlar bilan oʼzaro 
munosabat tizimi xududlararo) mavjudligi va korporativ sohalar tarmoqlari boʼyicha elektron 
integratsiyalashuvini yuqori darajaga erishish kiradi [2]. 
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi "Аxborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi farmoni ijrosini 
taʼminlash, shuningdek, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni, zamonaviy axborot texnologiyalarini davlat 
boshqaruvida tatbiq etishni rivojlantirish hamda davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, 
raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini 
yaxshilash, shuningdek, 2017–2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida 2018 yil 3 iyuldagi Oʼzbekiston 
Respublikasi Prezidentining“Oʼzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-
tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning galdagi muhim vazifalari sifatida –
investitsion va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar 
aylanmasi sohasida turli faoliyatlarni, jumladan, kriptovalyutalarda yangi birliklar va komission yigʼimlar 
formatida mukofot olish imkoniyatini beruvchi yangi bloklar yaratish va taqsimlovchi platformani qoʼllab-
quvvatlash boʼyicha faoliyat, smart kontraktlar (raqamli tranzaktsiyalarni avtomatik tartibda amalga 
oshirish boʼyicha huquq va majburiyatlar bitilgan elektron shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, 
saqlash, tarqatish, boshqarish, sugʼurtalash, kraud-fanding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, 
“blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish; malakali kadrlarni tayyorlash; kriptovalyutalar 
va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyish; bu borada huquqiy bazani yaratish kabilar nazarda 
tutilgan [3]. 
Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotning rivojlantirish masalasi Oʼzbekiston Respublikasida davlat 
darajasiga koʼtarilgan boʼlib, shu bilan birga, 2030 yilga qadar “Raqamli Oʼzbekiston” kontseptsiyasini 
ishlab chiqish yuzasidan ham chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda Xususan, elektron hujjat aylanishi 
tizimlari joriy etilmoqda, elektron toʼlovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasida yaratilgan 
normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Shu bilan birga, axborot-texnologik platformalarda faoliyat 
koʼrsatayotgan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda. Bu esa shunday platformalarning yangi modellarini 
yaratish zaruratini taqozo etmoqda. 
Zamonaviy koʼrinishdagi raqamli iqtisodiyotning asosiy xizmatlaridan biri mobilь toʼlov 
tizimlarini koʼrsatish mumkin. Bunda hammamizga maʼlumki, mijozlarning smartfonlari bankdagi 
hisobraqamlarga bogʼlangan boʼladi, bu oʼz navbatida mijozlarga on-line xaridlarni amalga oshirishi va 
faqatgina mobilь apparatning ekraniga qoʼl tekkizish orqali dunyoning istalgan joyiga pul mablagʼlari 
oʼtkazishi mumkin. Toʼlov tizimlari va bank axborot tizimlari raqamli aktivlardan keng foydalanishadi. 
Raqamli aktivlarning asosiy komponentlari sifatida intellektual mulk obʼektlari hisoblanadi. Intellektual 
faoliyat natijalariga egalik huquqini faqatgina kompaniya ega boʼladi. Bunday aktivlarga misol qilib, ixtiro 
patentiga mutlaq huquq, kompьyuter dasturlariga mutlaq huquq va maʼlumotlar bazasini keltirish mumkin. 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish