Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son 
95 
 
Kirish. 
O‘zbekiston Respublikasida mehnat migratsiyasi bo‘yicha XX asr oxiri va keyingi yillarda 
kuzatilgan muammolar, bundan tashqari shu ko‘rsatilgan vaqtda O‘zbekistonga migratsiya asosida 
yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari tizimli muammolari va statistika tahlillari haqidagi ma’lumotlarning 
kam o‘rganilganligi bu mavzuning bugungi kundagi dolzarbligini belgilaydi.
Maqolada o‘tgan asrning oxiri va bugungi kungacha tashqi migratsiyaga bo‘lgan munosabatlar, 
migratsion munosabatlar sababli yuzaga kelgan ijobiy sabablar va salbiy oqibatlar haqida so‘z yuritilib, 
migratsion yondashuvlarga alohida e’tibor qaratilib o‘tilgan. Mehnat munosabatlarini yaxshilash chora-
tadbirlari qanday holatda bo‘lganligi, hozirgi kunga qadar bu sohadagi kamchilik va muammolarni bartaraf 
etishga qaratilgan say-harakatlar, qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlarining amaliyotga joriy etilishi 
va samarasi ko‘rsatib o‘tilib, mustaqillikning ilk kunlaridan davlatimizda migratsiya masalalari 
muammolarini bartaraf etishda amalga oshirgan chora-tadbirlari yoritib berilgan. 
Bundan tashqari xalqaro pul o‘tkazmalarining aniq hisob-kitobi Jahon Banki xodimlari tomonidan 
tuzib chiqilgan statistika ma’lumotlari asosida chuqur tahlil etilib, diagramma ko‘rinishida havola 
etilmoqda. Mehnat migratsiyasi kelib chiqishining asosiy sabablari va migratsiya bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lgan tushunchalar keltirilib, aniq faktlar bilan ko‘rsatilib berilgan va o‘sha davrdagi noqonuniy 
migratsiyaning ortib ketishi haqida batafsil ma’lumotlar berilib, migratsiya jarayonlari o‘rganishining ilmiy 
yondashuvlari haqida ham to‘xtalib o‘tilgan. 
Asosiy qism. 
XX asrning so‘nggi yillarida butun dunyoda migratsiya masalalari global 
muammoga aylanib qolgan edi, bu masaladagi muammolar hozirgi kunga qadar sezilib, o‘zining o‘rnini 
bildirmoqda. Migratsiya masalalari inson taqdiri va hayoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lib kelgan, chunki, bu 
borada gap ketganda mehnat migrantining taqdiri hammani o‘ylantirib qo‘yishi tabiiy hol albatta. Chet el 
mamlakatlarida mehnat migrantligi bilan shug‘ullanayotganlarning hammasi ham “galstukli ishchi”lar 
toifasiga kirmaydi, demak ularning hayot xavfsizligi, noqonuniy migratsiya bilan olib qarasak, 
kafolatlanmaydi. Mehnat migrantlarining noqonuniy yo‘l bilan ishlash uchun o‘zining mamlakatini tark 
etish holatlari XX asr va bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biriga aylanib qolgani bu hech 
kimga sir emas. Hozirgi kunda ham noqonuniy migratsiya hech bir mamlakatda to‘liq bartaraf etilmagan va 
mehnat migrantining hayot xavfsizligi yoki bo‘lmasa uning sog‘lig‘i, huquq va manfaatlari hamda ularning 
oila a’zolari uchun ishonchli shart-sharoitlar to‘laligicha kafolatlanmagan. Mehnat migrantlarining 
noqonuniy tarzda ishlashga chet el mamlakatlariga borishlari ularning insoniy qadr-qimmati va huquq 
erkinliklari o‘zlarining tanlagan yo‘llari sabab poymol bo‘lishi hech gap emas.
XX asr oxirlarida endigina mustaqillikka erishgan, yosh O‘zbekistonda mehnat migrantlarining 
chet ellarga chiqib ishlab kelish holatlari ko‘rsatgichlarda o‘sa boshladi, bunda aldovga uchrab qolish, ya`ni 
odam savdosi qurboniga aylanib qolish holatlari ayniqsa avj olgan pallalar edi, mehnat migrantligiga jo‘nab 
ketgan fuqarolarimiz shu kabi holatlarga uchrab qolgani haqida deyarli har kuni ommaviy axborot 
vositalari orqali eshitilar edi. Bundan tashqari noqonuniy tarzda mehnat migrantligini tanlagan fuqarolar 
diniy aqidaparastlar qurshoviga tushib qolish holatlariga uchrab turishdi. Bu kabi masalalar nafaqat yosh 
O‘zbekistonda, balki butun dunyo mamlakatlarida kuzatila boshlandi. Yana shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, 
bunday holatlarga uchragan migrantlar orasida o‘lim yoki bo‘lmasa mayib-majruh bo‘lib qolishlarning 
“salmog‘i ortdi”. Bunday vaziyatda mamlakatlarda albatta fuqarolarning huquq vaerkinliklarini ta’minlash 
uchun migratsiya munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risidagi qonunlarga ehtiyoj seziladi. 
Mamlakatimizda migratsiya munosabatlarini tartibga soluvchi bir qator hujjatlar qabul 
qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12- noyabrdagi “Chet elda O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolarining mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish va O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolarining chet elda va O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarini ish bilan 
ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal qilish vazifasi yuklatilgan. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga 
(AVVTM), shuningdek, Mehnat vazirligi huzuridagi fuqarolarni chet ellarda ish bilan ta’minlash bo‘yicha 
mintaqaviy boshqarmalarga O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish mas’ulyati 
yuklatilgan.
2019-yil 17-yanvardagi Prezidentimizning 5635-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «2017 – 2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi»da 
belgilangan vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida 2019-yil 17-may kuni 
«O‘zbekiston Respublikasida migratsiya siyosatini ta’minlash muammolari va yechimlari» mavzusida 
respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish