ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son 101
agentliklar ro‘yxatida turadi. Birdan bir undaydigan sabab, tijorat vositachiligiga murojaat qilgan davlat ish
bilan bandlik xizmatining mijozlari bo‘lib, mehnat faoliyatini yangidan boshlash uchun maqbul ish haqi
darajasi bo‘yicha bo‘sh ish joylariga talab va taklif nomuvofiqligi hisoblanadi. Bunda davlat ish bilan
bandlik xizmatining ma’lumotlar bazasiga ega o‘rtacha 16-18 %ga ega bo‘sh ish joylari yashash
minimumidan yuqori darajadagi ish haqini kafolatlaydi.
Bo‘sh ish joylarini bir-birini takrorlanishi “universal” mijozlar hissasini yuksaltirib, turli ish bilan
bandlik xizmatlari o‘rtasida ularning taqsimlanish mexanizmini takomillashmaganligini shartlaydi, davlat
ish bilan bandlik xizmati ishchilariga kam bo‘lmagan ortiqcha yukni oshiradi. Bu mutlaqo ishsizlarni ishga
joylashtirish samaradorligining o‘sish imkoniyatini bermaydi. Shuning uchun samarali ish bilan bandlik
siyosatini ishlab chiqishning dastlabki sharti bo‘lib, ayniqsa mahalliy darajada ish bilan bandlikni
kengaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishga ish beruvchilar va ishga joylashtirish sohasida
faoliyat yurituvchi davlat va xususiy barcha tashkiliy tuzilmalar ma’suliyatining umumiyligi hisoblanadi.
Qo‘yilgan maqsad yo‘lidagi amaliy qadam bo‘sh ish joylari tarkibi va ish qidiruvchi kishilarning o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnat bozori segmentlanishi va faoliyatning muvofiqligiga
asoslangan ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi ish beruvchilar, davlat va tijorat xizmatlari o‘rtasida
hamkorlik munosabatlari amal qilishi mumkin.
Mehnat bozorida nodavlat ish bilan bandlik xizmati sifatida rekrut xizmatlari yuqori malakali
mutaxassislarni tanlash va o‘qitish xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu firmalar faqat buyurtmachilar oldida
majburiyat oladilar va faoliyati ish beruvchi tashkilotlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan.
Rivojlangan mamlakatlarda personalni tanlash bo‘yicha mavjud rekrut xizmatlari tizimi mehnat
bozori infratuzilmasining rivojlanish belgisi hisoblanadi. “Palmen Institute” (AQSH) maslahat firmasi
ma’lumotlariga ko‘ra, barcha amerika kompaniyalarining 98 %i rekrut xizmatlariga tayanadilar.
Rekrutment – bu ish beruvchi kompaniyalar buyurtmasi bo‘yicha mustaqil tashkiliy tuzilma
sifatida faoliyat yuritadigan personalni tanlash bo‘yicha pullik xizmatlardir. Muvofiq ravishda rekrut
agentliklariga personalni tanlash bo‘yicha potensial ish beruvchilarga xizmatlarni taklif etuvchi mehnat
bozorida har qanday faoliyat tegishlidir. Rekrut agentliklarini bir qator belgilari bo‘yicha tasniflash
mumkin (2-jadval).