ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son
105
bunda,
M –muomaladagi pul miqdori,
V - pul aylanish tezligi,
P – tovar va xizmatlarning o‘rtacha bahosi,
Q – milliy iqtisodiyot doirasida ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning miqdori.
Pulning miqdoriylik nazariyasiga ko‘ra, agar pul massasi ikki hissa oshsa narxlar ham ikki hissa
oshishi kerak. Klassik iqtisodiy maktab vakillarining nuqtai nazaridan qaraganda baholar darajasining
o‘zgarishi faqat pul massasi hajmining tebranishi tufayli yuzaga keladi.
I.Fisher foiz stavkasi pulga bo‘lgan talabga ta’sir emaydi, u daromadga bog‘liq, degan xulosa
qilgan. Uning xulosasidan farqli o‘laroq, Kembrij maktabining iqtisodchi olimlari foiz stavkasi ta’sirida
pulga bo‘lgan talabning o‘zgarishini istisno etmagan holda u nominal YAIMga proporsional, deb
hisoblashgan.
Monetar siyosat nazariyasida markaziy o‘rinni foiz stavkasi pulga bo‘lgan talabga ta’sir etadimi,
agar ta’sir etsa, qay darajada, degan masala egallaydi. Bu xususda jahonning ko‘pgina taniqli iqtisodchi
olimlari o‘z fikrini aytganlar. Jumladan, I.Fisher foiz stavkasi pulga bo‘lgan talabga ta’sir emaydi, u
daromadga bog‘liq, degan xulosaga kelgan. Uning xulosasidan farqli o‘laroq, Kembrij maktabining
iqtisodchi olimlari foiz stavkasi ta’sirida pulga bo‘lgan talabning o‘zgarishini istisno etmagan holda u
nominal YAIMga proporsional, deb hisoblashgan.
J.Keyns nazariyasi asosida AQSHda arzon pullar siyosatini qo‘llagan holda iqtisodiy va
investitsion faollik kuchaygan. Bundan tashqari, J.Keynsning “Arzon pullar” nazariyasi asosida Kanada,
Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya kabi rivojlangan davlatlarning markaziy banklari
faoliyatida muvaffaqiyatli qo‘llanildi hamda mavjud makroiqtisodiy muammolarni bartaraf etishda muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi.
Monetarizm maktabi vakillari Markaziy bank tomonidan emissiya qilinadigan banknotalarni
muomaladagi pul massasini tartibga solishning muhim vositasi, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, tijorat
banklari va ular mijozlarining pul munosabatlari nisbatan barqarordir, pul massasi esa Markaziy bank
pullariga mutanosib ravishda o‘zgarib turadi.
Monetar siyosatning nazariy va amaliy masalalariga oid tahlillar natijasiga ko‘ra quyidagi ilmiy-
nazariy xulosalar shaklantirildi:
- M.Fridmen va boshqa monetarizm maktabi vakillaridan farqli o‘laroq, J.Keyns, pullarning taklifi
xususidagi masalaga chuqur to‘xtalib o‘tirmadi. CHunki, J.Keyns Markaziy banklar tomonidan pul
massasini to‘la nazorat qilish imkoniyatining mavjudligiga ishondi. Haqiqatdan ham Keyns, markaziy
banklar bank zaxiralarini nazorat qilishi yo‘li bilan bank depozitlarini yuzaga kelish jarayonini ham nazorat
qila oladi, degan xulosaga keldi. Ushbu xulosa rivojlangan mamlakatlar amaliyotida o‘zining amaliy
tasdig‘ini topdi;
- J.Keyns tomonidan amalga oshirilgan tahlilda pulga bo‘lgan talab foiz me’yorining funksiyasi
sifatida, M.Fridmen talqinida esa, nominal daromadning funksiyasi sifatida qaraladi;
- hozirgi zamon keynschilari va monetarchilar ham ikki yirik nazariy oqim sifatida pul taklifining
o‘zgarishi nominal YAIMga ta’sir qilishini tan oladilar, ammo ular ushbu ta’sirga turlicha baho beradilar.
Xususan, mazkur ta’sirning ahamiyati va mexanizmning o‘zi: keynschilar nuqtai nazaridan qaraganda,
monetar siyosat asosida ma’lum darajada foiz stavkasi bo‘lishi kerak, monetarchilar nuqtai nazaridan
qaraganda esa ushbu asos - pul taklifining o‘zidir;
- amalda Markaziy bank monetar siyosatning zamonaviy vositalaridan samarali foydalangan holda
jumladan, qayta moliyalash stavkasini, majburiy zaxira talablari me’yorini o‘zgartirish, REPO va SVOP
operatsiyalarini o‘tkazish, depozit sertifikatlarini sotish va sotib olish orqali muomaladagi pul massasi
hajmini istagan miqdorgacha o‘zgartiradi;
- mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bosqichida monetizatsiya
darajasining amaldagi miqdori va tijorat banklari kredit emissiyasining nisbatan pastligi restriksion monetar
siyosatni qo‘llash imkonini bermaydi;
- J.Keynsning pul taklifini rag‘batlantirishga qaratilgan “Arzon pullar” nazariyasini respublikamiz
amaliyotida qo‘llash aholi va korxonalarning to‘lovga qobil talabi darajasini keskin oshirish imkonini
beradi va buning natijasida milliy iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi oshadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan monetar siyosatni
yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirmoqda.
1. Milliy valyutaning devalvatsiya sur’atini pasaytirish maqsadida Markaziy bank kurs siyosatining
elastiklik darajasini oshirgan holda, pullar taklifini o‘sish sur’atlari barqarorligini ta’minlash orqali, milliy
valyutaning nominal almashuv kursi xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni aniq
Do'stlaringiz bilan baham: |