ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2020-yil, 2-son
80
shuningdek Samarqand shahrining ham ekotizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiga erishish mumkin. Albatta, bu
jarayonda galdagi vazifalarning unutmaslik lozim:
Birinchidan, Samarqand shahrida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish
lozim. Samarqand shahrida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydoni boshqa viloyatlarga qaraganda
ancha kam.
Ikkinchidan, Shaharning ichida binolarning zich qurilishiga yo‘l qo‘ymaslikka erishish lozim.
Binoning zich qurilishi haroratga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, kasallikning tez ko‘payishiga imkoniyat yaratishi
bilan birgalikda shaharda iste’qomat qiluvchi shahar aholisining fotogeneziga ham o‘z salbiy ta’sirini
ko‘rsatadi.
Uchinchidan, shaharda ifloslantiruvchi moddalar atmosferaga ko‘p chiqarilgani bois Samarqand
shahri ichida sun’iy muhitni nisbatan kamaytirish evaziga tabiiy muhitni ko‘paytirish lozim. Bog‘, kichik
o‘rmonlar kabi tabiiy muhitni shakllantirish evaziga sun’iy muhitga biroz cheklov qo‘yilishi mumkin.
To‘rtinchidan, avtoqatnovlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish lozim, ular bozorda tovar sotib olayotgan
yoki tovar sotayotganday yondoshishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Zero, ko‘chalarda mijoz talashayotgan
avtobus yoki taksilarning bir birlarini qisish asosida nimalarnidir bir birlariga tushuntirmoqchi
bo‘lishganida bir qop kartoshkani olib ketayotganini emas, balki jamiyatda qandaydir muhim vazifani ado
etishga shoshilayotgan insonlarni his etishlari lozim. Avtoqatnov oqilona yo‘lga qo‘yilsa, o‘z-o‘zidan
shovqinning biroz bo‘lsada kamayishiga erishish mumkin.
Beshinchidan, shaharda ekologik toza va xavfsiz atrof muhitni shakllantirishda ijtimoiy sheriklikni
rivojlantirish lozim. Bunda ijtimoiy sheriklik dastavval oila-shahar-tashkilotlar tizimi asosida tuzilsa,
ikkinchidan, ijtimoiy hamkorlik shaharlararo yoki viloyatlararo kesimida shakllanishi maqsadga muvofiq. Bunda
shaharlar ekotizimini boshqarishda zarur bo‘lgan tamoyillarni mujassam qilgan holda Dastur ishlab chiqishlari
lozim bo‘lib, ushbu qonun qoidalarga shahar aholisi ham, shaharga yangi kelib joylashganlar ham amal qilishga
majbur bo‘ladilar. Dasturga amal qilish jarayonini shahar rahbariyati ijtimoiy faoliyatga zarar yetkazmagan
holda nazoratda ushlashi va shahar aholisi uchun sog‘lom atrof muhitni ta’minlashi kerak.
Yurtboshimiz “Sizlarni sharq durdonalaridan biri Samarqandga taklif etishdan mamnunman.
Samarqandda bebaho tarixiy madaniy ob’yektlarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish, xalqimiz hayoti, maktab,
akademik litsey va kollejlarimiz, oliy o‘quv yurtlarimiz faoliyati bilan bevosita tanishishingiz mumkin” [1] deya
dunyodagi turizmni Samarqand shahriga jalb etar ekanlar biz yoshlar shahar ekotizimini boshqarishga ko‘mak
berishimiz va bu yo‘lda bir tanu bir jon bo‘lib shu jamiyatning a’zosi sifatida daxldor xissi ila harakat
qilmog‘imiz kerak.
Adabiyotlar
1.
Sh.M.Mirziyoyev. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2 T. –T.:
O‘zbekiston, 2018. 117 b.
2.
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.Davlat ilmiy nashriyoti.T.:2013. 96-114 b.
3.
Карпова Н.В. Город как урбоэкосистема: сущностное содержание и подходы к управлению.
Экономика и экология территориальных образований. ISSN 2413-1474.2018. T.2. №3. С.73-78.
4.
https://stat.uz
5.
dist.edu.uz elektron ta’lim platformasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |