Kalit so‘z:
Shahar, ekotizim, ekotizimni boshqarish, hudud, atrof-muhit, shahar ekotizimining
taxlili
Исторические этапы управления городской экосистемой (социологический анализ на примере
Самарканда)
Аннотация
. В этой статье приведено значение сущность городской экосистемы и реформы
в управлении экосистемой города. В статье также рассматривается управление экосистемой
Самарканда в историческом контексте с анализом статической информации и рассказывается о
реализуемой реформы в Узбекистане, текущей состояние, достижении и перспективах
накопленного в экосистемы города Самарканда. В конце статьи сформулированы пять важнейшие
задачи, которые необходимо решить в управление экосистем города.
Ключевые слова:
Город, экосистема, управление экосистем, территория, окружающая
среда, анализ экосистем города
Historical stages of urban ecosystem management (sociological analysis on the example of
Samarkand)
Abstract.
In this article, we give consequence the essence of the urban ecosystem and reforms in
the management of the ecosystem of the city. The article also being considered the management of the
ecosystem of Samarkand in a historical context and tells about the ongoing reform in Uzbekistan, the
current state, achievements and prospects of the accumulated in the ecosystems of the city of Samarkand.
At the end of the article, five most important tasks are formulated that need to be addressed in the
management of the city’s ecosystems.
Keywords:
Сity, ecosystem, management ecosystem, territory, environment, analysis of the
ecosystem
Mustaqilligimizning 29 yilligi mobaynida mamlakatimiz bo‘ylab ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar yuz
berdi. Kun sayin shahar va qishloqlarda ko‘plab obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Zamonaviy
shaharzozlik tufayli eski shaharlar markazlarini saqlab qolib, shaharlar qiyofasi zamonaviy binolar bilan
uyg‘unlashgan holda o‘zgartirilmoqda.
Bilamizki shahar bu o‘zining doimiy va nisbattan anchagina katta aholisiga ega bo‘lgan, sanoati
rivojlangan, xizmat ko‘rsatish tizimi mavjud, transport tizimiga ega, aholisining katta qismi fan va
madaniyat sohalarida band bo‘lgan, shuningdek, boshqaruv tizimi mavjud bo‘lgan hududdir. Har bir shahar
o‘z ekotizimiga ega bo‘lib, ular bir-biridan farqlanadilar. Ekotizim bu birgalikda yashaydigan organizmlar
va ular yashaydigan sharoit majmui [2] bo‘lib, tabiiy va sun’iy holatda bo‘lishi mumkin. Shaxar sun’iy
ekotizim bo‘lib, insoniyat aholi uchun qulay sharoitlar yaratilishi evaziga tabiiy ekotizimni sun’iy holatga
aylantirilishiga erishadilar. Shaharlar ekotizimining turlicha bo‘lishi, ularning qanday tarkibda tuzilishi
dastavval ob-havoga, geologik sharoitga hamda insoniyatning ta’siri doirasiga bog‘liq. Shahar
ekotizimining buzilishi atmosferaning buzilishiga, suvning ifloslanishiga, tuproqning sifatiga o‘z ta’sirini
o‘tkazibgina qolmay, insonning rivojlanishiga, jamiyat va undagi shaxslararo munosabatlarning
o‘rnatilishiga ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Ayni damda esa, ilm ahli va intelektual salohiyatli qatlam
vakillari shaharda turib, ushbu dolzarb masalaga turli xil yechimlar topishga intilmoqdalar. Rossiyalik
olima N.V.Karpova “Shahar qazib olinayotgan resurs manbalaridan yonilg‘i, oziq ovqat, suv ko‘rinishida
Do'stlaringiz bilan baham: |